Mundarija kirish I bob. Qishloq xo’jaligi korxonalarining zamonaviy menejment usullari


Qishloq xo’jaligi korxonalarida zamonaviy menejment usullaridan foydalanishdagi muammolar



Yüklə 146,81 Kb.
səhifə6/8
tarix11.12.2023
ölçüsü146,81 Kb.
#145670
1   2   3   4   5   6   7   8
Mundarija kirish I bob. Qishloq xo’jaligi korxonalarining zamona (1)

2.3. Qishloq xo’jaligi korxonalarida zamonaviy menejment usullaridan foydalanishdagi muammolar
Korxonada sifatni nazorat qilishda sifat to’garaklarining vazifalari:
1. Korxona rivoji va mukammallashishiga yordam berish.
2. Ish joyida sog’lom va ijobiy muxitni yaritish 3.
Ishchilar qobiliyatini rivojlantirish va shuningdek qobiliyatlarni firma manfaatlariga ishlatish.
Sifatni boshqarish ko’pgina ustunliklariga ega:
• U aniq sifat kafolatlarni beradi. Sifat nazoratini kuchaytirgan xolda defektsiz ishlab chiqarishga o’tadi. Ammo defektlarni topib va ularni bartaraf etibgina qolmay balki bu defektlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni xam aniqlash lozim.
• Sifatni komplaks nazorat qilish. Xaridorlarning didi va tabiatlarini o’rganishga qulay muxit Yaratiladi va korxona taklif etayotgan tovar xaridordir bo’lishi va moddadan qolmasligini kafolatlaydi.
• Sifatni kompleks boshqarish odamlar ongiga singib noto’g’ri, xaqiqiy bo’lmagan axboratni topishga ko’maklashadi. «bilim-kuchdir» bu shior sifatni kompleks boshqarish asosidir.
Qoidaga aylangan asosiy ideallarga quyidagicha tavsiya berish mumkin:
1.Xar bir odamning tabiiy extiyoji-bu o’z ishida mukammalikka erishishdir. Agarda biz to’g’ri boshqarish olib borib uni raqobatgbatlantirib turska u o’z ishini doim mukammallashtirib borish mumkin.
2. Individual ishni boshqaruvchi insonlar bu ishning xaqiqiy mutaxassislaridir. Ish jarayonlarida kqplab xattoliklarga yo’l qo’yishi mumkin, mutaxassislar esa bu qiyinchiliklarni echishga o’zlarining qimmatli maslaxatlarni berishi mumkin.
3. Xodimlar alk va taffakurg egalar. Ular o’z ishining xam bilimdoni xam ustasidirlar ular muvafaqiYatga intilib keladilar va mas’uliyatli ishdan xam qochmaydilar. Agarda o’z ishining mas’ul degan ruxda tarbiyalasak, keyinchalik tashkilotda juda kuchli ijodiy faollilikni kuzatish mumkin.
Sifat-to’garagi bu mexanik mashina emasb balki to’xtovsiz jarayondir. U bir-biridan farq qiluvchi, ammo bir tomondan bu ta’lim va tarbiya beruvchi jarayon. Boshqa tomondan, ularning xar kungi ishiga taluqli bo’lgan marosimlarda qatnashishga da’vat qiluvchi jarayondir. Yaponiyada xar yili 1951 yildan boshlab sifatni boshqarish tizimiga o’zining katta xissalarini qo’shganlariga U.E.Demingning premiyalarini topshiriladilar. U.E.DemingYAponiYada sifatni boshqarishning asoschisidir. Iste’molchilarning didi-texnalogiYalar o’zgarib borayotgan bu zamonda boshqaruvchilar o’z tafakkuri va yo’nalishlarini doimiy ravishda o’zgartirib turishlari kerak. Buni quydagicha ifodalash mumkin.
1. Avvalambor kuch sifatga qaratiladi qaysi vaqt ichidagi foyidaga emas.
2. Asosiy inson-iste’molchi, bu degani xar bir narsani iste’molchi o’lchovi bilan o’lchash kerakligini bildiradi.
3. Ishlab chiqarish jarayonining keyingi bosqinchi sening maxsulotining iste’molchisidir.
4. Qaror qabul qilishda axborat bilan ta’minlanish va iqtisodiy va matematik usullarni qo’llanilashi bu jarayonni tinch, samaradorli va ijodiy qiladi.
5. Boshqaruv tizimda xar bir xodimning qatnashishi. Yaponiyada menejment va profsoyuzlarning o’zaro aloqasi.
Yapon sanoat tashkilotlarining uchta o’ziga xos xususiyatlari mavjud:
1. Butun umrga bandlik
2. Stajning okladli va maoshga ta’siri
3. Profsoyuzlarni tashkil qilish.
Yaponiyada ishchi uchun uining qiladigan ishidan xam ustun turadigan korxonalarda faqat bitta profsoyuz bo’ladi. AQSH, Angiliya, Italiya va boshqa mamlakatlarda menejerlar personalni boshqarishida jada katta qiyinchiliklarga duchor keladi. Profsoyuzlar doim menejerlarga qarashadilar.
Odatda profsoyuzlardan konfidentsial bo’lgan ko’pgina axboratlar Yashiradilar. Bunday muxitda mexnat unimdorligi pasaYadi. Yaponiyaning NOK firmasida yuqoridagi barcha qiyinchiliklar menejment va profsoyuzlarning o’zaro kelishuvi asosida bartaraf etilgan. Bu «SodzYankay» vujudga kelishiga ko’maklashdi. «SodzYankay»-bu ishchilarni vakolatli organi bo’lib, ishchilarning qiziqishlari ish xaqi va farovonligi xaqidagi suxbatlarni tez-tez amalga oshirib turadi. Yapon menejmenti profsoyuzlarni menejment va ishchilar orasida qonuniy vositachi sifatida ko’radi. Bu vositachi ko’proq ish xaqi bilan shug’ullanadi. Yaponiyada profsoyuz bu bir firma miqiyosida barcha xodimlar uyushmasidir. U kasb yoki xunar bo’yicha bo’linmaydi. SHuning uchun ular menejmetning unimdorlik foyidalik va o’sish kabi ko’rsatichlarining to’g’ri va ijobiy baxolaydilar. Profsoyuzlar xodimlarning farovonlik faqat unimdorlik orqali vujudga kelishini tushunadilar. SHuning uchun menejment bilan birgalikda ish ko’radilar. Yangilanish jarayoni bir qiziqlik emas. Ishchi kuchini ko’payib ketishi kabi hollar xam vujudga kelishi mumkin.Bunday qiyinchilaklar birdamlik bilan xal qilinadi. Yaponiyada menejment va profsoyuzlar ishchilarning farovonligini oshirish uchun doim raqabatdadirlar. Ammo soyuzlar liderlari va menejment ikkita asoslik taxminni aytadilar.
1. Firmaning gullashi boshqa masalalarni echishga sharoit yaratib beradi.
2. Bir-birini yomon ko’rishlik hech kimga foyda keltirmaydi.
Umuman olganda Yaponiyada menejment ikkita sabab bo’lgani uchun shikoYatlar kam tushadi. Tabiiy ofatlar qo’rquv hissini uyg’otib turadilar. SHuning uchun milliy birdamlik hissi juda yuqori turadi. Yaponlar Yevropaliklarga qaraganda guruh bo’lib jadu yaxshi faoliyat ko’rsatadilar. Bu narsa ayniqsa biror bir masalani xal qilishda yangilik faol ko’rinadi. O’zlarining «Yapon boshqaruv san’ati» kitoblarida A,Atos va R.Paskal qo’yidagilarni aytadilar: «Yaponlar xar bir kishini iqtisodiy-ijtimoiy, psikologik va ruxiy extiyojlarga ega deb qaraydalar. Amerika boshqaruvchidlari xam xuddi shunday deydilar, ammo bu narsa xaqida maxsus o’ylanganlarida. Ammo Yapon boshqaruvchilari boshqa insititutlarga urgu beradilar. Ammo Yaponlar uchun oila bu xayot kechirish tarzidir. Yaponlar o’ta tartiblidirlar, ular jamoa manfaati va qiziqishlaridan kelib chiqib ektraordinal ishlarni xam qilish mumkin. Yaponlar maqsadsari yo’nalgan insonlardir. Ular o’zlarini cheksiz mukammallashtirishga intiladilar. «Yapon menejmenti o’z ichiga zamonaviy tamoillarli va usullarini ochko’zlikga chegaradosh bo’lgan energiya bilan yutib oladi.» –degan fikrni Tokio universiteti iqtisodiyot fakultetining dekani Susama Kaka Yami aytib o’tgan.
Yapon menejmenti 4 asosiy masalani xal qilishga kirishgan-texnologik innovatsiya, sanoatlashish, demokratiya va baynalmilalik. Bularning barchasi kattani xurmat qilish va jamoa fikri kabi omillarga o’z ta’sirini ko’rsatmadi. Menejerlar va ishchilar orasida ziddiyat kelib chiqishi mumkin,ammo ularning barchasi raqobat raqobatdoshlarga o’zining eng yomon ko’rgan dushmani sifatida qaratadilar. Xar bir firma 1-bo’lishga intiladi, eng avvalo firmaning mavqesi keyin foidasiga qaraladi. Yapon korxonada lider albatta mas’uliyatli lavozimga egadir SHunday usullar bilan Yaponiya mamlakat sifatida shakllandi va dunyoga o’zini tanitdi. «Tabiylik hamma narsadan ustun» «Dunyo Yaxshiliksiz daxshatlidir; dunyo mexnatsiz tushkunlikdadir». Innovatsiya jarayonida xorij tajribasi imkoniYatlari Hozirgi paytda jahon hamjamiyatining rivojlangan mamlakatlarida an’anaviy ilmiy texnika taraqqiyotida innovatsion, ilmiy texnologik tartibga jadal o’tish jarayoni ro’y bermoqda.
Innovatsion tartibning avvalgisidan farqi shundaki, fanning shakllanishi va davlat tomonidan moliyalashtirish tizimidan texnologik va ilmiy innovatsiyalar barcha turlarini davlat tomonidan rag’batlantirishga o’tish kuzatilmoqda. Hozirda AQSHda va xususan, g’arbiy Yevropada, eng avvalo Fransiya, Germaniyada fan-texnika siyosatining innovatsion siyosatga aylanishi ro’y bermoqda. Uning asosiy vazifasi — ilmiy va texnologik innovatsiyalar, eng avvalo kichik va o’rta korxonalar uchun, shuningdek o’rta va qisqa muddatli dasturlar sohasida tezkor dversifikatsiYa uchun eng qulay sharoitlar yaratishdir.
Fanni moliyalash bo’yicha AQSH jahonda etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Ko’plab rivojlangan mamlakatlarda ITIMTni moliyalashdagi davlatning roli ancha faol bo’lib, faqat davlat tashkilotlari tomonidangina amalga oshirilmaydi. Hozirgi vaqtda AQSHda federal hukumat ulushi (moliyalash manbai sifatida) barcha xarajatlar salmog’ining 50 foizini tashkil etadi. Bu ko’rsatkich Buyuk Britaniya, SHvetsiya va GermaniYada 40 foiz atrofida, Franysiyada 57 foiz, Yyponiyada 28 foiz. ITIMT sohasining davlat tomonidan bunday e’tibor bilan ko’plab-quvvatlanishi konuni bo’lib, bir qator dalillar bilan izohlanadi. Ilmiy tadqiqot konstruktorlik ishlari davlat tomonidan turli shakllarda qo’llab-quvvatlanishi mumkin, jumladan:
• ilmiy tadqiqotlar uchun bevosita byudjet mablag’larini ajratish (davlat tashkilotlari orqali moliyalash, shartnomalar tuzish, subsidiyalar ajratish). Ayni holatda davlat yirik xarajatlar talab qilinadigan va ko’plab tavakkalchilikka ega bo’lgan fanning etakchi yo’nalishlaridagi ko’p kapitalli tadqiqotlarni moliyalashni o’z bo’yniga oladi.
• ilmiy tadqiqotlarni (ITIMT) bilvosita moliyalashning turli usullari: xususiy kompaniyalar, innovatsiya jarayonini rag’batlantirish, shuningdek, ular investitsiyasini yangi asbob-uskunalar olish uchun kengaytirish maqsadlarida soliq va amortizatsiya imtiyozlaridan foydalanish.
Davlat ayni vaqtda kichik tadqiqot biznesi uchun shart-sharoit Yaratishga ko’maklashadi, davlat tomonidan fan-texnika taraqqiyotini bevosita moliyalash xususida to’laroq to’xtab o’tamiz.
Uchinchi usul bo’yicha subsidiyalar (grantlar) beriladi, subsidiYalarning o’ziga xosligini quyidagicha belgilash mumkin:
•ular kichik ijrochilarning asosiy ish joyida oylik ish haqidan va unga bog’liq bo’lmagan holda beriladi;
•subsidiyalar qaytarib berilmaydi;
•subsidiya olgan olim yoki ilmiy jamoa olgan mablag’larni mustaqil sarflaydi.
AQSH davlat innovatsiya siyosatining ob’yekti - bu asosan xususiy biznesdir. Davlatning bu boradagi siyosati mavjud ilmiy - texnik yutuqlardan xo’jalikda foydalanishga, ilmiy-texnik majmuada ichki aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Davlat innovatsiya siyosatining usul va vositalari ancha keng. Bunga u yoki bu ma’noda biznesning innovatsion faolligini rag’batlantiruvchi turli xil davlat tadbirlari kiradi. Amerikalik mutaxassislarning ta’kidlashicha, eng samarali tashkiliy shakllardan biri - universitet-sanoat, tadqiqot markazlari sanaladi.
Davlat ishtirokida tashkil etiladigan bunday markazlar doirasida juda keng ko’lamdagi ilmiy texnik masalalarni hal etish imkoni mavjud. Sanoat korxonalari va universitetlarning hamkorlikdagi tadqiqotlariga oid yirik dasturlar davlatning maqsadli ilmiy-tadqiqot dasturlariga ko’p sohada muqobil (alьternativ) sanaladi. Ular printsip jihatdan ishtiroqchilar faoliyatining boshqa korporatsiYa mexanizmini nazarda tutadi. O’zbekistonda AQSH davlat innovatsiya siyosatining ma’lum bir tomonini qo’llash mumkinki, bunda davlat moliyaviy mablag’larining umumlashishini va sanoat moddiy texnika bazasini malakali oliy o’quv yurtlari kadrlari bilan ta’minlashi rag’batlantirilishi lozim. Uzoq istiqbolga mo’ljallangan tavakkal ilmiy texnika loyihalariga mablag’ ajratishga sanoat korxonalarini kiziqtirish uchun davlat dastlabki xarajatlarni o’z bo’yniga olib qolmasdan, ishtiroqchi firmalarga kashfiyot va ixtirolardan foydalanishda bepul lizentsiYalar ham berishi kerak bo’ladi. AQSHdagi eng yirik kompaniyalarda ishlab chiqarish hajmi ko’pincha eng maqbul me’yoridan oshadi, aynan shu narsa ilmiy texnika soha rivojlanishida monopoliYani to’xtatadi, kichik firmalar faoliyatining muvaffakiYati ham shunda. O’zbekistonda yirik firmalar sateliti (ko’makchisi) sifatida ishlaydigan kichik firmalarni tashkil etish uchun shartsharoitlar Yaratish zarur. Aytaylik, Yaponiyada innovatsiya siyosatini amalga oshirishning o’zgacha mexanizmi mavjud, Ya’ni Yaponiya hukumatining dasturiy hujjatlarida bayon etilgan ilmiy texnika yangiliklari Yaratilishida strategik tadqiqotlar etakchilari, yo’lboshchilari guruhi o’qitilishini ta’minlashga qaratilgan. Ayni paytda, innovatsiya siyosatini qayta ko’rish zaruriyatidan kelib chiqqan holda, shu mamlakatning boshqalardan afzal bo’lgan o’z texnika va texnologiyasini ishlab chiqish hamda tadbiq etish patentga nisbatan talabchanlikni oshirish orqali rag’batlantiriladi11.
Yaponiyada ishlab chiqilgan mazkur siyosat amalga oshirilishining o’ziga xos tomoni shundaki, kompaniyalarning loyihalarga (ko’pincha davlat tomonidan moliyalanadigak) jalb etish mexanizmidir. Davlatning bu jarayondagi roli xususiy sektorda, jamoa, sanoat, ilmiytadqiqotlarni rag’batlantirishda ko’rinadi. U birinchi galda yirik korporatsiyalar bilan hamkorlik qilishga intiladi. Yaponiya tajribasi shuni ko’rsatadiki, demak, O’zbekistonda shakllanayotgan innovatsiya sohasi jiddiy texnologiyalarni amalga oshirish assotsiativ shaklda ilmiy tekshirish tashkilotlari va korxonalari imkoniyatlarini vaqtinchalik yoki doimiy tarzda birlashtirishni talab etadi. Albatta, bunda bosh loyihani amalga oshirish uchun davlat buyurtma berish orqali ko’maklashmog’i kerak.
Sanoati rivojlangan ilg’or mamlakatlar innovatsiya siyosatining zamonaviy davlat strategiyasiga xos bo’lgan bir qator umumiy xususiyatlarni sanab o’tish mumkin:
•ilmiy tadqiqotlarning davlat tomonidan moliyalanishi;
•soliq va amortizatsiya siyosatiga mos holda rivojlangan kontrakt tizimi yordamida biznesga ilmiy tadqiqotlar uchun ta’sir o’tkazish; •universitetlar va davlat ilmiy markazlarida umummilliy ahamiyatga ega ilmiy tadqiqotlarni o’tkazish;
•ta’lim tizimini moliyalash va tashkiliy takomillashtirish, ayniqsa yukori malakali kadrlar tayyorlash;
•ilmiy-texnik ma’lumotlarni tarqatish tizimini yanada rivojlantirish. Yuqorida sanab o’tilgan sanoati rivojlangan mamlakatlardagi davlat innovatsiya sohasi strategiyasining umumiy tomonlarini u yoki bu darajada O’zbekiston sharoitida qo’llash mumkin. Bu o’rinda albatta, ilgari to’plangan tajriba, an’ana va hukumatning mavjud imkoniYatlarini hisobga olish kerak bo’ladi. Fransiyada ilmiy-texnikani rivojlantirish afzalliklarini ishlab chiqish vazifalari uch yo’nalishida olib boriladi. Birinchi darajadagi ishlar asosan, ilmiy tadqiqotlar ilmiy markazi (CNRS) tomonidan amalga oshiriladi.
SHvetsiya va Norvegiyada ishchilarning biznesda ishtiroqiga ko’maklashishda boy tajriba to’plangan. Buyuk Britaniya xususiy kapitalni jalb etish chora-tadbirlarini qo’llaydi. Niderlandiya va Belgiyada texnologik reytingni yaratish uchun muntazam tarzda ishlovchi banklar va innovatsiya markazlari tarmoqlari tashkil etilgan. Innovanion jarayonlarni doimiy tadqiq etish uchun Yevropa hamjamiyati 1983 yilda SPRINT innovatsiyalar va texnologiyalarni uzatishga ko’maklashishning strategik dasturini Yaratdi. Bu Evropada innovatsion jarayonlar samaradorligini belgilovchi omillarni davriy tadqiq etishni boshlab berdi. Ushbu dasturni amalga oshirish natijasida to’plangan ma’lumotlar «innovatsiya tug’risidagi Yashil kitob», deb nomlanuvchi ma’ruzaning yozilishiga sabab bo’ldi. Unda innovatsiya jarayonlarini rag’bat-lantirishning mavjud imkoniYatlari taklif etilgan. MDH mamlakaglaridagi iqtisodiy islohotlarga texnik jihatdan ko’maklashish bo’yicha TASIS dasturi birinchi galda o’z oldiga xususiylashtirishning bozor shakllari, moliya, tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik infratuzilmasini Yaratish sohalaridan Evropa NouXau tajribalarini o’zlashtirishga qaratilgan. Ko’rinib turibdiki, u asosan boshqaruv, axborot va moliya sohasidagi loyihalarni moliyalashga qaratilgan. INTAS dasturi esa, axborotlar va xodimlar bilan ilmiy-texnik almashuvining an’anaviy kooperativ shakli sanaladi, u innovatsiya sohasi uchun deyarli ahamiyatsiz. Xulosa qilib aytganda, innovatsiya jarayonlarini boshqarish bo’yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish ilmiy-texnik ta’lim tizimini modernizatsiyalashni ilmiy imkoniyatlarini ochish, xorij texnologiyasini keltirish, raqobatbardoshlik yo’nalishlarini aniqlash va boshqa masalalarni hal etishga qaratilgan.
XULOSA
Qishloq xo'jaligida menejmentning asosiy vazifasi jamiyat rivojlanishining obyektiv qonunlari talablarini hisobga olgan holda va menejment amaliyotini umumlashtirish asosida agroiqtisodiyotni samarali boshqarish uchun zarur bir maqsadga yo'naltirilgan harakatlar tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
Har qanday davlat mustahkam, har tomonlama asoslangan boshqaruvga, mamlakatda ishlab chiqarishni va iqtisodiy o'sishni yo'lga qo‘yishga zarurat sezadi. Bu vazifalarni yuqori malakali, boshqaruv qonun-qoidalarini mukammal biladigan professional boshqaruvchilar, menejerlar olib boradilar.
Shuni ta’kidlash zarurki, ma’muriy usullaming tarqalishini cheklash, ularni bozor iqtisodiyotining amalga oshishini turli bosqichlarida, menejmentning turli saviyalarida to'g'ri ishlatilishi majburiy shart hisoblanadi. Ma’muriy usullarni to'g'ri va o'z vaqtida ishlatilishi menejment amaliyotida menejmentni tashkil qilishini yaxshilashga va uning samaradorligini oshirishga imkon beradi. Menejmentning ma’muriy usullarini ishlatilishining kengayishi iqtisodiy usullarining ma’lum mutanosiblikda ishlatilishini hech qachon inkor qilmagan. Ma’muriy shakl o'z ichiga iqtisodiy ma’noni oladi. Xo‘jalik muammolarini hal etishda umumiy yondashuvning turli tomonlari, bu masalalami hal etishda bir-birlarini to‘ldirib, hamma vaqt birga ishlatilgan.
Menejment samaradorligini oshirishda iqtisodiy va ma’muriy usullaming majmuaviy ishlatilishi zaruriyati ko'zda tutilgan bo'lib, aniq sharoitni hisobga olib, ishlab chiqarish jarayonida ularni maqbul ravishda bir-birlariga to'g'ri kelish talabi yuzaga keladi. Ushbu muhim masalaning yechilishi menejmentning nazariyasi va amaliyoti uchun katta ahamiyatga egadir.
Korxonada turli toifadagi mehnat faoliyatining samaradorligini oshirish muammosini yechishda moddiy rag'batlantirish omilini kuchaytirish kabi menejmentning markazlashgan rejali ahamiyatini oshirish muhim shartlardan biri hisoblanadi.


Yüklə 146,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə