Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment


Boshqaruv xodimlari faoliyatini ob’ektiv baholash uchun sifat mezonlarini belgilash



Yüklə 98,64 Kb.
səhifə4/15
tarix01.03.2023
ölçüsü98,64 Kb.
#101730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Personalni boshqarishda horij tajribalari

1.2 Boshqaruv xodimlari faoliyatini ob’ektiv baholash uchun sifat mezonlarini belgilash
Boshqaruv xodimlari faoliyatini ob’ektiv baholash uchun sifat mezonlarini belgilash bilan bir qatorda, miqdor ko’rsatkichlari hisobga olinishi ham juda muhimdir.
Baholashning sifat uslublari. Odatda bu uslublarga baholanuvchi-ning tarjimai holi, amaliy tavsiyanomasi (xarakteristikasi), maxsus og’zaki so’rovlar o’tkazish, etalon, shuningdek muhokama qilish orqali baholash kiradi. Masalan, baholash to’g’ri tashkil etilsa hamda amaliy tavsifnomada xodim to’g’risida nafaqat rahbarning, balki turli jamoat tashkilotlari baholari aks etishi hisobga olinsa, baholanish ob’ektiv bo’lishiga ishonish mumkin. Umuman, tarjimai hol bayoni, og’zaki so’rovlar va yozma tavsifnomalar olish ko’proq personalni ishga qabul qilishda, etalon va muhokama qilish uslublari esa rahbarlik lavozimiga tayinlashda qo’llaniladi.
Baholashning miqdor uslublari xodim sifatlarini son bilan baholashni nazarda tutadi. Ular orasida koeffitsientlar va ballar orqali baholash eng oddiylari, ayni vaqtda samaralilari hisoblanadi. Komp’yuterlar orqali koeffitsient va ballarni tezkor hisoblab chiqish, xodim mehnatini etarli darajada ob’ektiv baholash mumkin. Ushbu uslublarda har bir xodim o’z koeffitsient va ballarini hisoblab chiqishi, ya’ni mehnati natijalarini o’zi baholay olishi mumkinligi ayniqsa e’tiborga sazovordir.
Baholashning aralash uslublari bir yo’la sifat va miqdor uslublarini, maxsus testlarni, ekspert baholarini qo’llashni ko’zda tutadi.
Jumladan, xodimning amaliy, ayniqsa, tashki-lotchilik qobiliyatlarining miqdor ko’rsatkichlari ekspert baholari asosida aniqlanadi. Buninguchun lavozimga nomzodni baholash uchun ishlab chiqarish xususiyatlari va mehnat sharoitini hisobga olgan holda 6-7 ta mezon belgilanadi.

Chunonchi:

  1. Mehnatni tashkil etish va rejalash qobiliyati.

  2. Kasbiy malaka.

  3. Topshirilgan ish uchun mas’uliyat.

  4. Xodimlar bilan o’zaro munosabatlarni yo’lga qo’yish layoqati.

  5. Yangiliklarni joriy etish qobiliyati.

  6. Mehnatsevarligi va ishchanligi.

Xodimlar ish samaradorligini anikdash, ular o’z salohiyatlarini to’la namoyon qila olishlari, korxonada mehnatni tashkil etishni takomillashtirish maqsadida personal faoliyatini baholash kerak. Bu baholash funktsiyalariga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:

Yüklə 98,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə