Nizomiy nomidagi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə2/16
tarix26.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#107092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
RAJAMATOVA UMIDANING UMUM

Tadqiqot vazifalari:
1. Chizmachilikdan ijodiy grafik topshiriqlar turlarini aniqlash va ularni tasniflash.
2.Chizmachilikdan ilmiy-metodik jihatdan asoslangan ijodiy topshiriqlar tizimini yaratish tamoyillarini ishlab chiqish.
3.Chizmachilik darslarida ijodiy grafik topshiriqlardan foydalanish metodikasini ishlab chiqish.
4.Chizmachilik darslarida ijodiy topshiriqlardan foydalanish samaradorligini pedagogik tajriba-sinovdan o‘tkazish.
Tadqiqot ob’yekti: Kasb hunar kollejlarida texnikaviy chizmachilik fanini va umumiy o‘rta ta’lim maktablarda chizmachilik fanini o‘qitish jarayoni.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Chizmachilikdan ijodiy grafik topshiriqlarning turlari aniqlandi; ijodiy topshiriqlar tizimini yaratish tamoyillari ishlab chiqildi; chizmachilik darslarida ijodiy grafik topshiriqlardan foydalanish metodikasi yaratildi.

I BOB . ADABIYOTLAR TAHLILI.

1.1. Maktabda chizmachilik fanini o‘qitishning tashkil etish va uning muammolari.


O‘quvchi yoshlarning muhim sifatlari bo‘lgan mustaqil va ijodiy fikrlash, mustaqil ishlay olish qobiliyatini tarbiyalash umumiy o‘rta ta’lim maktabning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Shunga ko‘ra o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish, dars mashg‘ulotlarini samarali tashkil qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim maktabning chizmachilik ta’limi jarayoni o‘quvchilarni hayotga, kasb-hunarga tayyorlashda, ularning ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyatini shakllantirishda muhim o‘ringa ega.
Respublikamizda 9580 dan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktab faoliyat ko‘rsatmoqda. Chizmachilik fanini 68 soat (8 va 9-sinflarda) o‘qitish nazarda tutilgan. Chizmachilik fanidan tuzilgan yangi o‘quv dasturiga mazmun jihatdan birmuncha o‘zgartirish kiritildi. Milliy dasturni amalga oshirishda Respublikamizda 1150 dan ziyod kasb-hunar kolleji faoliyat ko‘rsatib, ularda 500 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha kasb-hunar o‘rgatilmoqda. Bu yo‘nalishlarning 130 dan ortig‘ida 36 soatdan 180 soatgacha chizmachilik fani o‘qitiladi.
Ta’lim tizimini yanada rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmoqda deb bo‘lmaydi. Jumladan, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni chizmachilik ta’lim jarayoniga olib kirish, o‘qitishni zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti talablariga, ilmiy bilimlarning hozirgi umumiy darajasiga muvofiq takomillashtirish kabi keng qamrovli masalalar haligacha o‘z yechimini kutmoqda. Bu masalalarning amalga oshirilishi o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq.
Chizmachilik ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish, ularning mustaqil, ijodiy fikrlashlari uchun qo‘llaniladigan usullarni mos ravishda tanlash, kelgusida kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirishda o‘z samarasini beradi. Shu sababli o‘qitish ishlarini takomillashtirish borasida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Fanni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyati va fazoviy tasavvurini rivojlantirish, ularda fazoviy obyektlarning tasvirini almashtirishga doir ko‘nikma va malakani tarkib toptirish muammolari ham hali yetarlicha o‘rganilmagan.
Bitiruv ishning mazkur paragrafida chizmachilik fanining dastur materiallarini o‘rganish jarayonida qo‘llanilayotgan amaliy va grafik ishlar mazmunining amaliyotdagi tahlili beriladi.
Chizmachilik fanini maktabda o‘qitishni tahlil qilishdan oldin uning fan sifatida shakllanishi haqida qichqacha to‘xtalamiz.
1932 yilga qadar chizmachilik alohida o‘quv fani sifatida maktab o‘quv rejasiga kiritilmagan, balki mehnat, rasm, matematika va boshqa fan o‘qituvchisi ishining ajralmas qismiga aylantirilgan. 1932 yilda chizmachilik mustaqil fan sifatida maktab o‘quv rejasiga kiritilgan bo‘lsa-da, uni o‘qitish matematika fani bilan albatta aloqada bo‘lishi nazarda tutilgan. 1953 yildan boshlab foydalanishga tavsiya etilgan chizmachilik o‘quv dasturlarining mazmun va mohiyatini inobatga olib uning tahlilini to‘rt davrga ajratib o‘rganishni maqsadga muvofiq deb topdik.
1.1953 yildan boshlangan bo‘lib, u maktab ishini politexnik ta’lim vazifalari asosida qayta tuzish bilan izohlanadi.
2. Sobiq ta’lim tizimining mazmunini qayta tuzishga, ya’ni maktablarda yangi dastur va darsliklar bo‘yicha ishlash davriga to‘g‘ri keladi.
3.1980 yildan boshlanib u mehnat ta’limiga e’tiborni kuchaytirish, o‘quvchilarni mehnatga tayyorlash bilan xarakterlanadi.
4.1991 yildan boshlanib, u yangi ijtimoiy sharoitda, “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida” (1997 y.) Qonun talablari asosida chizmachilik dasturi va darsligini qayta tuzish bilan xarakterlidir.
1953-1968 yillarda nashr qilingan darsliklarda keltirilgan amaliy va grafik topshiriqlarning umumiy soni 300 ga yaqin bo‘lib ularning ko‘pchiligi reproduktiv faoliyat bilan bog‘liq. Chunki o‘sha davrda chizmachilik o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilar tomonidan chizish texnikasini egallashga qaratilgan edi. Keyinchalik chizmachilikdan nashr etilgan adabiyotlarda tasvirlarni tahlil qilish, almashtirish kabi o‘quvchilarning grafik faoliyatini rivojlantiruvchi ta’lim g‘oyalari o‘z ifodasini topganligi aniqlandi. Ayniqsa, maktab chizmachilik darsligida sifat o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Yechilishi reproduktiv faoliyat bilan bog‘liq masalalarning soni darslikda birmuncha kamaygan. Shu bilan birga o‘quvchilarning qiziqishini oshiradigan masalalar soni sezilarli darajada ko‘paydi.
Quyida chizmachilik darsligining tahlilini beramiz. Avvalo, darslikka kiritilgan masalalar tarkibi bilan tanishtiramiz.
Chizmachilik darsligining mazmunini turli mashq va masalalar bilan boyitishga harakat qilishgan, bular orasida taqqoslash, chizmani yetishmovchi chiziqlarini to‘ldirish, turli materiallardan modellar yasash, geometrik jismlar guruhining chizmasini o‘qish kabi topshiriqlar o‘rin olgan. Ayniqsa, darslikda jismning fazoviy vaziyati va shaklini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan almashtirishlar, shuningdek, chizmani tahlil qilishga doir mashqlarga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, faqat ayrim adabiyotlarda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirishga e’tibor berilgan. Bunday yo‘nalish A. D.Botvinnikovning “Sbornik prakticheskix zadach po chercheniyu” nomli kitobida o‘z aksini topgan bo‘lib, unda 90 foizdan ortiq masala va mashqlar o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini o‘stirishga yo‘naltirilgan.
Ayniqsa, taqqoslash masalalari alohida mohiyat kasb etib, unda tanlama javob usulidagi dasturlashtirilgan ta’lim elementlari o‘z aksini topgan.
Ta’limni rivojlantiruvchi g‘oyalar V.V.Stepakova, YE.A.Vasilenko va YE.T.Jukova larning “Kartochki-zadaniya po chercheniyu” nomli qo‘llanmasida o‘z aksini topgan.
Grafik masalalardan tashqari topshiriq kartalarida amaliy ishlarga ham katta e’tibor berilgan, chunki ular o‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarining qo‘zg‘aluvchanligini o‘stiradigan, predmet shaklini tahlil qilish bilan uning chizmasini o‘qish masalalari va hokazolar.
Rivojlantiruvchi ta’limning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan bo‘lishiga qaramasdan uning g‘oyalari maktab amaliyotida to‘liq qo‘llanilmagan. Hattoki, undan keyingi yillardagi ayrim ishlarda ham rivojlantiruvchi ta’lim muammolariga yetarli darajada e’tibor berilmagan.
O‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan ishlanmalarda va metodik tavsiyalarda o‘quvchilarning grafik tayyorgarligini takomillashtirishga jiddiy e’tibor berilmagan.
O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tahlilining ko‘rsatishiga qaraganda, faqat o‘quvchilarning grafik tayyorgarligining sifatini oshirishga, chizmachilik darslarining samaradorligini ortirishga yordam beradigan metodik usullarga asosiy e’tibor qaratilgan.
O‘quv-uslubiy qo‘llanmalarda darsni tashkil etish, ko‘rgazmali materiallardan foydalanish, dastur materiallarini izchil bayon etish haqida yosh o‘qituvchilarga ko‘rsatmalar berilgan. Ammo qo‘llanmada o‘quvchilarni faollashtirishga kam e’tibor berilgan. Qo‘llanmaning asosiy kamchiliklaridan biri undagi dars ishlanmalarining bir xilligidir.
O‘quv-uslubiy qo‘llanmalardagi mashq va masalalarning mazmunini ko‘rib o‘tamiz. Undada o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini almashtirishga katta e’tibor berilgan. Kitobdagi 35 dars ishlanmasidan faqatgina bittasini ijobiy hisoblash mumkin. O‘quvchilar butun o‘quv yilining yarmidan ko‘proq vaqt davomidagi har bir darsda faqat bittadan grafik yoki amaliy ish bajarish bilan cheklanadilar. Faqat 8 ta darsda ikkitadan topshiriq bajarish rejalashtirilgan xolos. Shunday qilib, bu metodik ishlanmaning zarur talablar darajasida emasligini yaqqol ko‘rish mumkin.
S.I. Dembinskiy va I.O.Sevastopolskiylarning 1975 yilda chop etilgan “Uroki chercheniya v sredney shkole” qo‘llanmasi qisman talabga javob beradi. Unda turli xildagi darslarni o‘tish metodikasi bayon etilgan. Ko‘pgina darslar amaliy ishlardan boshlanib, so‘ngra, yangi materialning bayoni, bilimlarni tekshirib ko‘rish va o‘tgan mavzularni takrorlash bilan yakunlanadi. Qo‘llanmadagi ayrim darslarda foydali bo‘lgan masalalar yechish ko‘zda tutiladi, chunonchi, tasvirlarni taqqoslash, grafik materialning dastlabki holatini saqlab tasvirlarni chizish sharti yetishmaydigan masalalarni yechish va jismning fazoviy tuzilishini o‘zgartirish bilan bog‘liq almashtirishlarni talab qiluvchi masalalar.
Qo‘llanmaga yechimi faqatgina grafik va amaliy faoliyat bilan bog‘liq 31 ta mashq kiritilgan. Masala va mashqlar tarkibining tahlili shuni ko‘rsatadiki, qo‘llanmadagi masala va mashqlarning o‘ndan bir qismi reproduktiv faoliyatni shakllantirishga mo‘ljallangan.
Tahlildan xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, ko‘rsatilgan qo‘llanmada o‘quvchilarning ta’limdagi o‘quv faoliyatining almashinuvchan-ligiga yetarli e’tibor berilmagan.
Agar ilmiy-tadqiqotda tahlil qilingan masalalarning mazmuni ta’lim jarayonini faollashtirish nuqtai nazaridan qaralsa, undagi mashq va masalalarning 50 foiz yechimi reproduktiv faoliyat doirasidan chetga chiqmasligini aniqlash mumkin. Boshqalari esa, an’anaviy ta’limda bir qolibga tushgan, necha yillar davomida qo‘llanib kelingan masalalardir.
Darslarning tarkibidagi topshiriqlarning murakkablik darajasi o‘quvchilarning butun dars davomida uzluksiz bosh qotirib ishlashlariga imkon bermaydi. Ko‘pchilik darslarni umumlashtirishga to‘g‘ri keladi, chunki ko‘pgina dars mavzulari haddan tashqari maydalashtirib yuborilgan.
Mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlari o‘qituvchi ketidan doskadagi tasvirni ko‘chirish bilan chegaralangan. Tabiiyki, bunday nusxa ko‘chirish usulida o‘quvchining faolligi susayadi, ularning ijodiy faoliyati chegaralanib qoladi. Bundan tashqari, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, muallif dasturda ko‘zda tutilgan grafik va amaliy ishlar majburiy minimumiga kiruvchi ishlar mazmunini to‘la ochib bermagan, bunday pala-partishliklar ilmiy tadqiqotda ba’zan ko‘rinib turadi. Masalan, dasturda ko‘zda tutilgan ikkinchi amaliy ish-chizma bo‘yicha plastilin, karton va simdan model yasashni, uning chizmasini bajarish bilan almashtirib qo‘yilgan.
Grafik ishlarni va chizmalarni og‘zaki o‘qish, prizma, silindr, konus va piramidalarning chizmasi va sirtini yoyish bilan almashtirilgan. Bu ishlarni frontal ravishda o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, unga 3 soatdan ko‘proq vaqt ajratilgan. Faqat to‘rtinchi soatdan keyingina xuddi shu tarzdagi ish mustaqil bajarish uchun o‘quvchilarning o‘zlariga topshirish rejalashtirilgan. Eng muhim bo‘lgan karton materiallaridan predmetlarning sirtini yoyib ularning modellarini yasashday foydali ish ilmiy tadqiqotchining nazaridan chetda qolgan. Chizmalarni chizish usuli va ularning aksonometriyada tasvirlash darslikda ko‘rsatilgan bo‘lib, to‘g‘ri burchakli proyeksiyalash bilan parallel berilmagan.
Dastur bilan ishlash davridagi kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, hattoki hozir ham aksariyat o‘qituvchi va metodistlar grafik va amaliy topshiriqlardan dars tizimida foydalanish uchun noto‘g‘ri yo‘l tanlamoqdalar.
Ba’zi hollarda dasturda ko‘zda tutilgan majburiy minimum bajarilmay qolmoqda. Yangi dasturda o‘quvchilar bajaradigan mashq va masalalar individual va ijodiy xarakterda bo‘lishi talab etilmoqda.
So‘nggi yillarda o‘qitish tizimiga ko‘pgina yangiliklar kiritildi. Shu munosabat bilan ilg‘or o‘qituvchi va metodistlarning faoliyatlari chizmachilik o‘qitishning sifati va samaradorligini oshirish yo‘llarini qidirishga qaratilmoqda. Ammo bu faoliyatlar turlicha.
Chizmachilik amaliyotiga o‘zining unumli hissasini qo‘shgan metodistlar YE.A.Vasilenko va YE.T.Jukova tomonidan yaratilgan 7-sinf uchun chizmachilik fanidan topshiriqlarning mazmunini ilmiy-tadqiqotimizga daxldor bo‘lgan jihatlarini ko‘rib o‘tamiz. To‘plamga 362 ta mashq kiritilgan bo‘lib, ulardan 30,4 foizini qisqa muddatda bajarish mumkin. Mashqlar orasida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmagan ayrim topshiriqlarni qisqa muddatli mashqlar qatoriga kiritish mumkin. To‘plamda chizmalarni taqqoslash uchun ham mashqlar kiritilgan.
A.D. Botvinnikovning “Sbornik prakticheskix zadach po chercheniyu” nomli qo‘llanmasini amaliy vazifalarini bajarishdagi qo‘yilgan dadil qadam deb hisoblash mumkin. Chunki, qo‘llanmaga kiritilgan 415 ta mashqning 48,1 foizi o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiruvchi mashqlardan tashkil topgan. Agar topshiriqlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, bu qo‘llanmadagi mashqlarning tarkibi, rang-barangligi, tuzilishi, ma’lum tizimga keltirilganligi bilan ahamiyatli.
Detal tasvirining yetishmaydigan elementlarini, chizmalarni to‘ldirish faoliyati bilan bog‘liq mashqlar 10 foizni tashkil etadi. To‘plamdagi 120 ga yaqin mashqlar tasvirlarni taqqoslash bilan bog‘liq. Ammo, qo‘llanmada tasvirlarni soddalashtirish mashqlariga juda kam (0,24 foiz) o‘rin berilgan. Chizmalar bo‘yicha modellar yasash umumiy mashqlarning bir foizini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi nashrlarida chizmachilik o‘qitish amaliyoti ayniqsa, darslarni rejalashtirish va o‘qitish usul va uslublarini takomillashtirish sohasida yetarli ishlar qilinmagan, faqat 1970 yillardan boshlab mahaliy mualliflarning “Chizmachilik metodikasi bo‘yicha tavsiyanoma”lari ommaviy nashrda chop etila boshlandi. Bunday ishlar qatoriga A.Umronxo‘jayevning “Proyeksiyalash asoslaridan ta’lim berish” (1978 y.), “Chizmachilikdan mashq daftari” (1991 y.), “Maktabda chizmachilik o‘qitish” (1991 y.), “Maktabda chizmachilik o‘qitishni takomil-lashtirish” (1993 y.), “Texnikaviy grafika asoslari” (1995 y.), 8-9-sinf “Chizmachilik” darsligi (2002 y.), 8-9-sinf “Chizmachilik” darsligi va metodik qo‘llanma (2006 y.), P. Odilov va b. 8-9-sinf “Chizmachilik” darsligi (2004 y.), J.Yodgorovning “Chizma geometriya elementlari” (1973 y.), I.T. Raxmonovning “Chizmalarni chizish va o‘qish” (1992 y.), “Chizmachilikdan didaktik o‘yinlar” (1992 y.), hamda M.Isayeva “Chizmachilikdan topshiriqlar” (1987y.) larning chegaralangan nusxada chop etilgan tavsiyanomalarini kiritish mumkin.
Chizmachilik darslarini o‘qitish jarayonida kompyuter texnikasi imkoniyatlaridan foydalanishga haqida to‘xtalsak.
A.Beytening yozishicha ta’lim tizimida axborot uzatishning asosiy beshta usuli mavjud: 1) kishilarning o‘zaro jonli muloqoti (verbal), 2)matn (grafik tasvir bilan birga), 3) radio, 4) televideniye, 5) kompyuter. Bular orasida keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan usul kompyuter texnologiyasi bo‘lib, o‘quvchilarni mustaqqil bilim egallashga yetaklaydi.
Kompyuter texnikasi almashtirish jarayonida bajariladigan grafik amallarni animatsiyali tasvirlar yordamida ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, o‘quvchilarning abstrakt tushunchalarni oson o‘zlashtirishlariga ko‘maklashadi va ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə