Musiqa madaniyat



Yüklə 155,41 Kb.
səhifə7/8
tarix14.05.2023
ölçüsü155,41 Kb.
#110261
1   2   3   4   5   6   7   8
MUSIQA MADANIYAT

XULOSA
Xulosa qilib aytsak, maktab o’quvchilarida musiqa savodxonligini amalga
oshirishning ahamiyati katta. Bola birinchi sinfda harflarni o’rganib, ular orqali
oddiy so’zlardan boshlab kitobga qarab o’qishni o’rganishi qanchalik zarur bo’lsa,
musiqadan bahramand bo’lish uchun notalarni o’rganishi ham shunchalik zarur.
Ammo, ayrim maktablarda o’quvchilar 4-sinfni tugatib ham notalarni ularning
shaklini bilmaydilar. Buning sababi ko’p. Asosiy sabablardan biri – boshlang’ich
sinflar musiqa madaniyati darslarining mutaxassis o’qituvchiga bermasdan sinf
o’qituvchilarining o’zlariga berishdadir. Maxsus musiqiy ma’lumotga ega
bo’lmagan boshlang’ich sinf o’qituvchilari asosan qo’shiqlarning matnini yozdirib,
yodlatib, to’g’ri kelgan ohang bilan ayttirib yuradilar. Darsliklarda berilgan
mavzularni yozdirib, takrorlatib, so’rab darsni o’tkazadilar. Ayrimlari
magnitafondan foydalanib to’g’ri, noto’g’ri musiqa tinglashni ham tashkil etishlari
mumkin. Ammo o’quvchilarga qo’shiqni aniq yozilgan ohangi bilan o’rgatish, o’z
ijrolarida kuy va qo’shiq tinglatishni bir foiz o’qituvchilar amalga oshirishi
mumkin.
Musiqa savodi ya’ni nota belgilarini o’rgatishning ahvoli bundan ham yomon
bo’lishi mumkin. Chnuik, aksariyat boshlang’ich sinf o’qituvchilarining o’zlari
nota yozuvini bilishmaydi.
Bu masala mutaxassis musiqa o’qituvchilari darslarida ancha yaxshi bo’lishi
mumkin. Lekin hamma mutaxassis musiqa o’qituvchilari ham nota savodini yaxshi
biladi, xususan boshlang’ich sinf o’quvchilariga notalarni o’rgatish metodikasiga
amal qiladi deb bo’lmaydi.
Biz ishimizda asosan hozirgi sharoitlarni hisobga olib, ulardan kelib chiqib,
o’quv DTSlari, dasturlar va darsliklarni imkon darajasida tahlil qildik. Ayrim
darsliklarda berilgan musiqa savodi materiallari to’g’ri tasniflangan. Ammo ularni
o’rgatish masalalarida bir muncha qiyinchiliklar bor. Masalan, birinchi sinfda
notalarni o’rganishdan oldin bu ishga etarli tayyorgarlik ko’rilishi kerak.
O’quvchilar tovushlarning baland, o’rta va past bo’lishini rasmlar vositasida
bilishlari kerak. Masalan ayiq katta, u karnay yoki kontrabas kabi o’ziga xos asbob
chalayapti, qushcha kichik u surnay yoki skripka chalayapti kabi tushunchalar
hosil qilish orqali past va baland, har bir tovushdan keyin zinapoyalar kabi keyingi
undan balandroq pog’onaga chiqish singari notalarning balandga chiqishi va pastga
tushishini o’rgatish mumkin.
Bolalar o’qishni bilganidan keyin, ularga she’rlar o’qish orqali notalarni
qiziqib bilib olishlari, keyinchalik rebuslar orqali bo’g’in va nota chiziqlarida
joylashgan nota nomini qo’shib so’z tashkil etish, hatto rebus orqali oddiy ertak
o’qish ham mumkin.
Hozirgi kunda testlardan keng foydalanish orqali musiqa yozuvini ( notalarni)
aniqlab olish ham nazarda tutilgan. Agar aytilgan barcha vositalardan foydalanib,
bolalaoni qiziqtiruvchi o’yinlarga asoslangan metodikadan foydalanilsa,
notalarning vazifalarini ochib beruvchi she’rlar va rasmlarni o’rinli qo’llasa
o’quvchilar musiqa savodini tez o’rganadilar.
Maktab o’quvchilarida musiqiy savodxonlikni shakllantirish faqat nota
belgilarini quruq o’rganib olish emas balki ularni ijro jarayoni bilan bog’lab
o’rganishdadir. Ularni puxta o’rganishning yana bir omili oddiydan – murakkabga
tamoyili asosida o’rganib borishdir.



Yüklə 155,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə