Mundarija kirish I bob. Qishloq xo’jaligi korxonalarining zamonaviy menejment usullari


Zamonaviy menejment usullarida chet el tajribasi



Yüklə 146,81 Kb.
səhifə5/8
tarix11.12.2023
ölçüsü146,81 Kb.
#145670
1   2   3   4   5   6   7   8
Mundarija kirish I bob. Qishloq xo’jaligi korxonalarining zamona (1)

2.2. Zamonaviy menejment usullarida chet el tajribasi
Moddiy texnika resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati ulaming qishloq joylarida ham mavjudligi bilan belgilanadi. Moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlikka oid ko‘rsatkichlar quyidagicha: alohida resurs turlarining umumiy hajmi bo‘yicha (hissasi); ahoh soni bilan ulaming to‘g‘ri kelish-kelmasligi, boshqa resurslar bilan aloqadorlik nisbati ko‘rsatkich dinamikasi va hokazo. Xususan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi: mehnatning fond bilan qurollanganligi, ya’ni ishchilaming fond bilan qurollanganligi, fond bilan ta’minlanganlik, energiya bilan qurollanganlik, energiya bilan ta’minlanganlik va hokazo. Ushbu ko‘rsatkichlar me’yoriy hujjatlar bilan solishtiriladi, shu bilan birga milliy va chet el tajribasi asosida solishtiriladi.
Jahon iqtisodiyotiga chetdan kiritiladigan investitsiya oqimlari va uni jalb qilishdagi muammolari Jahon iqtisodiyoti globallashib, savdo yo’lidagi to’siqlar kamayib soliq qonunlari va tartibi borayotgan xozirgi sharoitda chetdan kiritilgan investitsiya oqimlari tez sur’atlar bilan o’smoqda. Bevosita chet el investitsiyalarning dunyo bo’yicha umumiy hajmi 1980 yildagi qaraganda 14 baravardan ziyod o’sib, 2002 yilda 7 trln. AQSH dollariga etdi. Hozirgi vaqitda butun dunyoda 64 mingta mamlakatlar aro kompaniya mavjud bo’lib, ular 870 mingta xorijiy sho’’ba korxonalari faoliyatini nazorat qilib turadi. Ushbu korxonalar sotayotgan mahsulot hajmi tuhminan 18 trln. AQSH dollarini tashkil etadi. Bu esa jahon eksporti hajmidan 2 baravardan ziyoddir. So’nggi 10-15 yil mobaynida jahon iqtisodiy tizimida katta sifat va miqdor o’zgarishlari yuz beradi u parchalanib ketgach, bozor iqtisodiga o’tayotgan mamlakatlar katta ettilik mamlakatlari, 20 ta rivojlangan mamlakatlar guruhi kabi va boshqa Yangi atamalar paydo bo’ladi.
Ommaviy axborat vositalarida endilikda siz «jahon iqtisodiyoti krizisi» degan o’zlarni uchratmaysiz, bu atama o’rnini «global iqtisodiy pasayish» degan birmuncha tushuncha egallaydi. Bir qutbli dunyo sharoitida jahon iqtisodiyoti Yagona tutash tizimi bo’lib, bu tizim ichida tovarlar va xizmatlar moliya va investisiy oqimlari xarakatlanadi, ilmiy kadirlar va ishchi kuchi ko’chib yuradi. Jahon iqtisodiy tizimi tarkibiga 200 ga Yaqin mamlakat kiradi, shulardan 146 tasi Jahon savdo tashkiloti (JST) a’zosidir. Tizimning tuzilishini shartli ravishda quydagicha tasovvur etish mumkin; markazda dunyoning iqtisodiy jihatdan eng yirik davlat AQSH turadi. Uning Yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 10 trl. AQSH dollaridan ortiqdir. SHundan keyngi o’rinda ikkita iqtisodiy mintaqa: AQSH ga Yaqinroq turuvchi YAponiYa EI va boshqa rivojlangan mamlakatlar, birmuncha uzoqroq masofadan esa rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar o’rin egallagan. Iqtisodiy tizim ichida yuz berayotgan jarayonlar uning tarkibidagi mamlakatlar manfaatlariga ozmi-ko’pmi daxldordir. SHu bilan birga industrial taraqqiy etgan mamlakatlardagi har qanday o’zgarish, qoida tariqasida, butun tizimning holatiga ta’sir ko’rsatmoqda xolbuki rivojlanayotgan mamlakatlarda ko’pchilik hollarda loqal jarayonlar yuz bermoqda-masalan, 1990 yillarda Osiyo va Lotin Amerikasida yuz bergan moliyaviy tengliklar yoki RossiYada 1998 yilda yuz bergan defolt rivojlangan mamlakatlardagi vaziYatga deYarli hech qanday ta’sir ko’rsatmadi.8 Biroq, 2001 yil oxirida AQSH va Yaponiyada boshlang’an iqtisodiy tanazzul tezlik bilan boshqa mamlakatlarga yoyildi va olamshumul tus oldi. SHuni ta’kidlash o’rinliki, tizim ichidagi rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasida muayYan ziddiYatlar mavjud. Mazkur guruhlar bir-biriga bevosita qarama-qarshi manfaatlarga ega va turli maqsadlarni ko’zlaydi. Rivojlangan mamlakatlar rivojlanayotgan mamlakatlarning arzon xom ashyo manbalariga va keng bozorlariga emin-erkin kirib borishga harakat qilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar esa, o’z navbatida, industrial taraqqiy etgan mamlakatlardan moliyaviy va etgan mamlakatlardan moliyaviy va texnikaviy yordam olishga juda muhtoj. Rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasidagi ziddiYatlarning keskinlashganligi JST ga a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlarining 2003 yil sentyabr oyida Konkunda bo’lgan uchrashuvi vaqtida ayniqsa Yaqqol ko’zga tashlanadi. Mazkur tashkilot tarixida birinchi marta rivojlangan mamlakatlar o’zlariga foydali qarorlarni o’tkazib ololmadilar va uchrashuv Yakunida hech qanday ishchi hujjatlar qabul qilinmadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchrushuvda bir yoqadan bosh chiqardilar va rivojlangan mamlakatlarning tazyiqiga bo’ysunmadilar. Jahon iqtisodiy tizimi ichida murakkab jarayonlar yuz berayotganiga qaramay, jahon iqtisodiyoti umuman olganda, anga muvaffaqiYatli rivojlanmoqda, XVF ning baholashicha, jahon YAIM ning miqdori 2004 yilda 4,1% oshadi. Eng katta o’sish rivojlanayotgan mamlakatlarda yuz berishi va ular 2004 yilda 5,6% ko’rsatkichga erishishi kutilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ushbu ko’rsatkich 2,9%, bozor iqtisodiyoti o’tayotgan mamlakatlarda esa 4,7% ni tashkil etadi. Jahon savdosi hajmi 2004 yilda 5,5% ga o’sadi. 33 Jahon iqtisodiyotining holati chetdan kirib keladigan investitsiyalar hajmiga va investitsiya oqimlarining yo’nalishlariga ta’sir ko’rsatmoqda. Rivojlangan mamlakatlar asosiy investitsiya kirituvchi «donorlar» bo’lib, ular o’z ixtiyorlaridagi katta-katta ortiqcha sarmoYani g’oyat foydali tarzda joylashtirmoqdalar. Rivojlanayotgan mamlakatlarga investitsiyalar kiritibb rivojlangan mamlakatlar ichida rivojlangan mamlakatlar ichida esa investitsiya oqimlarini o’zgartirmoqdalar. 2002 yilda dunyoning turli mamlakatlariga kiritilgan bevosita chet el investitsiyalari (BCHI) ning umumiy hajmi 7 trln. AQSH dollarini tashkil etadi. CHetdan kiritiladigan investitsiyalarni asosiy qismi uchlik (EI, AQSH va YAponiYa) doirasida jamlangan bo’lib, dunyo bo’yicha tashqi investitsiyalarning 80% va ichki investitsiyalarning 50- 60% mana shu uchlik hissasiga to’g’ri keladi. BMT ning savdo va rivojlanish bo’yicha konferentsiYasi (YUNKTAD) «chet eldan bevosita investitsiya kritish» tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi; «bu chegara orqali investatsiYalash bo’lib unda bir iqtisodiyot pezidenti boshqa iqtisodiyotda uzoq muddatli manfaatni qo’lga kiritadi». Bunda «uzoq muddatli manfaat» deganda bevosita investor bilan bevosita investestitsiYalanuvchi korxona o’rtasida uzoq muddatga amaliy munosabat o’rnatish nazarda tutiladi. Buning natijasida bevosita investor bevosita investestitsiYalanuvchi korxonani boshqarishda hal qiluvchi ovozga ega bo’ladi. +aror topgan on’naga ko’ra, agar bevosita investor chel eldagi korxona oddiy aktsiyalarning 10 va undan ko’proq foizini sotib olsa, bevosita investitsiyalash amalga oshgan hisoblanadi. Agar bevosita investor afilYatsiYalangan korxonalarga yoki shu’ba korxonalarga ega bo’lsa, investitsiya kiritish bilan bog’liq bevosita munosabatlar ushbu tuzilmalarga ham taalluqli bo’ladi, chunki ular ona gruhning bir qismidir.
Xorijda innovatsion menejmentining tashkil etilishi Xorijda innovatsion jarayonni boshqarishga bag’ishlangan ancha ilmiy va amaliy adabiyotlar mavjud. Ularda innovatsiyalarni turli jihatlari yoritilgan.
Yapon inovatsion menedjmenti usullari Yevropa va Amerika usullaridan keskin farq qiladi 9. Bu bilan Yaponlar unumliroq boshqaradi deb bo’lmaydi. Evropa va YaponiYaning usullari faqat boshqa tyokisliklarda yotadi va ularning bir-biri bilan kesishishi juda kam ro’y beradi. Avvalambor bu boshqaruvning namaga yo’naltirilganligiga bog’liq. Masalan Yaponiyada boshqaruv markazida mehnat resurlari yotadi. YApon boshqaruvchisi korxona samaradorligini oshirish uchun mexnat unumdorligi oshirishga harakat qiladi. Yevropa va Amerikada esa asosiy maqsad kam ish va harakat qilib ko’p daromadga erishish etadi. Menejment bo’yicha Yapon mutaxassisi Xidyoki Iosixara Yapon boshqaruvini 6-ta xususiyatini ko’rsatib o’tgan.
1.Doimiy bandlak kafolati va o’zaro ishonch sharoitini mavjudligi, bunday kafolatlar kadrlar ko’nimsizligini kamaytiradi va xodimlarni barqaror faoliyati ko’rsatishlari uchun ishonch tug’diradi. Bu esa xodimlarni keyinchalik vertikal (lavozim) zinapoYa bo’yicha ko’tarila olishi mumkinligiga ishontiradi va korxonada jamoat bo’lib ishlashga undaydi.
2.Korparatsiyaning birdamligi va u uchun qimmatli deb hisoblangan narsalarning mavjudligi. Agarda barcha ishchilar va boshqaruvchilar korxona siyosati haqida axborat beruvchi bitta axborat bazasidan ma’lumot olishadigan bo’lsa, bu barcha xodim bo’lib xarakat qilishga undaydi.
3. Axboratga asoslangan boshqaruv televizorlar ishlab chiqaruvchi firmalarda ko’pincha axborat yig’ib olish sistemasidan foydalanishadi. Bunda ular qaysi tarmoq yoki bo’limda nosozlik yoki qoida buzarlak vujudga kelganini ko’rish mumkin choratadbirlar amalga oshiriladi.
4. Sifatga qaratilgan boshqaruv ko’pincha Yapon firmalarni boshqaruvchilari sifatni nazorat qilishga katta axamiYat berishadi. Ishlab chiqarish jarayonida ularning asosiy masalasi sifat xaqidagi aniq ma’laumotlarni olishdir.
5. Ishlab chiqarishda boshqaruvning doimiy mavjudligi. Qiyinchiliklarni va muammolarni joriy xal qilish uchun Yaponlar boshqaruv personalini ishlab chiqarish majmualarida joylashtiradi. Bu muammo tez bulishiga xizmat qiladi. Yangiliklarni rivojlantirish uchun Yangiliklar taklif qilish sistemasi va sifat to’garaklari keng qo’llaniladi.
6. Tozalik va tartibni ushlab turish. YApon maxsulotlarining yuqori sifati ishlab chiqarishda tozalik va tartibga rioya qilish orqali kelib chiqadi. YApon boshqaruvchilari shunday tartib o’rnatishga xarakat qiladi,ki bu tartib xam yuuqori sifatli maxsulot ishlab chiqarishga undasin va tozalik va tartibga rioya qilishga chaqirsin. Umuman olganda Yapon boqaruvi insonlarga xos tuyg’ular va xususiyatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Bular kelishilganlik, guruhli muljal olish, xodimlarni aqliy xususiyatlari, bandlak barqarorligi va boshqaruvchilar xamda xodimlar o’rtasida birdamlak aloqalaridir.
Yaponiyaning zamonaviy boshqaruv usullari urushdan keyingi davrda dunyoga keldi.10 Urush keltirgan buzg’unchiliklardan keyin Yapon boshqaruvchilari oldida ijtimoiy, siyosat va raqobat xayotni ko’tarish masalalari ko’ndalang bo’lib turgan edi. SHu davrda Ameraka boshqaruv usullari butun dunyoni qamrab olayotgan davrda, bu usullardan to’g’ri foydalangan Yaponlar mamlakat iqtisodini ko’tarishga erishdilar.Yapon boshqaruvchilari o’zlarining oldingi boshqaruv usullari bilan birgalikda Amerika usullarini qo’shib Yangi Yapon usullarini xosil qildilar. Shuning oqibatida vujudga kelgan Yapon boshqaruv usulidagi bazi jihatlar Ameraka boshqaruv usulida mavjud emas. Masalan, butun xayotga ishga ellatish va jamoa bo’lib bir qarorga kelish kabi usullardir. Yaponlar doim o’zlarini jamoaning bir bo’lagi sifatida biladilar. Va ular, E.Mayo aytganidek, ish-bu jamoa faoliyatidir degan shiorga doim amal qilishadi. Yaponiyadagi boshqaruv usullarini o’zgarishi optimal tizim Yaratish uchun kontsepsiya tanlashda erkinlik va xurfikrlikni o’sishidir. Ammo bu o’zgarishlar Yaponiyaning milliy urf-odatlariga zid bo’lmasligi kerak. Bu xaqda Yaponiyaning yirik tadbirkori S.Xonda shunday fikr bildiradi: Kimki korxona boshqaruvchisi bo’lsa, u avvalo boshqaruv usulini xamma tomonlama isbotlangan xolda ko’rsatmog’i darkor. U korxonaning aniq maqsadlarini ko’ra biladigan va korxonaning siyosatini va rejalarini shunday tuzish kerakki shichilar faoliyati davomida o’z mas’uliYatini sezib, ishdan qoniqish xosil qilsinlar.
Buning uchun lider nazariy jixatdan kuchli va amaliy jixatdan xayotiy kontsepsiyaga ega bo’lishi kerak. Yapon boshqaruvining Yana bir xislati uning uzluksiz o’qish va o’qitish kontsepsiyasidir. Yaponlar o’qishni o’z ishlari va xokimiyati pog’onasi bo’yicha ko’tarilish uchun kerak bo’lgan omil deb biladilar. Yaponlar birovlarning xatolarida o’rganishni xush ko’radilar. Ular doim tashqi olamdagi o’zgarishlarni qiziqish ila kuzatib turadilar. Ular Inovatsion bu iqtisodiy o’sishning asosi sifatida biladilar va shunga qarab xarakat qiladilar. 1947 yili «Panasonik» kompaniyasining asoschilaridan biri I.Matsusita boshqaruv savollari bo’yicha «Donnay» nomli laboratoriya tashkil qiladi va uning birinchi xulosalaridan biri quyidagicha bo’ladi: «Har qanday tashkilot uning katta-kichikligiga qaramay, daromad olishdan farqli bo’lgan boshqa maqsadga ega bo’lishi kerak. Bu maqsad uni faoliyatini tushuntirib turishi lozim. Agarda boshqaruvchi ushbu missiyani to’liq tushinib etsa, uni xodimlarga to’g’ri tushuntirishi lozimdir. «Ish beruvchilar xodimni ishini emas, balki uni o’zini butunlay ishlatadilar» «Inson potentsiali» kontsepsiyasini tushinishda Ringning jamoa bo’lib qaror qabul qilish sistemasini olishimiz mumkin. Unga ko’ra qaror qabul qilish uchun javobgarlikni butun gruppa o’z bo’yniga olishi lozim. Bu sistemada masala o’rtaga tashlangandan so’ng oldin noformal guruxlarda muxokamadan o’tadi, agar kimdir bu masalaga qarshi chiksa, savol Yana ushbu masalani qrtaga tashlagan insonga boradi. Yapon usullari ko’pchilikni ustun kelishi emas, balki xammaning fikri birdamligiga asosida qurilgan. Albatta, xammaning fikri bir xil bo’lmaydi, shuning uchun ma’qul bo’lgan kompromiss topiladi. Yaponlar uchun o’zidan yoshi va lavozimi jixatidan katta bo’lgan insonga gapqaytirish yoki uning fikriga qo’shilmsalik tarbiYasizlik alomati deb quriladi. SHuning uchun norozilikni o’ta diplomatik xolda bildirish lozimdir. Ananaviy bo’lgan «X» va «U» modeliga qarama qarshi bo’lgan xolda, Yaponlar «inson potentsiali» modelini muvaffaqiyatini qo’llab kelishyapti. Unga ko’roa odamlar o’z qobiliyatlarini rivjlantirgan va qo’llagan xolda bu ishdan qoniqaish xosil qilinsin.
O’rta pog’ona boshqaruvchilari va ularning qo’l ostidagilari o’zlarining ish natijalari xaqidagi axborat xaqiqiyliligiga javobgardirlar.O’rta pog’ona boshqaruvchilari sifat to’garaklari faoliyatiga javobgardirlar.

Filiallarda rejalashtirish oldin bo’limlar bo’yicha keyin filiallar bo’yicha amalga oshirilib bu rejalar kompaniya mikyosiga olib chiqiladi. Bu usul o’z ichiga quydagi bosqinchlarni oladi:


1. Kompaniyaning strategiyasini e’lon qilish, kompaniyaning strategiyasi bir mancha mavxum tushuncha bo’lib, ammo firmaning maqsadlariga baxo berib firma siyosati va maqsadlarini o’zlashtirib kon’yuktura qiyinchiliklarini echishga yordam beradigan o’ziga xos shiordir.
2. Filiallarda rejalashtirash direktivalari. Kompaniya strategiyasi mavxum narsa bo’lganligi uchun, filiallarda rejalashtirishga yo’naltirishlari direktiva ko’rinishida kompaniya prezidanti tomonidan belgilanadi.
3. Filiallarni rejalashtirish siyosatini aniqlash.
4. Xar bir bo’limning o’z rejasini tuzish.
5. Bo’limning byudjet loyihasini tayyorlash.
6. Filial rejasining loyihasini tayyorlash.
7. Filial rejalarni tekshirish va tasdiqlash.
8. Filial rejasining tasdiqlangan loyihasini topshirish.
Yaponlar o’z kuchini bekordan bekorga sarf qilishmaydi. Xamma narsa etarlicha yo’lga qo’yilgan bu esa yaxshi menedjmentdan dalolat beradi.

Yüklə 146,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə