Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə27/116
tarix21.12.2022
ölçüsü5,55 Mb.
#97395
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

Encyclopedia Britannica
http://corporate.britannica.com/about/
Encyclopedia Britannica raqamli ommaviy axborot vositalari va kitoblarning onlayn mahsulotlarini yetkazib beruvchilaridan biri hisoblanadi. Encyclopedia Britannica dunyo bo‘yicha har bir mavzu bo‘yicha ishonchli axborotga ega ta’lim olishda yetakchi rol o‘ynovchi, aholining keng qatlamiga esa o‘z amaliy ko‘nikmalarini oshirishda yordam beruvchi manbalardan biri hisoblanadi.

Engineering Village


http://www.engineeringvillage2.org
Engineering Village 2-ilmiy-texnik axborot sohasidagi axborotning nufuzli Internet-platformasi hisoblanadi. Injenerlik fanlari va texnika sohasida o‘zining noyob resurslarini taqdim qiladi. Engineering Village 2 platformasida quyidagi ma’lumotlar bazasi: Compendex; Engineering Index Backfile; Inspec; Inspec Archive; NTIS; Referex; Patents from USPTO and esp@cenet; Ei Patents; EnCompassLIT; EnCompassPAT; GeoBase; Chimica; CBNB; PaperChem; GeoRef kabilar taqdim etiladi.
Euromonitor International Inc.
Passport GMID (Global Market Information Database)
http://www.euromonitor.com/PassportGmid
Yeuromonitor kompaniyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan 205 ta bozorning strategik tadqiqotlarini olib boruvchi statistika, marketing hisobotlari va bozorning analitik tahlili (GMID)ning ma’lumot bazasi hisoblanadi. Resurslarda: mamlakatlar bo‘yicha (demografiya, iqtisod) statistika; bozor bo‘yicha analitik hisobotlar (bozor xizmatlari iste’mol va sanoat bozori bo‘yicha 17000 dan ziyod hisobotlar); profili 3000 dan ortiq xalq iste’moli bozorida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalarning profillari keltirilgan.

JSTOR


http://www.jstor.org. Bazada 210nafar nashriyotlarning jurnallari taqdim etilgan: http://www.jstor.org/about/part.publishers.html
Ma’lumotlar bazasi turli sohalarga oid bo‘lib, gumanitar, ijtimoiy fanlar va matematikaga oid ilmiy jurnallarni o‘z ichiga oladi (26 ta fan sohasi). Hozirgi vaqtda bazada 7 ta kolleksiya (ba’zi jurnallar bir nechta kolleksiyalarda) taqdim etiladi: «Arts & Sciences I Collection» (117 nomdagi jurnallar 15 soha bo‘yicha, jumladan, iqtisod, sotsiologiya, biznes, moliya, siyosatshunoslik, matematika, statistika, antropologiya va boshq.); «Arts & Sciences II Collection» (122 ta jurnal 19 soha bo‘yicha, jumladan, iqtisod, falsafa, matematika, sotsiologiya, antropologiya, arxeologiya va boshq.); «Business Collection» (46 nomdagi jurnallar iqtisod, moliya, biznes, marketing va menejmentga oid); «General Science Collection» (7 ta jurnallar: biologiya, matematika, falsafaga oid JSTORning boshqa kolleksiyalarida aks etmagan materiallar taqdim etiladi, xronologik qamrovi-800 yil). «Ecology & Botany Collection» (29 ta jurnallar, atrof-muhitni saqlash fanlari bo‘yicha, xronologik qamrovi 130 yil); «Language & Literature Collection» (turli mamlakatlarning kitobat madaniyati, tillar, ayollar adabiyotiga taalluqli bo‘lgan 47 ta jurnallar); «Music Collection» kolleksiyalari (31 ta jurnal musiqa nazariyasi va musiqa sohasida ilmiy tadqiqotlarga oid).: «Education Collection», «Law Collection» va «Arts & Science III Collection» kabi yangi kolleksiyalar ochish rejalashtirilmoqda (bu jurnallar arxitektura, san’at tarixi, folklor, etika, falsafa, din va boshqalarga oid).

Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə