Namangan davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti iqtisodiyot yo



Yüklə 28,21 Kb.
səhifə1/3
tarix11.05.2022
ölçüsü28,21 Kb.
#86561
  1   2   3
3-MAVZUvideo ma\'lumot


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

IQTISODIYOT FAKULTETI

IQTISODIYOT YO’NALISHI

IQT-BU-20 GURUH TALABASI

XAMIDULLAYEV ABDULBOSID RAVSHANJON O’G’LINING

IQTISODIY SIYOSAT FANIGA KIRISH FANIDAN TAYYORLAGAN



Video ma’lumot

O’QITUVCHI: R.M. AXMEDOV



1- video ma’lumot .

Davlatobod tumanining iqtisodiy o’sish drayverlari haqida O’zbekiston 24 kanalimimh maxsus reportajining qisqacha mazmuni…

Davlatobod tumaniga 1977-yil 29-avgustda asos solingan boʻlib, uning hududi 1 125 gektarni tashkil qilgan (1977-1995-yillarda Sovet tumani, 1995-yildan Davlatobod tumaniga oʻzgartirilgan). Oliy Majlisning 2003-yil 12-dekabrdagi qaroriga asosan tuman tugatilib, 2004-yil 1-yanvardan Namangan shahri tarkibiga qoʻshilgan.

Qoʻmita raisi Qutbiddin Burxonovning taʼkidlashicha, endilikda qaytadan tashkil etiladigan tuman 4 686 gektar hududni qamrab oladi va unga quyidagi yerlarni kiritish nazarda tutilmoqda:

— 2004-yil 1-yanvargacha faoliyat koʻrsatgan Davlatobod tumanining 1 125 gektar maydoni;

— 2016-2019-yillarda Kosonsoy (227 gektar), Toʻraqoʻrgʻon (183 gektar) va Namangan (2 726 gektar) tumanlari hisobidan Namangan shahriga berilgan yerlar;

– Namangan shahri “Yuksalish” mahallasining 425 gektar hududi.

Yangidan tashkil etiladigan tuman hududida 25 ta mahalla fuqarolari yigʻini, 33 850 ta xonadon, 421 ta koʻp qavatli uy, 3 ta kasb-hunar kolleji, 18 ta umumtaʼlim maktabi, 24 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, 5 ta tibbiyot muassasasi, 698 ta xizmat koʻrsatish obyektlari hamda 2 ta madaniy meros obyekti mavjud.

Shuningdek, mazkur tuman hududida “Kamolot” va “Afsonalar vodiysi” istirohat bogʻlari, “Prezident maktabi”, “Yashil dehqon bozori”, Namangan muhandislik – texnologiya instituti, Navbahor stadioni va 5 ta yirik mehmonxonalar joylashgan.

Tashkil etiladigan tuman aholisi soni – 140 000 nafar (shundan: ishsizlar – 5328, pensionerlar – 10533, nogironlik nafaqasini oluvchilar –5238, voyaga yetmaganlar – 55924 va iqtisodiy nofaol aholi – 19193 nafar)ni tashkil etadi.

Hududda 1 280 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari, 698 ta xizmat koʻrsatish obyekti hamda 429 ta sanoat korxonasi (shundan 7 ta yirik, 422 ta kichik korxona), “Yuksalish”, “Xonobod” va “Orzu” kichik sanoat zonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

Shuningdek, Namangan xalqaro aeroporti, jami 303 km (27 km davlat ahamiyatidagi va 276 km ichki) avtomobil yoʻllari, 530 km gaz tarmogʻi, 473 km elektr tarmogʻi va 256 km ichimlik suv tarmoqlari mavjud.

Xoʻsh, bundan qanday natija kutilyapti? Q.Burxonovning aytishicha, Davlatobod tumani shahar tarkibidagi tuman toifasiga kiritilib, tuman hokimligi (21 ta shtat birligi) va barcha tuman boʻlimlari (moliya, soliq, xalq taʼlimi, maktabgacha taʼlim, tibbiyot, mahalla, madaniyat, bandlikka koʻmaklashish va hk.) tashkil etiladi. Natijada boshqaruv samaradorligi yaxshilanadi. Oʻz navbatida Namangan shahri hududining 4686 gektar (26%) yer maydonida Davlatobod tumani tashkil etilib, ilgari 2004-yilgacha faoliyat koʻrsatgan Davlatobod tumani hududiga nisbatan qariyb 4,2 barobarga kengaytiriladi.

Tuman aholisi 149,6 ming nafarni tashkil etib, Namangan shahar aholisining 23,8 foizini qamrab oladi va istiqbolda zamonaviy koʻp qavatli uylar qurilishi hisobiga urbanizatsiya jarayoni jadallashadi. Tumandagi 25 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarida aholining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha yangi ijtimoiy soha obyektlari barpo etiladi.

Yangi infratuzilma obyektlari barpo etiladi va aholiga xizmat koʻrsatish tizimi yana-da rivojlantiriladi.

Maʼlumot uchun, Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish masalasi xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 2020-yil 29-iyundagi va Namangan viloyati Kengashining 2020-yil 30-iyundagi qarorlari bilan maʼqullangan.




Yüklə 28,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə