Mundarija kirish I bob. Qishloq xo’jaligi korxonalarining zamonaviy menejment usullari


Qishloq xo’jaligi korxonalarida zamonaviy menejment usullaridan foydalanish xususiyatlari



Yüklə 146,81 Kb.
səhifə3/8
tarix11.12.2023
ölçüsü146,81 Kb.
#145670
1   2   3   4   5   6   7   8
Mundarija kirish I bob. Qishloq xo’jaligi korxonalarining zamona (1)

1.2 Qishloq xo’jaligi korxonalarida zamonaviy menejment usullaridan foydalanish xususiyatlari
Qishloq xo'jaligi mamlakat xalq xo'jaligining eng muhim va yirik tarmog'i bo'lib, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni xomashyoga bo'lgan talabini qondimdi. Qishloq xo'jaligi dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini dastlabki yoki to'liq qayta ishlashning turli jarayonlarini o'z ichiga oladi.
Kishi ruhiy xususiyatlarining u bajaruvchi ish talablariga mos kelmasligi o‘z kasbidan qoniqmaslik uni o'zgartirishga harakat qilishga, xato qihsh ehtimolining ortishiga, natijada mehnat unumdorligining pasayishiga olib keladi. Aksincha, agar inson o‘z qobiliyatini to'liq namoyon qila oluvchi ish bilan band bo‘lsa, u o‘z mehnatidan mamnun bo'ladi, kasbni tez egallaydi va mehnat unumdorligi yuqori bo'ladi. Inson uchun faqat moddiy rag'bat muhim deb hisoblash noto'g'ri. Unga juda ko'p narsa, ya’ni katta umumiy ishda o'z hissasi borligini his etishi, o'zini mehnat orqali namoyon etishi, o'z malakasi bilan g'ururlanishi, do'stlari hurmatiga sazovor bo'lishi va h.k.lar ham muhimdir. Ko'pchilik kishilar shaxsiy farovonlikka boshqalar hisobiga erishilgan shaxsiy muvaffaqiyat orqali emas, mamlakat iqtisodiyotiga qo'shgan mehnati hisobiga erishish lozimligini ta’kidlaydilar.
Menejmentning ma’muriy usuh davlat tabiatidan kelib chiqadi. Ular har qanday menejment jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish, xo'jalik faoliyati menejmentning turli ma’muriy usullarini qo'llash bilan bog'liqdir. Menejmentning ma’muriy usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlaming samaraii faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish tizimidan iboratdir. Menejmentning ma’muriy usullari iqtisodiy usullarni to'ldirib,
bozor iqtisodiyoti qonunlari, huquqiy hujjatlarni hisobga olish va bajarishga asoslanadi. Menejment tizimida ma’muriy usul ma’muriy shakllar bilan qo'shib olib boriladi. Bu ko'p hollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy huquqni qo'llash, ya’ni qaror va farmoyishlami amalga oshirishga asoslanadi. Ma’muriy usul boshqaruvning turli darajalariga turli ko'lamda va shaklda tashkiliy ta’sir etishni o'rganish masalalarini ham qamrab oladi. Ma’muriy usul boshqaruvning har bir bo'g'ini vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyati samaradorligini ta’minlaydi, ishda tartib o'rnatadi, qaror va farmoyishlami bajaradi, kadrlarni tanlaydi va joy-joyiga qo'yadi.
Shuni ta’kidlash zarurki, ma’muriy usullaming tarqalishini cheklash, ularni bozor iqtisodiyotining amalga oshishini turli bosqichlarida, menejmentning turli saviyalarida to'g'ri ishlatilishi majburiy shart hisoblanadi. Ma’muriy usullarni to'g'ri va o'z vaqtida ishlatilishi menejment amaliyotida menejmentni tashkil qilishini yaxshilashga va uning samaradorligini oshirishga imkon beradi. Menejmentning ma’muriy usullarini ishlatilishining kengayishi iqtisodiy usullarining ma’lum mutanosiblikda ishlatilishini hech qachon inkor qilmagan. Ma’muriy shakl o'z ichiga iqtisodiy ma’noni oladi. Xo‘jalik muammolarini hal etishda umumiy yondashuvning turli tomonlari, bu masalalami hal etishda bir-birlarini to‘ldirib, hamma vaqt birga ishlatilgan. Menejmentning ma’muriy usuli ishlab chiqaruvchilarga ta’sir etish manbalari va yo'nalishlari bo‘yicha turlicha bo‘ladi. Ta’sir etishning farmoyish usullari cheklovchi hujjatlarda ko‘zda tutilmagan mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda kundalik jadal menejment maqsadida qo'llaniladi. Farmoyish orqali ta’sir etishning asosiy maqsadi boshqaruv apparatining aniq harakatini, boshqaruvning barcha boMinma va xizmatlarining barqaror ishlashini ta’minlab berishdan iborat. Ta’sir etishning farmoyish usullari buyruq, farmoyish, ko'rsatma va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Menejment samaradorligini oshirishda iqtisodiy va ma’muriy usullaming majmuaviy ishlatilishi zaruriyati ko'zda tutilgan bo'lib, aniq sharoitni hisobga olib, ishlab chiqarish jarayonida ularni maqbul ravishda bir-birlariga to'g'ri kelish talabi yuzaga keladi. Ushbu muhim masalaning yechilishi menejmentning nazariyasi va amaliyoti uchun katta ahamiyatga egadir.
Menejer mehnatini tashkil etishda boshqaruv apparatidagi har bir ijrochining ishi cheklangan va nisbatan bir turda bo‘lishiga erishish talab qilinadi. Bu mehnat unumdorligini ortishi, ish sifati yaxshilanishi va har bir ijrochi tajribasi ortib borishiga imkon yaratadi.
Menejerlar mehnatini taqsimlash va kooperatsiya qilish yo‘llari tarkibiy bo‘linmalar haqida qoidalar va boshqaruv apparati xodimlari lavozim yo‘riqnomasi bilan belgilangan bo‘ladi. «Korxonalar to‘g‘risida»gi Qonun asosida korxona va uning bo‘linmalarida har bir rahbar, mutaxassis va texnikaviy ijrochi uchun lavozim yo‘riqnomalari ishlanadi. Lavozim yo‘riqnomalari, huquq va majburiyatlari yakkaboshchilik tamoyili asosida mansabdor shaxslaming bo‘ysunishi, topshirilgan vazifa uchun javobgarligi belgilanadi.
Lavozim yo‘riqnomalari va qoidalar davriy ravishda qayta qurilib, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruv jarayonlari takomillashib borganligini hisobga olgan holda tuzatilib, toldirilib borilishi kerak.
Menejer mehnatini samarali tashkil qilish va shu orqali korxona boshqaruv tizimini rivojlantirish, korxonaning umumiy samaradorlik ko‘rsatkichlarida o‘z aksini topadi va unga baho beriladi.
Menejeming barcha professional faoliyati va uning o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan holatlar murakkab vaziyatlaming tarkibiy qismlami birlashtirish jarayonini ifodalaydi. Bundan tashqari, xodimlami boshqamvning rejalashtirilgan va amalga oshiriladigan barcha harakatlari, ulaming to‘g‘ridan-to‘g‘ri va vositachilik natijalari, birinchi navbatda, muayyan harakatlar birlashuvini ifodalaydi6.
Tashkilotning ixtisoslashuvi, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini ajratish jarayonlari turli funksiyalarni yuzaga kelishiga, funksional tashkilotning paydo bo'lishiga va shakllanishiga olib keldi.
Menejer mehnatiga, shuningdek, korxona va tashkilotda axborot oqimlari yo‘nalishi va hujjatlar aylanish texnologiyasi maqbulligi ham katta ta’sir ko'rsatadi. Bu yerda hujjatlar o‘tadigan bosqichlar sonini ulami birlashtirish natijasida qisqartirish katta samara berib, natijada asoslanmagan muvofiqlashtiruv bartaraf etiladi. Agar muvofiqlashtirish muhim bo‘lsa, hujjatlar olish bosqichlari o‘mini hujjatlar almashinuviga ketadigan vaqtni qisqartirish maqsadida olish texnologiyasi, axborot uzatilishining maqbul yollari belgilanadi. Rahbar faqat boshqalarga topshirish mumkin bolmagan hujjatlarga imzo chekadi. Xatlar tayyorlash bilan bogiiq ish vaqtini tejashda maxsus namunali matnlar, standart varaqlardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Korxona va tashkilotlar o‘rtasida yozishmalarda kelgan hujjatni javobi bilan qaytarish keng qollaniladi.
Qishloq xo'jaligida investitsiya jalb qilishni to'xtatib turgan omillar qo'yidagilar: birinchidan, investorlar ajratgan mablag'lari qaytishi bo'yicha yetarli kafolatga ega emaslar; ikkinchidan, qoidaga ko'ra, investitsion loyihalami realizatsiya qilish uchun kerak bo'ladigan investitsiya hajmi, loyihani ta’minlash uchun tashabbuskor tomonidan taqdim etiladigan garov hajmidan sezilarli ortadi; uchinchidan, garov sifatida taqdim etiladigan mulkning likvidligi o'ta past; to'rtinchidan, rivojlangan sug'urta bozori yo'q sharoitda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi riski (tavakkali) yuqori; beshinchidan, amalda zamonaviy va samarali moliyaviy menejmentning yo‘qhgi investitsion loyihalar realizatsiyasi monitoringini qiyinlashtiradi.
Marketingga yo‘naltirilgan korxonaning mantiqiy harakat chizmasi quyidagicha: awal ishlab chiqarilmoqchi bo‘lgan mahsulotga iste’molchilar talabi o‘rganiladi, raqobatchilarning o‘xshash tovarlari parametrlari baholanadi va shundan keyingina mahsulotni ishlab chiqarish, hamda sotish haqida o‘ylanadi. Ishlab chiqarilgan tovarlar hamma xaridorlarga birdek yoqishi mumkin emas chunki ulaming ehtiyojlari, imkoniyatlari, odat va an’analari, hatto didi ham turlicha. Ana shulami hisobga olib bozomi sigmentlash zarur. Bozorni sigmentlash-bu tovarga bir xilda talab quyuvchi iste’molchilar guruhini ajratish. Agar raqobat darajasi yuqori, lekin mahsulotlami sotish qiyin bolib qolgan hollarda sigmentlash iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi. Bunday holat, qayta ishlash sanoatining ko‘pgina tarmoqlarida (go‘sht, meva-sabzavot konservasi, non mahsulotlari va boshqa) yuzaga kelgan. U yoki bu prinsip bilan sigmentlashda tovar ishlab chiqaruvchi bozomi o‘xshash guruhlarga bo'ladi, keyin maqsadli deb ataluvchi sigmentni yoki bir nechta shunday sigmentni tanlab oladi, ulaming har biri uchun Tovar assortimentini belgilaydi shundan keyingina ishlab chiqarish va mahsulot sotishni boshlaydi.
Tovar ishlab chiqaruvchi bozomi qamrab olishning uchta variantidan
birini tanlashi mumkin:
1. Agar ajratib olingan sigment tahlili ulaming orasida farq mavjud emasligini ko‘rsatsa, tadbirkor ularga e’tibor qilmasligi va bozoming hammasiga tovarini taklif qilishi mumkin. Bunday hollarda maqsadi bir xil talab va ehtiyojli xaridorlami ko'plab jalb etish lozim bo'lgan marketing dasturi tuziladi. Bozomi qamrab olishning bunday strategiyasi differensiyalashmagan marketing deb ataladi. Bunday marketing tejamli bo‘lib, katta sarf talab qilmaydi. Biroq bir necha korxona bir vaqtning o‘zida bunday strategiyani qo‘llay boshlasa, shafqatsiz raqobat boshlanadi va boshqa variantlami qidirishga to‘g‘ri keladi.
2. Korxona bozoming bir nechta sigmentiga ishlashga qaror qildi, ulaming har biri uchun o‘zga xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida marketing dasturi tayyorlaydilar (tovar, baholar, reklama va boshqa). Bunday holatlarda mahsulotlaming sotib olinishi o‘sishiga umid qilish mumkin, chunki u bozoming har bir sigmenti talabiga moslashadi. Bu differensiallashgan marketing. Bunday strategiyadan keng doirada tovar ishlab chiqib, ulami bozorga chiqara olishga qurbi yetadigan, yetarli mablag‘ga ega yirik kompaniyalaming foydalanishi tavsiya etiladi.
3. Tovar ishlab chiqaruvchi kuchlami bitta sigmentga kontsentratsiyalash haqida qaror qabul qiladi. Bozomi qamrab olishning bunday strategiyasi konsentratsiyalashgan marketing deb ataladi. U riskning yuqori darajadaligi bilan bog‘liq, chunki tanlangan sigment ishonchni oqlay olmasligi mumkin: unga raqobatchi paydo bo‘lib, mahsulotga talab tushib ketish ehtimoli bor.
Bozorni qamrab olish sigmentini tanlashda quyidagilami e’tiborga olish lozim:
- resurslar cheklangan holatida konsentratsiyalashtirilgan marketing strategiyasi eng afzali hisoblanadi;
- sifat jihatdan o‘xshash tovarlarga, masalan, tuz, shakar, kraxmal va boshqa) differentsiallanmagan marketing; turli parametrlari bo'yicha birbiridan farqlanadiganlarga (go‘sht va sut mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari va hokazo) differentsiallashgan yoki konsentratsiyalashgan marketing ko‘proq mos keladi;
- bozorga yangi tovar bilan chiqishda differentsiallangan yoki konsentratsiyalangan marketingdan foydalanib, yangilikning bitta variantini taklif qilish maqsadga muvofiq. Bozorning eng foydali sigmenti quyidagi talablarga javob berishi kerak: sotuvning eng yuqori hajmi va uni o‘sishining yuqori sur’atlari, rentabellikning eng yuqori darajasi (daromad normasi), sust raqobat. Bozorni sigmentlagandan keyin korxona raqobatchilami aniqlash va sotishning maksimal hajmini ta’minlash uchun tovarlaming guruhlanishi haqidagi masalani hal qilishi zarur.
Bozorda tovarlaming bozor sigmenti raqobatchilaming tovarlariga taqqoslash bo‘yicha unga aniq farqlashuvchi ustunlikni ta’minlashni anglatadi.
Bozor sigmentining ikki varianti mavjud:
- korxona tovarlari bilan bir qatorda chiqariladigan o‘xshash mahsulotlar;
- bozorda yo‘q tovami ishlab chiqish yo‘li bilan.


Yüklə 146,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə