Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism


Pul tizimi va uning elementlari



Yüklə 174 Kb.
səhifə4/9
tarix12.06.2023
ölçüsü174 Kb.
#116687
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pul taklifi

2.Pul tizimi va uning elementlari. Pul krediti siyosati.
Pul tizimi deganda mazkur mamlakatda pul mumilasini qonuniy va mutonosib ravishda tashkil qilishda qo`llaniladigan uslublar majmuasi tushuniladi.
Xozirgi pul tizimi XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi munosabati bilan shakllangan, biroq uning ayrim elementlari bundan oldinroq paydo bo`lgan.
Pul tizimi quyidagi asosiy elementlarni o`z ichiga oladi.
1. Pul birligi, so`m, rubl va boshqalar.
2. Baho masshtabi-dastlab u pul birligining oltinga teng qismi sifatida, xozir jaxon pullariga nisbati.
3. Pulning turlari. Qiymati o’zida ifodalanishiga ko`ra pullar ikki turga xaqiaiy va haqiqiy pulni o`rnini bosuvchi pullarga bo`linadi.
Haqiqiy pullar nominal qiymatini o`zida ifodalovchi, real qiymatga ega bo`lgan metal pullar bo`lib ular xar xil shakllarda chiqarilgan. Qog`oz pullar haqiqiy pullarning vakili bo`lib pulning muomila funktsiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan.
Umuman pullar quyidagi turlarga bo`linadi.
a) Qog`oz pullar.
b) Kredit pullar. Kredit pullar Qog`oz pullardan farq qilib ular bir vaqtni o`zida qiymatni ifodalaydi va u kredit xujjat bo`lib, kreditor va qarz oluvchi o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni aks ettiradi.Kredit pullarga davlat banki biletlari, veksel, banknot, chek, kredit kartochkasi va boshqalar kiradi.
v)Tangalar asosan nekel va bronzadan tayyorlanadi. Tarixiy ma’lumotlarga ko`ra birinchi tangalar bundan 26 asr oldin Lidiya va Xitoyda, VII asrlarda xozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda Kiev rusida zarb qilingan. Dastlab tangalar oltindan, keyinchalik ular boshqa metallda zarb qilingan.
Qog`oz pullar tarixiy manbalarga ko`ra XII -asrda Xitoyda, 700-yillarda kumush tangalar chiqarilgunga kadar Buxoro davlatida Qog`oz puldan foydalanilgan, Amerika va Evropada Qog`oz pullar XVII XVIII asrlarda chiqarilgan.
4.Emissiya tizimi-bu muomiladagi bank biletlari, xazina biletlari, Qog`oz pullar va qimmatli Qog`ozlarni chiqarishdir. Buni Markaziy bank amalga oshiradi. Qimmatli Qog`ozlarni ularni emetentlari davlat, banklar, xissadorlik jamiyatlari chikaradi.
5.Muomiladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muassasi- Markaziy bank.
Pul tizimining tarixan 2 turi mavjud.
1.Metall pullar tizimi. 2.Kredit va Qog`oz pullar tizimi.
Metal pullar tizimi bimetalizm (oltin va kumushni qonuniy tartibda umumiy ekvivalent ekanligi) va monometalizm (fakat ularni birini umumiy ekvivalentligi) turlariga bo`linadi.
Muomiladagi pullarning asosiy qismini Qog`oz pullar tashkil qiladi. Qog`oz pullardan foydalanilishiga sabab:
a) Qimmatbaho metallar, xususan oltin tanga pullarni real va nominal qiymatlari o`rtasidagi farqni vujudga kelishi. Masalan.10 grammlik tanga foydalanilishi tufayli 7 grammga kelgan.
b). Ba’zi mamlakatlarda pulni real va nominal qiymatlari to`g`ri bo`lmagan kalbaki tangalarni chiqarilishi.
v). Metal pullarni bo`zilishi, yukolishi davlat xazinasiga qimmatga tushadi. Qog`oz pulni chiqarish bunga nisbatan arzonga tushdi.
Rivojlangan mamlakatlarning pul tizimi quyidagi elementlarni o`z ichiga oladi.
1.Pul birligi.
2.Valyuta kursini belgilovchi koidalar.
3.Baho masshtabi.
4.Pul kurinishlari-kredit biletlari, Qog`oz pul va tanga.
5.Emissiya tizimi.
6.Davlat yoki kredit apparati.
Pul-kredit siyosati deganda, to’liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o’zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning yordamida xar qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi.
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy o’sish, to’liq bandlikni, baholarning hamda to’lov balansining barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul massasi, foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini ta’minlab turish zarur bo’ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy Bank qator vazifalardan foydalanadi.
Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko’rsatiladi:
1.Hisob stavkasi;
2.Majburiy zaxiralar normasi;
3.Ochiq bozordagi operatsiyalar.
Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari ko’rinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta’sir o’tkazadi, taklifini o’zgartiradi va shular orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi.
Ochiq bozordagi operatsiyalar — Markaziy bank tomonidan davlat obligatsiyalarini (qimmatli qog’ozlarni) tijorat banklari va aholidan sotib olish va ularga sotish bo’yicha operatsiyalardir. Markaziy bank tijorat banklaridan yoki ahodidan bu qimmatli qog’ozlarni sotib olar ekan, tijorat banklari zaxiralarini sotib olingan obligatsiyalar miqdori hajmida ko’paytiradi. Bu zaxiralar pul bazasiga kiradi, ya’ni yuqori quvvatli pullar bo’lganligi uchun pul taklifi multiplikativ ko’payadi. Markaziy bank tijorat banklari va aholiga obligatsiyalarni sotish bilan zahiralarni hamda tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini kengaytiradi. Bu holda pul taklifi qisqaradi.
Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri — bu hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi.
Amaliyotda, davlatlar hisob stavkasi siyosatini ochiq bozordagi operatsiyalar siyosati bilan muvofiqlashtirilgan holda olib borishga harakat qiladilar.
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan yana biri — bu, majburiy bank zaxira me’yorini o’zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar — bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Ular mijozlar tomonidan o’z omonatlarini talab qilib olganda zarur bo’ladi. Zaxira normasi ikki asosiy funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo’lgan zaxiralarning eng quyi normasini o’rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta’sir etadi. Bu me’yor qanchalik yuqori bo’lsa, ortiqcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo’li bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past bo’ladi.
Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-aloxida ishlatilishi shart emas. Aksincha ko’pincha bir necha vosita birdaniga qo’llanilishi, ya’ni kompleks siyosat o’tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.
Davlat tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va baholar darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Faraz qilamizki, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz yuqorida ko’rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul taklifi o’sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo’lgan talabni oshiradi va o’z navbatida, YaIM miqdorining ko’payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma’lum davrda o’z maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi to’xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.
Pul-kredit siyosatining oqibati to’g’risida gapirganda, bu siyosatning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qiska muddatli davrda davlat pul taklifini oshirgan va buning natijasida YaIM miqdori o’sishini rag’batlantirgan hamda ma’lum darajada samaradorlikka erishgan bo’lsa, uzoq muddatli davrda esa bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin.
Pul-kredit siyosati asosida iqtisodiyotga pul-kredit siyosatining ta’sir etishi jarayonlarini o’rganuvchi pul nazariyasi yotadi. Ushbu nazariyaga ikki xil yondashuvchi iqtisodchilar o’rtasida ko’p yillardan beri tortishuvlar bo’lib kelmoqda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va zamonoviy pul miqdori nazariyasi tarafdorlarini kiritamiz. Har ikki nazariya tarafdorlari ham pul taklifining nominal YaIM ga ta’sirini inkor etmaydilar, ammo bu ta’sirning ahamiyatiga xar xil baxo beradilar. Keynschilar fikricha, monetar siyosat yuritishda foiz stavkasi darajasiga asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul taklifining darajasiga asoslanishi lozim. Keynschilar bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat aralashuvi shart deb xisoblashadi, monetaristlar esa uni ortiqcha deb hisoblaydilar.
