9
Madaniyat ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida jamiyatning rivojlanishiga o‘z ta’sirini
ko‘rsatmasdan qolmaydi.Bu ta’sir madaniyatning jamiyat hayotida bajaradigan vazifalarida o ‘z
ifodasini topadi.(Biz madaniyatning funksiyalarini tahlil qilishda «Falsafa»o‘quv qollanmasida
berilgan funksiyalarga asoslanamiz). Madaniyat, eng avvalo , bilish funksiyasi (vazifasi)ni bajaradi.
Kishilar turli tarixiy davrlarda o'zlarining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini
qondirishga harakat
qilganlar. Natijada o'zlariga ta’sir ko‘rsatuvchi tabiatning voqea va hodisalari, tabiatdagi narsalar va
predmetlarning xususiyatlari hamda ichki qonuniyatlarini bilishga intilganlar. Ularning noma'lum
jihatlarini ochab borganlar. Ayrimlarini bo‘ysundirib, ayrimlariga moslashganlar. Turli xil
xulosalarga va to‘xtamlarga kelganlar. Natijada o‘zlarining bilim darajalarini oshira borganlar, ya’ni
o'zlari egallagan bilimlarini o'zlari yaratgan madaniy boyliklarda m oddiylashtirganlar. Demak,
madaniyat insonning ijtimoiy voqelikni bilib olishidir. Inson atrof-muhitni bila borib, o‘z-o‘zini
moddiy boyliklarning haqiqiy yaratuvchisi ekanligini, jamiyatdagi o ‘z o‘rni va mavqeyini anglay
boradi.
2
Dostları ilə paylaş: