Moliyaviy tahlil


olingan daromadning tarkibi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/37
tarix18.05.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#111042
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
operatsion faoliyatidan olingan daromadlar hisobini va uni takomillashtirish

olingan daromadning tarkibi 
Yuqorida keltirib o’tilgan, xo’jalik yurituvchi subekt asosiy (operatsion) 
faoliyatidan olingan boshqa daromadlar tarkibiga quydagilarni kiritishimiz 
mumkin:
7-rasm: xo’jalik yurituvchi subektlarda asosiy (operatsion)faoliyatdan 
olingan boshqa daromadlarning tarkibi
13
 
Iqtisodiyotni moderinzatsiya qilish va devirsifikatsiyalash sharoyitida har bir 
xo’jalik yurituvchi subekt o’ oldiga o’z maqsadlaridan biri sifatida ishlab chiqarish 
tijorat faoliyatidan ko’proq foyda olishni ko’zlaydi. Har qanday iqtisodiyot 
rivojlanishi uchun daromad muhim o’rin egallaydi. Daromad ishlab chiqarishga 
nisbatan hosila bo’lib, ijtimoiy rivojlanish darajasini aks ettirib boradi. Xo’jalik 
yurituvchi subektlarida daromadlarining analetik hisobi mahsulotlar, tovarlar, ish 
va xizmatlarni sotish turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlar bo’yicha 
olib boriladi. Operatsion faoliyatdan olingan daromad tadbirkorlik subektining 
odatdagi faoliyati doirasida sodir bo’ladi va turlicha nomlanadi, shu jumladan 
13
№2-son BHMS “Asosiy xo’jalik faoliyatidan tushgan daromadlar”. O’ZR Adliya vazirligi 
tomonindan 1998 yil 26 avgustga ro’yxarga olingan, №483. 


19 
sotishdan tushum, yig’imlar, foizlar, dividentlar va royaltelardir. Daromadlar 
resurslarni naqadar samarali ishlatish darajasiga bog’liq bo’lsada daromadning o’zi 
mazmunan iqtisodiy manfaatni bildiradi. Har bir tushunchaning nazariy 
asoslanishiga katta etibor qaratadigan g’arb hisobida_daromadning mohiyatida 
uchta kontsepsiya yotadi: mahsulot kontsepsiysi, hisobdan chiqarish kontsepsiyasi, 
o’sish kontsepsiyasi.
14
Mahsulot kontsepsiyasi daromadni xo’jalik yurituvchi subekt faoliyatining 
natijasi sifatida qaraydi, boshqacha aytganda daromad –ma’lum vaqt oralig’ida 
mahsulot, tovar va xizmatlarni yaratilgan jarayondir, lekin bunday tarif daromadni 
tan olish vaqtini ham, uning miqdorini ham aniqlab bermaydi. Biroq, bu 
kontsepsiyadan muhim bir jihat kelib chiqadi, daromad ishlab topilmagunga qadar 
tan olinmaydi. Shunday qilib, ushbu kontsepsiya daromadlar tarkibida olingan 
bunaklar (avanslar), qo’shishni man etadi. 
Hisobdan chiqarish kontsepsiyasi ishlab chiqarilgan Tovar yoki xizmatlarga 
berilishiga asoslanadi. Daromadlarni tan olishni tadqiq qilishda, ya’ni realizatsiya 
qilish vaqti deb, qachon yangi qiymat (tushum) tannarxni o’zgartirsa, quydagi 
uchta variant kelib chiqadi: 
-yoki pul mablag’larining olinishi, yani oldindan to’lash; 
-yoki mahsulotlarni ortib junatilishi; 
-yoki mahsulotlarni omborga topshirilishi. 
Hisobdan chiqarish kontsepsiyasi mahsulot va xizmatlarga egalik qilish 
huquqi xaridorga o’tmas ekan – daromad tan olmaslikni tamnlaydi. Biroq, bu 
kontsepsiyaning kamchiligi maxsulot yoki xizmatlarni yitkazib bergunga qadar tan 
olinish man qilinadi. 
O’sish kontsepsiyasi mahsulot yoki xizmatlarni yitkazib berish natijasida 
aktivlarning 
oqimi 
yoki 
majburiyatlarning 
kamayishi 
(yoki 
ularning 
kambinatsiyasi)ni daromad deb tan oladi. Bu kontsepsiyaning kamchiligi mavjud, 
bunda daromadni baholash va vaqt bilan bog’liqligi aralashib ketadi. Italiyalik 
14
Хендрексен Э.С.,Ван Бреда М.Ф. «Теория бухгалтериского учета» - М.:Финансы и 
статистика, 1997. 


20 
bugalter Djino Dzappa (1879-1960) “… korxona daromadlari ayon xarajatlar esa 
shubhali deb etirof etgan. Firma kapitalining qiymati uning daromadiga bog’liq 
deb hisoblagan.”
15
Xo’jalik yurituvchi subektlarning iqtisodiy manfaati 
daromadda mujassamlanadi. V.M. Raimova va I.A. Fedatova ushbu tushunchani 
quydagicha tahlil etadilar:-“ Korxonadadaromadlarning xarajatlardan barqaror 
ustunligining o’ziga xos ko’zgusi moliyaviy barqarorlikdir. U moliyaviy 
resurslarning shunday holatini aks ettiradiki, bunda korxona pul mablag’larini 
bemalol va oqilona ishlatib, ulardan samarali foydalansh yo’li bilan ishlab 
chiqarish va maxsulotni sotish uzluksizligini taminlay oladi
16
”. Korxonaning 
umumiy moliyaviy barqarorligi esa pul mablag’larining shunday harakatiki, u 
birinchi galda daromadlarning kelib tushishi ularni sarflashdan doimo ustun 
bo’lishini taminlashi lozim. Shuningdek, uni kengaytirish va yangilash 
xarajatlarining bozor sharoitida u avvalambor, mahsulot (ish, xizmatlar)ni 
sotishdan barqaror daromad olishi uchun, maxsulot ishlab chiqarishni oshirish va 
mahsulot tannarxini kamaytirish, xo’jalik mexanizimini va faoliyatning barcha 
bo’g’inlarini boshqarish mexanizimini takomillashtirish uchun kundalik ichki 
xo’jalik nazoratini hamda alohida jarayonlarning ekspertezasini olib boorish talab 
etiladi. 
Daromad tushunchasi haqida respublikamizning bir qator professor olimlari 
o’z fikir va muloxazalarini etirof etgan masalan: 
A.A. KArimov “Daromadlar – bu hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlar 
oqimi yoki ko’payishi shaklida o’sishi yoki passivlarni qatnashchlarning 
kapitalidagi omonatlaridan farq qiluvchi o’sishiga olib keluvchi kamayishdir”
17
-
deb ta’rif berib o’tgan. 
A.K. Ibragimov era daromadlar mazmunini quydagicha izohlagan: “daromad 
korxona aktivlaridan foydalanish, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar 
15
R.D. Dusmuratov. “Buxgalteriya hisobi nazariyasi”. T-2013. 415-b. 
16
Родионова В.М. , Федатова И.А. «Финансовая устойчивостъ предприятия в условиях 
инфляци»-М; Изд-во Преспектива 2005 г. С-156. 
17
A.A. Karimov, F.R. Islomov, A.Z. Avlaqulov “Buxgalteriya hisobi” Sharq nashriyoti matbaa 
aktsiyadorlik kompaniyasi., T-2004. 10-b. 


21 
evaziga vkorxonaga kelib tushgan tushumdir. Daromadlar korxonada ushbu 
jarayonlar bilan bog’liq malum turdagi xarajatlarni vujudga keltiradi”
18
diya 
takidlab o’tganlar.
Xo’jalik yurituvchi subektlarda asosiy (operatsion) faoliyat daromadlari 
hisobini yuritishda asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlarning shakillanishi 
BHMS №2-sonli “asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan olinadigan daromadlar” 
bilan tartibga solinadi. Milliy standartga asosan : asosiy xo’jalik faoliyatidan 
olingan daromadlar – xo’jalik yurituvchi subektning odatdagi faoliyati daromadi 
vujudga keladigan davir ichida mulk egalarining o’z sarmoyalariga badali bilan 
bog’liq bo’lgan ko’payishlarni istisno etganda, o’z sarmoyasi ko’payishiga olib 
keladigan tushumlarga aytiladi”. 
Demak asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar – xo’jalik 
yurituvchi subektning odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davir ichida 
mulk egalarining o’z sarmoyalariga badali bilan bog’liq bo’lgan ko’payishlarni 
istisno etganda, o’z sarmoyasi ko’payishiga olib keladigan tushumlardir. 
Asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromad xo’jalik yurituvchi subekt 
tomonidan uning schyotiga kelib tushadigan yalpi tushumlardan yoki olinishi 
mumkin bo’lgan tushumlardan iborat. Uchinchi shaxslar nomidan undirib 
olinadigan, xo’jalik yurituvchi subektga kelib tushadigan va xususiy kapitalning 
ko’payishiga olib kelmaydigan bilvosita soliqlar so’mmasi asosiy xo’jalik 
faoliyati daromadiga kiritilmaydi. 
Tovarlarni realizatsiya qilishdan va xizmatlarni ko’rsatishdan 
olinadigan daromad subektlar o’rtasida shartnomada ko’zda tutilgan sotish narxlari 
bo’yicha aniqlanadi. Bitimdan kelib chiqadigan daromad so’mmasi olingan 
yoki olinishi lozim bo’lgan pul mablag’lari yoki pul ekvivalentlari so’mmasidan 
subektga o’tib beriladigan savdo chegirmalari so’mmasi yoki narxlarni
tushirish xajmini hisobga olgan holda qiymat bo’yicha o’lchanadi.
18
A. Ibragimov, I. Ochilov, I. Kuziev, N. Rizaev “Moliyaviy va boshqaruv hisobi” T-2008 y. 18-
b. 


22 
Biroq agar pul mablag’lari yoki pul ekvivalentlarining tushumi 
kechiktiriladigan bo’lsa, bunday holda joriy narxlarda ifodalangan iqtisodiy naf 
qiymati olingan yoki olinishi lozim bo’lgan qiymat pul mablag’larining nominal 
miqdoridan kam bo’lishi mumkin. Bitimlar tuzish natijasida moliyaviy 
operatsiyalarni o’tkazish chog’da to’langan mablag’ning joriy narxdagi qiymati 
muqobillashgan foiz stavkasini qo’llagan holda hisoblagan kelgusidagi
barcha tushumlarni diskontlash yo’li bilan aniqlanadi. Sotish qiymati va
olinadigan qoplama (kompensatsiya)ning nominal qiymati o’rtasidagi farq
so’mmasi №2 BHMSning 20 va 21 – bandlariga muvofiq foiz ko’rinishidagi
daromad sifatida tan olinadi.
Tayyor mahsulotlar, olingan daromadlar, shuningdek, sotilgan
tovarlarning qaytarilishi, sotish narxlaridan chegirmalar to’g’risidagi
axborotlar 9000 “asosiy faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oluvchi”
schyotlarda aks ettiriladi.
19
9010, 9020, va 9030- schyotlar transit schyotlar hisoblanadi, ko’payishi 
kridetida, kamayishi debitida aks ettiriladi. 9040 va 9050 schyotlari kontrpassiv 
schyot bo’lib 9010, 9020 va 9030 – schyotlar so’mmasini korrekterovka qilib 
turadi. Operatsion faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oladilar (9010,
9020, 9030, 9040, 9050) schyotlar bo’yicha analitik hisob sotilgan mahsulot
(Tovar), bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning har bir turi bo’yicha
alohida yuritiladi. Asosiy xo’jalik faoliyatidan ko’rilgqan daromadni
hisobga olishda daromadni tan olish vaqtini aniqlash asosiy xo’jalik 
faoliyatidan ko’rilgan daromad xo’jalik subektiga kelgusida iqtisodiy
manfaat kelish imkoniyati mavjud vaqtda aks etadi, shu bilan birga ushbu
manfaat ishonchli va aniq o’lchanadigan bo’lishi lozim. 
Operatsion faoliyatdan olingan daromatlarni 3 ta tarmoqqa
bo’lish mumkin ularning har birini o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari
bor ular quydagilar: 
19
2-son BHMS “ Asosiy xo’jalik faoliyatidan tushgan daromadlar”. O’ZR Adliya vazirligi 
tomonidan 1998 yil 26 avgustda ro’yxatga olingan, №483. 


23 

Tovarlar sotish tarmog’i; 

Xizmatlar ko’rsatish (ishlarni bajarish) trmog’i; 

Boshqa daromadlar tarmog’i. 
Tovarlarni sotish tarmog’ida 2-son BHMSga muvofiq
quydagi shartlarni bajargan holda tovarlarni sotshdan olingan daromad 
sifatida tan olinadi: 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə