Musiqa madaniyat



Yüklə 155,41 Kb.
səhifə2/8
tarix14.05.2023
ölçüsü155,41 Kb.
#110261
1   2   3   4   5   6   7   8
MUSIQA MADANIYAT

1.Musiqa tinglash
2.Jamoa bo’lib kuylash
3.Musiqa savodi.
4.Musiqa ijodkorligi.
Musiqa tinglash ta’lim mazmunining asosini tashkil etadi. Asarlarni kuylash,
tinglash faoliyatlari vositasida o’rganish bilan bir qatorda ritmik cholg’uchilik,
musiqali harakatlar, ijodkorlik faoliyatlari bilan har tomonlama o’rganish va
o’zlashtirish, musiqiy tavsiflarni ifodalash imkoniyati yaratiladi. O’zbek xalq
musiqasi, o’zbek bastakorlari va kompozitorlari musiqiy asarlaridan namunalar
tinglanadi.
Jamoa bo’lib kuylash faoliyati o’quvchilarning musiqiy qobiliyati xamda
ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo’lib kuylash
jarayonida o’quvchi o’z ovoz ijrosini boshqarishni, ustozlar ijrosini eshitib,
kuzatishni hamda ular bilan bahamjihat jo’rnavozlik qilishga intiladi.
O’zbek xalq qo’shiqlari, o’zbek bastakorlari va kompozitorlari qo’shiqlari,
jaxon va qardosh xalqlar kompozitorlari qo’shiqlaridan namunalar kuylaydilar.
Musiqa savodi barcha bilimlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida
muhimdir. Darsdan qaysi faoliyat mashg’uloti (tinglash, ijro etish, musiqiy
harakatlar) bo’lmasin, berilgan mavzudagi asar o’rganiladi va uning xususiyatlari
(janri, shakli, tuzilishi, ijrochiligi) haqida yangi tushunchalar hosil bo’ladi. Shu
bois, musiqa savodi faqatgina nota yozuvlarini o’rganishdan iborat bo’lmay, balki
o’quvchilarning umumiy musiqiy bilim saviyasini tarkib toptiruvchi umumiy
bilim,tushunchalar majmuasini (ijrochiligi, xalq va bastakorlik musiqasi, ularning
farqlari nota savodi) tashkil etadi.
Musiqa savodida musiqiy atamalar, an’analar, templar (sur’at), alteratsiya
belgilari, dinamik belgilar, musiqaning ifoda tili, oddiy musiqa shakllari va
janrlari, major va minor ladi haqida tushuncha beradi. Bolalar ijrochiligini
shakllantirish. Qo’shiq ijrochiligi, so’zlar ijrochiligi, raqs ijrochiligi, yakka va
jamoa bo’lib ijro etish, xalq va kasbiy musiqa bolalar kuy va qo’shiqlari, ommaviy
xalq kuy qo’shiqlari, xalq sozanda va xonandalar ijodini bilish. Musiqaning
ifodaviy tili: kuy, ritm-usul, sur’at, o’lchov, registr, dinamik belgilar bilan
tanishish. Major va minor ladlarini farqlay bilish. Oddiy musiqa shakllari: bir
qismli, ikki qismli musiqa shakllari. Asosiy musiqiy faoliyat turlari: bastakor,
kompozitor, ijrochi sozandalar ijodi bilan tanishish. Ijrochilar: ansambl, orkestr,
xalq va professinal sozandalar ijrochiligi haqida tushunchaga ega bo’lish.
O’quvchilar o’zlashtirish kerak bo’lgan bilimlar:
- o’tilgan asarning nomini bilish;
- asar ijodkorlari – kompozitor, bastakor, shoir haqida tushunchaga ega
bo’lish;
- musiqaning badiiy tavsifi (quvnoq, sho’x, g’amgin va v.b) ni bilish;
- musiqaning tasviriy tavsifi (tabiat, o’yin, ertak, o’yin, hazil, o’yinchoqlar
obrazlari, kundalik hayot) haqida tushunchaga ega bo’lish;
- xalq musiqa ijodi haqida tushuncha umumiy tushunchaga ega bo’lish;
- o’zbek musiqasining ommaviy janrlari: qo’shiq, alla, lapar, yalla, terma,
bolalar qo’shiqlari, ommaviy kuylarni bilish;
- o’zbek musiqasida bastakorlik uslubi hamda kompozitorlik ijodi haqida
umumiy tushunchaga ega bo’lish;

Yüklə 155,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə