Международный
научный
журнал
№
5
(100),
часть
1
«
Научный
импульс
»
Январь
, 202
3
1082
ENERGETIKANING TEXNIKA VA TARAQQIYOTDAGI OʻRNI VA AHAMIYATI
Xamraliyev Asadbek
Andijon davlat pedagogika instituti
Geografya va iqtisodiy bilim asoslari
Annotatsiya:
Ushbu maqolada energetikaning trxnika va sanoatta oʻrni va ahamiyati
haqida soʻz yuritiladi.
Kalit soʻzlar:
Elektr energiyasi, sanoat , energetikaning texnik jixati, elektr
energiyasinivuzatish.
Elektr
energiyasini sanoat, transport va qishloq xo‘jaligida, aholining maishiy va
madaniy maqsadlari uchun qo‘llanilishi elektrlashtirish deyiladi. U mamlakat hayotida eng
muhim ahamiyatga ega. Elektrlashtirish xalq xo‘jaligining barcha
sohalarini rivojlantirish,
hozirgi zamon taraqqiyotini amalga oshirish uchun yetakchi omil hisoblanadi. "Yo‘nalishga
kirish" fani birinchi bosqich talabalarining bo‘lg‘usi mutaxassisligi elektroenergetika bilan
tanishtiradi, uning hozirgi jamiyatdagi o‘rni, rivojlanish tarixi va ilmiy-texnika taraqqiyotiga
ta’sirini o‘rgatadi. Talaba bo‘lg‘usi mutaxassisligi bilan qanchalik qiziqganligiga qarab, uning
talabalik va muhandislik hayotiga shunchalik qiziqishi ortadi. O‘quv
jarayonida talaba
nafaqat bo‘lg‘usi mutaxassisligi bo‘yicha tushunchalarni o‘rganadi, balki shu bilan birga oliy
o‘quv yurtida ishlash mahoratini ham oladi. Bu umumenergetika fanlari ichida
energetikaning hamma qismlari va ularning bog‘liqligi, ularda sodir bo‘layotgan jarayonlar,
energiyani uzatish va uning iste’moli, ishlash talablari va energetik qurilmalarni konstruktiv
bajarilishi, hozirgi zamondagi holati va energetikani rivojlanish istiqbollarini o‘rgatuvchi
fandir. Energetika insoniyat jamiyati ta’sir doirasidagi katta global tazim hisoblanadi.
"Energetika" va "energetika fanlari" tushunchalari anchadan beri qo‘llanib
kelinadi, lekin
hozirgi davrda ularga jamlanadigan fikr tugallangan deb hisoblash to‘g‘ri emas. Energetika
yoki energetik tizim tushunchasi ostida energiya manbalarining
barcha turlarini olish,
o‘zgartirish, taqsimlash va xalq xo‘jaligida ishlatish uchun tuzilgan tabiiy va sun’iy (inson
tomonidan yaratilgan) tizimlar birligini tushuniladi. Energetika insoniyat hayotida katta
o‘rin egallaydi. Uning rivojlanish darajasi, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari va ilmiy-texnika
taraqqiyoti darajasini belgilaydi. Hozirgi zamonda energetikaning o‘rni
beqiyos va
energetikasiz zamonaviy hayotni tasavvur etish qiyin. Energetikaning uch jihati.
Energetikani hozirgi ko‘rinishda va undan ham rivojlangan ko‘rinishlarida uchala tomondan
qaralish kerak. Ular texnik, ijtimoiysiyosiy va biosfera yoki ekologik ko‘rinishlari. Energetika
rivojlana borgan sari uning uch jihati katta global tizimda va uning ayrim nimtizimlarida,
masalan,
elektr energetikasi, issiqlik ta’minoti va hakozolarida namoyon bo‘la boshlaydi.
Energetikaning texnik jihati, insoniyat koinot energetika potensiallardan foydalannb
olayotgan yirik quvvatlar bilan tavsiflanadi. Masalan, hozirda dunyodagi bor bo‘lgan elektr
stansiyalarning quvvati 2 mlrd. kVt ni tashkil etadi. Energetika
qurilmalarning umumiy