Keynschilar pul taklifining YaIMga ta’sirini quyidagi ketma-ketlikda amalga oshadi deb hisoblashadi: pul taklifining o’zgarishi foiz stavkasining o’zgarishiga olib keladi, u esa o’z navbatida, investitsiyalarga bo’lgan talabning o’zgarishi orqali ishlab chiqarish hajmiga, ya’ni YaIMga ta’sir etadi. Monetaristlar esa pul miqdorining o’zgarishi bilan YaIM o’zgarishi o’rtasida yaqinroq aloqa mavjud, ya’ni pul miqdorining o’zgarishi bevosita YaIM o’zgarishiga olib keladi, deb hisoblashadi.
Buni ular pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi bilan izohlaydilar:
M x V = R x Y
Agar R x Y = nominal YaIM bo’lsa, unda tenglamani quyidagicha yozish mumkin bo’ladi:
M = YaIM / V;
Bu erda: M - pul taklifi;
V - pulning aylanish tezligi yoki aylanishlar soni;
R - tovar va xizmatlarning o’rtacha bahosi; Y - real YaIM.
Bunda monetaristlar pulning aylanish tezligini barqaror deb hisoblaydilar, keynschilar esa, aksincha, nobarqaror deydilar.
Hozirda mavjud bo’lgan monetaristik siyosatning modellari bu ikki yondashuvni sintez qilgan, ya’ni, bu yondashuvlarning ijobiy jihatlarini qo’shib, o’zida aks ettiradi. Pul kredit siyosatining uzoq muddatli maqsadlariga erishish uchun monetaristik yondashuv ko’proq ishlatiladi. Shu bilan birga qisqa muddatli davrlarda esa davlat foiz stavkasiga ta’sir etish usulidan voz kechmaydi.
Davlatning pulga bo’lgan talab va taklifi o’zgarishi borasidagi siyosatini monetar siyosat deb yuritiladi. Bu siyosat monetarizm nazariyasiga asoslanadi. Uning bosh g’oyasi iqtisodiy o’sishni bozor mexanizmi ta’minlaydi, bu mexanizmning asosiy vositasi pul, degan xulosadan iborat. Pulga bo’lgan talab va taklifni oldingi paragrafda ko’rsatilganidek quyidagi bog’lanishga asoslanib o’zgartirib turilishi tavsiya etiladi.
M *V = R * Y
Bu tenglik bozor iqtisodiyotidagi eng muhim muvozanat bo’lib, unga asoslanib, quyidagi bog’lanishlarni aniqlash mumkin:
Bozordagi baho pul massasi bilan bozorga chiqarilgan tovar va xizmatlar qiymatiga bog’liq.

Ya’ni, pul massasi bozorga chiqarilgan tovar va xizmatlarning bozordagi bahosini belgilaydi. Agar;
1.R* > 1 bo’lsa, pul talabga nisbatan ko’p bo’ladi;
2.R* < 1 bo’lsa, pul talabga nisbatan kam bo’ladi;
3.R=1 bo’lsa, pul massasi bilan tovar va xizmatlar massasi tenglashadi, ya’ni, bozor muvozanatlashadi.
Birinchi holda narx oshgan bo’ladi va pul qadri pasayadi, ikkinchi holda esa aksincha, pul massasi kamaygan bo’ladi va to’lov inqirozi yuzaga keladi.
Muomalada bo’lishi zarur bo’lgan pul massasi tovar va xizmatlar massasi bilan pul harakati - pul aylanish tizimiga bog’liq;
M = R *Y / V;
Muomala uchun zarur bo’lgan pul massasini davlat muomalaga chiqaradi va u mamlakat davlat doirasida harakat qiladi. Muomalada tovarlar bilan ta’minlanmagan pulning paydo bo’lishi inflyatsiyani bildiradi. Pul qadrsizlanganda muomaladagi pul ko’payib, unga nisbatan tovar va xizmatlar kamayib ketadi. Pul birligining xarid kuchi unga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdoridan kamayadi, natijada ularning bahosi o’sadi. Bu esa o’z navbatida pulning valyuta kursini pasaytiradi, chunki, unga nisbatan boshqa valyutaga ko’proq tovar sotib olish mumkin bo’ladi.
Davlat o’z xarajatlarini qoplash uchun pul emissiyasini amalga oshirib, uni ko’paytirib, muomalaga kiritishi mumkin. Lekin uni tovar va xizmatlar massasi bilan ta’minlay olmasa pulning qadrsizlanishi kuchayib boradi. Demak, qog’oz pullar oltinga, chet el valyutasiga nisbatan qadrsizlanadi. Binobarin, pul miqdori asosan ishlab chiqarish holatiga, narxga, pul aylanishi tizimiga bog’liq bo’lib, unga nisbatan davlat jiddiy yon-dashadi. Iqtisodiyotni tartibga solish uchun davlat muomaladagi pul miqdorini o’zgartirib, uni normal holga keltirib turadi.
Markaziy Bank bir vaqtning o’zida ham pul massasini, ham foiz stavkasini o’zgartirmasdan ushlab turolmaydi. Pulga talab o’sgan xolatlarda maqsad foiz stavkasining barqarorligini ta’minlash bo’lsa Markaziy Bank pul taklifini oshirishga majbur bo’ladi. Bu tadbir yumshoq pul kredit siyosati deb yuritiladi. Pul massasining ko’payib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun pul taklifini cheklash siyosatini qo’llash foiz stavkasining ko’tarilishiga olib keladi va bu siyosat kattiq pul kredit siyosati deb yuritiladi.
Agar pulga talab inflyatsiya ta’sirida ko’paysa qattiq pul kredit siyosatini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Maboda pulga talab ishlab chiqarish va daromadlarning o’sishi oqibatida oshsa yumshoq pul kredit siyosatini qo’llash o’rinlidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiyotga aralashivi yanada oshadi. Xususan, davlat iqtisodiyotga kredit tizimi orqali faol ta’sir ko’rsata boshlaydi.
Bunda ssudaga beriladigan pul miqdorini o’zgartirish uchun foiz vositasidan foydalanadi. Ma’lumki, kredit munosabatlarida Markaziy bank markaziy zaxira tizimi vazifasini o’taydi va ular davlat ta’sirida bo’ladi. Davlat kreditga bo’lgan talab va taklifni mar-kaziy zaxira tizimi orqali o’zgartiradi. Ushbu jarayonni uch xil yo’l bilan amalga oshiradi.
Birinchidan, davlat markaziy zahira tizimi orqali banklar mablag’ining qarzga beriladigan va zahirada turadigan qismlari ulushini o’zgartiradi.
Ikkinchidan, markaziy zaxira tizimi o’zi boshqa banklardan oladigan foizlarni o’zgartiradi. U boshqa banklarga past foiz hisobidan qarz berib, ularga moliyaviy yordam ko’rsatadi. Imtiyozli qarz olish banklarga quvvat berganidan ular kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o’sishga ta’sir eta oladilar.
Uchinchidan, davlat markaziy zaxira tizimi orqali xazina veksellarini (majburiyatlarini) tarqatadi, o’z zayomlarini sotadi yoki qimmatli qog’ozlarni sotib oladi.
Davlatning pulga bo’lgan talab va taklifni o’zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi. Ushbu siyosatni o’tkazish orqali davlat iqtisodiyotni tartibga solib turadi.



Yüklə 174 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə