Musiqa madaniyat



Yüklə 155,41 Kb.
səhifə6/8
tarix14.05.2023
ölçüsü155,41 Kb.
#110261
1   2   3   4   5   6   7   8
MUSIQA MADANIYAT

Uchinchi sinf o‘quvchilari o‘zlarining psixologik-fiziologik xarakteriga
ko‘ra 1–2-sinflardan ancha farq qiladi. Ularning diqqat e’tibori turg‘un, xotirasi
kuchli, ovoz apparatlari shakllangan, nutqi ravon, vokal-xor malakalariga, musiqa
haqida bilimga ega bo‘ladilar. Uchinchi sinf o‘quvchilari ovoz diapazoni do1 –
mi2. Shunga qaramasdan, darsning har bir elementi tajribalarga asoslanib
tushuntirish lozim.
Uchinchi sinf dars rejasini tuzganda ayniqsa, ijodiy yondashish, uning
strukturasini mantiqan bog‘lab turish, asarlar tartibini sinf imkoniyatiga muvofiq
belgilash, bolalarni musiqaga qiziqish uyg‘otib, badiiy emotsional kechinmalarini
vujudga keltirish, ularni ovoz diapazoniga moslab reja tuzish kerak. O‘quvchilarni
o‘quv jarayonida musiqaning hayotiyligi, soddadan murakkabga qarab uzluksiz
rivojlanishi, musiqaning nazariyasi va janrlari, tuzilishi va mohiyati, boshqa san’at
turlari bilan aloqasi haqida bilimga ega bo‘ladilar. Musiqa savodidan notaga qarab
kuylash qobiliyatlari ongli ravishda rivojlanadi. O‘qituvchini qo‘l harakatiga qarab
va ularni qo‘llarini harakatga keltirib turli mashqlar va qo‘shiqlarni kuylay oladilar.
Bu o‘rganilayotgan musiqiy asarlarning janrlarini aniqlashda, sof intonatsiyada
to‘g‘ri kuylashga va qo‘shiq mazmunini ifodali qilib badiiy jihatdan to‘g‘ri ijro
etishda muhim rol o‘ynaydi. Bunga misol qilib, kompozitor F. Nazarov va shoir P.
Mo‘minning «Qish chog‘lari» qo‘shig‘i, kompozitor Sh. Yormatov va shoira
Zulfiyaning «Qor» qo‘shigi, kompozitor N. Norxo‘jayev va shoir P. Mo‘minning
«Salom bergan bolalar», «Gul terdi gullar» kabi asarlarini keltirishimiz mumkin,76
Uchinchi sinf o‘quvchilari nafasni to‘g‘ri olib, jumlani oxirigacha
yetkazishga asta-sekin o‘rganib borishlari kerak. Ikki ovozli asarlarning eng
oddiysini kuylay oladigan bo‘lishlari kerak. Ikki obozli kuylashga erishish uchun
avvalo sof intonatsiyaga erishish kerak. Bunga ovoz sozlash jarayonida erishiladi.
Oldin tertsiya kengligida ikki ovozli mashqlarni kuylash, so‘ngra bir ikki takt
kanon shaklida mashqlar kuylash orqali o‘quvchilarni musiqiy o‘quvini rivojlanib,
eshitish qobiliyati o‘sib boradi. Asta-sekin ikki ovozli asarlarni kuylash
o‘quvchilarni qiziqishini oshirib boradi. Kompozitor S. Boboyev va shoir P.
Mo‘minni «Dastyor qiz» qo‘shig‘i, kompozitor N. Norxo‘jayev va shoir P.
Mo‘minni «Oltin paxtam – oppog‘im», «Keng Turkiston» kabi qo‘shiqlari misol
bo‘la oladi.
O‘quvchilarni musiqa haqidagi bilim doirasini kengaytirshda va musiqa
qobiliyatlarini rivojlantirishda musiqa tinglash muhim rol o‘ynaydi. Har bir darsda
asar xarakteri, mazmuni va ifoda vositalarini aniqlashda bolalarga mustaqil fikr
bayon etish uchun imkoniyat bermoq lozim. Jumladan, «Yomg‘irjon» asarida (D.
Omonullayeva musiqasi) tembr, dinamika, o‘lchov kontrast asosiy omil bo‘lib
hisoblanadi. Kompozitor Sh.Yormatovning «G‘ildiragim», kompozitor A.
Mansurovning «Qo‘zichog‘im – o‘yinchoq», kompozitor T. Azimovning
«Durdona» asarlarida kuy va jumlalarni o‘zgartirmay takrorlanishi «rondo»
ekanligini o‘quvchilar tezda anglab oladilar. Endi musiqaning rivojlanishidagi
kuyning qaytarilishida uning o‘zgarishi, o‘zgarganda ham yangi xarakter kasb
etib, o‘ynoqi va murakkab ritm va chaqqon temp etilishi – kontrast deyilady.
Kontrastga misol qilib kompozitor F. Nazarovning «Qo‘shiq va raqs», o‘zbek xalq
kuyi «Paxta
raqsi», kompozitor A. Mansurovning «Chumoli va Nor», kompozitor S.
Abramovaning «Buvijonim kelyapti» asarlarini keltirishimiz mumkin. Asarni 2-3
dars davomida tinglagach, hayotdagi voqelikni, murakkab voqelikni, musiqiy
ohanglarni tasvirlab olishini ko‘ramiz. Shu bilan birga 3-sinf o‘quvchilari musiqiy
ritmik harakatlarni aniq bajara olishlari, kuylayotgan qo‘shiqlarini jozibali,
quvnoq, yoqimli, sof intonatsiyada kuylashga harakat qilishlari lozim. Shuningdek,
bolalar cholg‘u asboblarida aniq, ravon, o‘z vaqtida jo‘r bo‘lishlari lozim. 3-sinfda
ham barcha boshlang‘ich sinflarda qo‘llanadigan metodlardan: ko‘rgazmali,
amaliy, og‘zaki, taqqoslash va musiqa o‘qitishning optimal metodlaridan
foydalaniladi.
O‘qituvchi musiqa madaniyati darslarida jonli ijrosidan tashqari
gramplastinka yozuvidan, slayd, kompyuter, multimedia, magnit tasmalaridagi
yozuvlardan foydalanib, bolalar xori, professional san’atkorlar cholg‘u asboblarida
ijro etgan musiqiy asarlar, xalq qo‘shiq va kuylarini tinglab idrok etish bilan
o‘quvchilarni sehrli musiqa olamiga olib kirish, badiiy didni, qiziqishni
rivojlantirish mumkin.
3-SINF UCHUN BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI
MAVZU : «MUSIQANING IFODA VOSITALARI»
Dars mavzusi: «Musiqaning ifoda vositalari».
1. «Onajon», S. Abramova musiqasi, Nurbek she’ri.
2. Alteratsiya belgilari haqida ma’lumot.
3. «Dilxiroj», o‘zbek xalq kuyi.
Darsning maqsadi:
1. Tarbiyaviy: Bolalarni onalariga muhabbat, Vatanga muhabbat histuyg‘ularini qo‘shiq vositasida tarbiyalash.
2. Ta’limiy: musiqaga bezak berish uchun va insonlarni ovoziga musiqiy
tovushlarni moslashtirish, ya’ni musiqiy tovushni yarim parda yuqoriga ko‘tarish
yoki pastga tushirish haqida ma’lumot berish.
3. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarga qo‘shiqni birinchi bandini ifodali qilib
o‘rgatish, alteratsiya belgilari va raqs haqida ma’lumot berish.
Darsni jihozlash: reja-konspekt, darslik, ko‘rgazmali qurollar, tarqatma
kartochkalar, musiqa cholg‘u asbobilari.
Darsning turi: Aralash.
Darsning borishi: O‘quvchilar bilan salomlashib davomotni aniqlayman.
Uyga berilgan vazifani tekshirish uchun savollar beraman.
1. O‘tgan darsda qanday mavzu o‘tgan edik?
2. O‘rgangan qo‘shig‘imizni nomi nima va uni mualliflari kim?
3. O‘tgan darsda qanday musiqiy asarni tinglagan edik va u nima haqida edi?
So‘ngra o‘quvchilarga kuylash holatini eslatib, ularni ovozini sozlayman.
1. Artikulatsiya apparatini ishga solish (talaffuz uchun mashq).
2. Nafasni yo‘lga qo‘yish uchun mashqlar kuylataman.
3. Musiqiy o‘quvni o‘stirish uchun ikki ovozli mashqlar kuylataman.
O‘tgan darsda o‘rgatgan D. Omonullayeva musiqasi, Yu. Suyunov she’riga
bastalangan «Buvijonim» qo‘shig‘i mazmunini, tempini eslatib, takrorlab
mustahkamlayman.
So‘ngra «Onajonim» qo‘shig‘ining mualliflari S. Abramova va A. Nurbeklar
hayoti va ijodi bilan tanishtiraman. Bu qo‘shiq onajonimizning bizga mehribonligi,
do‘ppi tikib, alla aytib erkalashi, g‘amxo‘rligi haqida. Bu qo‘shiq major ladida
yozilgan, sho‘x, quvnoq, raqsona xarakterda. Hozir sizlarga qo‘shiqni fortopiano
cholg‘u asbobi jo‘rligida kuylab beraman.
Qoshiqni kuylab bo‘gandan so‘ng o‘quvchilarga savollar beraman:
1. Qo‘shiqni nomi nima va mualliflari kim?
2. Bu qo‘shiq qanday xarakterda yozilgan va qanday to‘nlikda?
3. Bu qo‘shiqni mazmunida onalarning qanday xislatlari haqida kuylanadi?
4. Bolalar tarbiyasida onalarning shunday g‘amxo‘rligini ahamiyati nimada?
Hozir sizlar bilan qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib o‘rganamiz.
Endi qo‘shiqni musiqiy ritmik harakatlar bilan bajaramiz (raqs).
Hozir kuylagan qo‘shig‘imizda sol kaliti yonida alteratsiya belgilari uchradi.
Bu belgilarni nomi diyez, bemol, bekar. Bu belgilar musiqiy tovushni yarim parda
yuqoriga ko‘tarish va yarim parda pastga tushiri sh uchun foydalaniladi.
Diyez – tovushni yarim parda yuqoriga ko‘taradi.
Bemol – tovushni yarim parda pastga tushiradi.
Bekar – diyez va bemolni rad etadi.
Hozir sizlar bilan o‘zbek xalq kuyi “Dilxirojni” tinglaymiz. Bu kuy o‘zbek
xalqining mumtoz kuylaridan bo‘lib, uzoq tarixga ega. Sho‘x, quvnoq, raqsona
xarakterda yozilgan. Endi bu kuyni rubobda sizlarga ijro etib beraman. Sizlar
diqqat bilan tinglab, mening savollarimga javob berasiz.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Bu kuyni qanday cholg‘u asboblarida ijro etsa bo‘ladi?80
2. Bu kuyga kimlar raqsga tushsa bo‘ladi?
3. Bu asar qanday ladda yozilgan, alteratsiya belgilari bormi?
4. Kim bu kuyni biror parchasini kuylab bera oladi?
5. Endi musiqaga mos milliy raqs harakatlarni bajaramiz.
6. O‘quvchilarni darsda faol qatnashganliklarini hisobga olib, ularni reyting
ball asosida baholayman va ovozimni chiqarib baholarni o‘quvchilarga e’lon
qilaman.
7. Darsni yakunlab, uyga vazifa beraman va bolalar bilan xayrlashaman.
To‘rtinchi sinf o‘quvchilari o‘zlarining psixologik-fiziologik xarakteriga
ko‘ra hayotiy tajribaga boy, fanlarga qiziquvchan bo‘ladilar. Diqqat-e’tibori
turg‘unlashgan bo‘ladi. Jiddiy bo‘lgan masalalar ustida fikrlash, hajm jihatdan
kattaroq bo‘lgan musiqa asarlarini eshitishga qodir bo‘ladilar, izlanish, mushohada
qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bu xususiyatlarni barchasini o‘qituvchi
nihoyatda o‘ylab, oqilona ish tutishi lozim. Har bir darsdan unumli foydalanishi
lozim. Bundan maqsad bolalarni tezroq dasturdagi musiqa asarlariga, dars
uslubiga, musiqa san’atiga qiziqishidan iboratdir. 4-sinf o‘quvchilarining vokal –
xor malakalari bir xilda rivojlangan bo‘lmaydi. Chunki, ba’zi boshlangich sinflarda
musiqa fanidan mutaxassislar dars berishmaydi. Mutaxassis ish olib borgan joyda
esa o‘quvchilar sof unisonda kuylash, ansambl va qo‘shiqlarni me’yoriga yetkazib,
ikki ovozda kuylash darajasiga ega bo‘ladilar. 4-sinf o‘quvchilarining ovoz
diapazoni (do1 - mi2). 4-sinfda ham o‘qituvchilarni diffirensial guruhlarga bo‘lib
o‘tkazish lozim bo‘ladi. Chunki, ularning bu davrda ovozlari jarangdor, yoqimtoy,
kuliminatsion rivojlangan davri hisoblanadi. Shuning uchun, darsda ko‘proq
kuylatish maqsadga muvofiqdir. Bunga misol qilib, kompozitor N.Norxo‘jayev va
shoir P.Mo‘minni «Yaxshi bola»,81
«Oq paxta terdik», kompozitor Sh.Yormatov va shoir S.Barmoyevni «Sog‘lom
avlod qo‘shig‘i», kompozitor M.Nasimov va shoir Ya.Qurbonovni «Bizdan sizga
kim kerak?» qo‘shig‘ini keltirishimiz mumkin.
Kalendar – mavzuli reja tuzganda yuqorida aytilgan xususiyatlarni hisobga
olgan holda yil chorak mavzulari hisobga olinib, reja tuziladi. O‘qitish davomida
quyidagi bosqichlarga e’tibor berish kerak. Birinchidan,, fanlararo aloqa metodi.
Boshqa fanlardan olingan bilim va malakalardan foydalanish.
Masalan, ona tili va adabiyot, tasviriy san’at, O‘zbekiston tarixi,
tabiatshunos, matematika va boshqalar.
Ikkinchidan, o‘quvchilarni musiqiy qobiliyatini o‘stirish, sof unisonga
erishish, jumla boshida nafas olib, jumla oxirigacha rejalab yetkazish, lad haqida
ma’lumot, o‘lchovlarni bilish, notalarga qarab quylay olish.
Uchinchidan: musiqa savodiga qiziqtira olish; musiqa savodining eng
muhim ahamiyati – qo‘shiqlarni notalar nomlari bilan kuylatish, tinglash uchun
berilgan asarlarni tahlil qila olishdir.
Qo‘shiq o‘rgatishda dirijorlik uslubida fortepiano cholg‘u asbobidan unumli
foydalanish lozim. Ovozlarni maromiga tushirib kuylash uchun qo‘shiq
parchalaridan mashqlar tanlab kuylash lozim. Mashqlarni ma’lum tizimga solib
kuylash kerak. 4-sinfda musiqa tinglashni ahamiyati katta, chunki bunda
o‘quvchilar xalq musiqa ijodi o‘zbek xalq musiqasining ommaviy janrlari bilan
tanishadilar. Musiqa tinglash uchun 4-sinfda o‘zbek xalqining ommaviy
qo‘shiqlaridan boshlash maqsadga muvofiqdir. Masalan, «Alla», «Omonyor»,
«Boychechak», «Dilxiroj», «Tanovor», «Lolacha», «Kovushim», «Chorgoh» va
boshqalar.
O‘quvchilarda shuningdek, xalq musiqa ijodining ommaviy janrlari, kasbiy
musiqa, mehnat va mavsum qo‘shiqlari haqida ma’lumot berish lozim. Xalq
musiqasining ommaviy janrlari xalqimiz orasida keng tarqalgan bo‘lib, og‘izdanog‘izga, avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda, bu asarlar mazmunida orombaxsh,
yoqimli, mayin allalar, pandu nasihat, axloq-odob haqida qo‘shiqlar, yalla, laparlar
kiradi. Bularga misol qilib «Olmacha anor», «Oyijon», «Qizgina», «Hey, lola»,82
«Ishga chiqing kelinoyi» kabi asarlarni tinglash mumkin. 4-sinf o‘quvchilarini
ayniqsa, to‘garak va ommaviy ishlarga jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kompozitorlar – musiqa yaratuvchi ijodkor, odatda konservatoriyada
maxsus ta’lim olgan inson bo‘ladi. Kompozitorlarning asarlari simfoniya, opera,
balet, sonata, qo‘shiqlar, o‘z zamonasiga mos nota yozuvlarida o‘z aksini topadi.
Bastakorlar – esa og‘zaki an’ana uslubidagi professional musiqa
ijodkorlari. Bastakorlar xalq kuylariga tayangan holda yangi asarlar yaratadilar.
Muhim tomoni shundaki, bastakorlar o‘z asarlarini odatda dastlab, o‘z ijodkorlik
san’atlari orqali namoyon etadilar, so‘ng nota yozuvlarida aks ettiradilar. Shu bois
bastakorlar bir vaqtni o‘zida yaratuvchi ijodkor ham ijrochi san’atkordirlar.
Xalqimiz orasida eng taniqli bastakorlarga M. Mirzayev, R. Toshmatov, T. Jalilov,
Usta Olim Kornilov, Yu. Rajabiylarni aytish mumkin. Buyuk kompozitorlardan M.
Ashrafiy, M. Burxonov, F. Nazarov, K. Kenjayev, Sh. Yormatov, N. Norxo‘jayev,
A. Mansurovlarni aytish mumkin. Musiqa tinglashda vokal va cholg‘u musiqasi
xalq ommaviy musiqasini va kasbiy musiqa tinglab idrok eta olish nazarda tutiladi.
4-SINF UCHUN BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI
MAVZU : “O‘ZBEK XALQ MUSIQASINING OMMAVIY
JANRLARI”
Darsning mavzusi: «O‘zbek xalq musiqasining ommaviy janrlari».
1. Qo‘shiq: «Oy Vatanim», Sh. Yormatov musiqasi, Erkin Qambarov she’ri.
2. Musiqa savodi: Major ladi haqida ma’lumot.
3. Musiqa tinglash: O‘zbek xalq kuyi. «Dilxiroj».
Darsning maqsadi:
1. Tarbiyaviy: Qo‘shiq kuylash orqali o‘quvchilarda o‘zaro mehroqibat,
do‘stlik, tabiatga muhabbat tuyg‘usini o‘stirish.
2. Ta’limiy: Lad haqida ma’lumot berish, asarni tahlil qilish.
3. Rivojlantiruvchi: qo‘shiq kuylash vositasida o‘quvchilarni musiqiy
o‘quvini o‘stirish, ikki ovozli kuylash malakalarini rivojlantirish.
Darsni jihozlash:Musiqa cholg‘u asbobi (pionino, rubob), ko‘rgazmali
qurollar (paxtazor rasmi tasvirlangan), musiqa savodidan tarqatma kartochkalar,
tinglash uchun SD va DVD disklari, rasmlar, kompyuter va slaydlar.
Darsning turi: Aralash.
Darsning borishi: O‘quvchilar bilan salomlashib, davomatni aniqlayman.
Uyga berilgan vazifalar bo‘yicha o‘quvchilarga savollar beraman.
1. Uyga qaysi qo‘shiq vazifa qilib berilgan?
2. Repriza nima?
3. Lad nima?
4. O‘tgan darsda qanday asarni tinlagandingiz?85
So‘ngra o‘quvchilarga qo‘shiq kuylash holatini eslatib, diqqatini o‘zimga
jalb etib, ovozlarni sozlayman.
Artikulatsiya apparatini ishga solib kuylashni hamda ikki ovozda kuylash
mashqini takrorlataman. Oldingi darsda o‘rgatilgan qo‘shiqni o‘quvchilar bilan
takrorlab mustahkamlayman. So‘ngra yangi «Oq paxta terdik, terdik» N.
Norxo‘jayev musiqasi, P. Mo‘min she’ri hamda qo‘shig‘ini ifodali qilib kuylab
beraman.
Qo‘shiqni mazmunini ochib beraman. Bu qo‘shiqda dalalarimizda paxtalarni
lo‘ppi-lo‘ppi ochilib, shoxchalarda chiroqlardek osilishi, bolalarni yuzlari oftobda
shirmoy nonga o‘xshashi. Bolalar paxtalarni etaklab terib xirmonga hissa
qo‘shishlari haqida kuylanadi. Bu qo‘shiq sho‘x, quvnoq xarakterda, o‘rtacha
tempda yozilgan. Re major tonligida, kuplet shaklida 4/4 o‘lchovida yozilgan. Bu
qo‘shiqni kompozitor Nadim Norxo‘jayev yozgan. U 1947-yil 26-dekabrda
Toshkent shahrida tug‘ilgan. U yoshligida musiqaga qiziqib, musiqa maktabi,
musiqa bilim yurtida va Toshkent Davlat Konservatoriyasining kompozitorlik
fakultetini tamomlagan. U fortepiano uchun pyesa, preludia, sonatalar, asarlar,
konsertlar, kattalar va bolalar uchun juda ko‘p qo‘shiqlar yozgan. Bulardan
«Hakkalar», «Salom bergan bolalar», «Balig‘im», «Navro‘zim», «Diyor madhi»,
«Biz askarmiz» nomli qo‘shiqlarni yozgan. She’rini esa sevimli bolalar shoiri
Po‘lat Mo‘min yozgan. U «Yaxshi bola», «Sho‘x qizaloq», «Chamandagi
gullarmiz», «Oftob yaxshimi, odob yaxshimi» nomli juda ko‘p she’rlar yozgan.
So‘ng qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib qo‘shiqni o‘rgataman. Qo‘shiqning 1-
qatorini naqaroti bilan o‘rgataman. Sof intonatsiya, nafas, talaffuz ustida
ishlayman. So‘ngra musiqa savodidan major ladi haqida ma’lumot beraman.
Tovushlarni muayyan tartibga o‘zaro bog‘lanib kelishiga lad deyiladi. Ladlar
ikki turga bo‘linadi: major va minorlar. Quvnoq, sho‘x, tantanavor asarlar major
ladida yoziladi. Hozir kuylagan qo‘shig‘imiz va tinglagan asarlarimiz ham major
ladida. Qo‘shiq – raqs shaklida yozilgan, quvnoq, tantanavor xarakterda. Sizlar
bilan hozir SD diskida «Oq paxta terdik, terdik» asarini tinglaymiz. Ommaviy
qo‘shiqlar
xalq og‘zaki ijodiga mansub bo‘lib avloddan-avlodga o‘tib keladi. Bunday kuyq‘oshiqlarga «Alla», «Ililla yor», «lapar», «Oyijon boshginam og‘ridi-yo», «Dutor
bayoti», «Yallama yorim» kabi asarlar kiradi. Bu asarlar sho‘x, quvnoq, raqsona
xarakterda yozilgan.
Asarni tinglab bo‘lgach, mavzuni mustahkamlash uchun o‘quvchilarga
savollar beraman:
1. Tinglagan asarimizni nomi qanday?
2. Asar qanday ladda, qanday tempda, qanday shaklda yozilgan?
3. Kuylagan qo‘shig‘imizni mualliflari kimlar?
4. Bu qo‘shiqda bolalar yuzlarini nimaga o‘xshatishyapti?
5. Bolalar paxtalarni etaklab yig‘ib nimani to‘ldirishdi?
Berilgan savollarga javob bergan o‘quvchilarni baholayman, darsga yakun
yasab, uyga vazifa beraman.
Dars mashg’ulotlari shu tarzda o’tiladi.



Yüklə 155,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə