Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   118
Fonetik 
yozuv.
Yozuvning bu turi bir necha ko‘rinishlarga ega. Shulardan biri
 
bo‘g‘in yozuvi
dir. Bu yozuvda ierogliflar bo‘g‘inlarni ifodalaydi. 
Yozuv tarixida bo‘g‘inli yozuv muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘g‘inli 
yozuvda bir bo‘g‘inni, bir so‘zni, bir tovushni ifodalaydigan belgilar 
qo‘llangan. Ossuriya va Vavilon mix (qoziq) yozuvi ana shunday 
yozuvlardan hisoblangan. Bu yozuvda ayrim belgilar bir 
tovushni,butun bir bo‘g‘inni, ba’zi belgilar esa butun bir so‘zni 
ifodalagan. Eronliklar Vavilonni bosib olganlaridan keyin Ossuriya 
va Vavilon mix yozuvidan foydalanib, fonetik (tovushli) yozuvni, 
ya’ni har qaysi belgi bir tovushni ifodalaydigan yozuvni ixtiro 
etganlar.
Dunyodagi aksar tillarning fonetik yozuvini ifodalovchi alifbe 
ya’ni fonetik yozuvlar finikiyaliklar yozuvi asosida shakllangan. 
 
18-§.
LEKSIKOLOGIYA 
 
Leksikologiya so‘z va uning lug‘aviy ma’nosi haqidagi bo‘lim. 
So‘z va uning lug‘aviy ma’nosi bilan bog‘liq hodisalar: o‘z ma’no va 
ko‘chma ma’no, bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, so‘zning shakl va 
ma’no munosabatiga ko‘ra turlari (sinonim, omonim, antonim, 
paronim) leksikologiyada o‘rganiladi. So‘z lug‘aviy ma’no va 
grammatik ma’noga ega bo‘ladi. So‘zning ob’ektiv borliqdagi narsa, 
belgi, harakat kabilar haqidagi ma’lumoti 
leksik (lug‘aviy
) ma’no 
deyiladi. Lug‘aviy ma’no so‘z anglatgan tushunchadir. Grammatik 
ma’no grammatik shakllar (qo‘shimchalar) orqali ifodalangan 
ma’nodir. Masalan, qalam: a) lug‘aviy ma’nosi-o‘quv quroli; b) 
grammatik ma’nosi: ot, turdosh ot, birlikda, turlanmagan. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
89 
89
So‘zning lug‘aviy ma’nosini leksikologiya, grammatik ma’nosini 
morfologiya o‘rganadi. 
Lug‘aviy ma’no anglatuvchi til birliklari lug‘aviy birliklar 
deyiladi. Lug‘aviy birliklar 3 xil: 1) so‘z 2) ibora 3) termin (atama).
Mustaqil so‘zlar ham lug‘aviy, ham grammatik ma’no ifodalaydi; 
yordamchi so‘zlar esa faqat grammatik ma’no bildiradi. 
So‘z ma’nosi ma’lum xususiyatlarga ko‘ra ko‘chadi. Lug‘aviy 
ma’noning asosiy taraqqiyot yo‘llari (ko‘chish usullari) quyidagicha: 
m
etafora, 
metonimiya, 
sinekdoxa, 
funksiyadoshlik 
(vazifadoshlik), kinoya. 
Metafora
- “o‘xshashlik” asosidagi ma’no ko‘chishi. Bunda 
ma’no ko‘chishi o‘xshashlik asosida ro‘y beradi. Metafora ikki 
usulda amalga oshadi: a) ma’no o‘xshashlik asosida ko‘chadi: oltin 
kuz, kumush choyshab, fan cho‘qqilari, litsey qaldirg‘ochlari...b) 
metafora -dek, -day, kabi, singari, yanglig‘, xuddi, go‘yo so‘zlari 
yordamida hosil qilinadi, masalan: shishadek osmon, Adashgan it 
kabi Furqat, xuddi sherdek. 
Metonimiya
- “aloqadorlik” asosidagi ma’no ko‘chishidir. Bunda 
narsa-buyum o‘ziga aloqador boshqa nom bilan ataladi. Masalan: 
Qishloq chetida samovar ochildi (samovar-choyxona); Osmonga 
tikildi million juft ko‘zlar (ko‘z-odam); Fuzuliyni oldim qo‘limga 
(Fuzuliyni-kitobini). 
Sinekdoxa 
- butunning nomi bilan qismini atash, qismning nomini 
atash. masalan: Besh qo‘l barobar emas (qo‘l-barmoq); O‘n qo‘li 
hunar (qo‘l barmoq).. Besh qo‘lini og‘ziga tiqdi (qo‘l barmoq); Shu 
bitta tuyoq bilan olti bolani boqdim (tuyoq-sigir); Tirnoqqa zor o‘tdi 
(tirnoq-farzand.
Vazifadoshlik (funksiyadoshlik
) - vazifa asosida ma’no ko‘chishi. 
Bunda so‘z ma’nosi vazifaga ko‘ra ko‘chadi. Masalan: o‘q qadimda 
kamon o‘qi ma’nosida qo‘llangan. Hozirda miltiq o‘qi, pistolet o‘qi 
ma’nolarida qo‘llanadi; 
kotib, pero, qalam 
so‘zlarida ham vazifaga 
ko‘ra ma’no ko‘chishi ro‘y bergan. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
90 
90
Kinoya
-qochiriq, kesatiq ma’nolarida aytilgan o‘zgalar “gapi”, 
“so‘zi”. Kinoya bilan aytilgan so‘z qo‘shtirnoqqa olinadi. Kinoya 
bilan aytilgan so‘z teskari ma’noda tushuniladi. 
Salima “a’lochi” qiz (ikkichi). 
So‘z ma’nosi ko‘chishi natijasida o‘z va ko‘chma ma’no hosil 
bo‘ladi. So‘zning nutq tarkibi (gap)dan tashqarida ifodalaydigan 
ma’nosi o‘z ma’no (asosiy ma’no, bosh ma’no) deyiladi. So‘zning 
nutq tarkibidagi boshqa so‘zlar yordamida ifodalagan ma’nosi 
ko‘chma ma’no hisoblanadi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə