Nizomiy nomidagi


-rasm. Grafik amashtirishlarga oid o‘quv topshiriqlar



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə9/16
tarix26.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#107092
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
RAJAMATOVA UMIDANING UMUM

2.4-rasm. Grafik amashtirishlarga oid o‘quv topshiriqlar
Tahlilga asosan, quyidagi grafik almashtirishlar ajratib ko‘rsatildi:

  • Masshtabli almashtirishlar;

  • Proyeksiyalash metodini o‘zgartirish;

  • Tasvirlash metodini o‘zgartirish;

  • Tasvirga belgi va shartlar kiritish asosida chizmani soddalashtirish;

  • Tasvirlanadigan predmetlarning fazoviy holatini chizmada o‘zgartirish;

  • Predmetlarning chizmadagi shaklini o‘zgartirish;

  • Predmet sirtini yoyish;

  • Tekis shakllarni kombinatsiyalash;

  • Fazoviy jismlarni kombinatsiyalash;

  • Loyihalash mazmunidagi almashtirishlar.

Mazkur almashtirishlarning mazmuni va ularni bajarishda talab qilinadigan faoliyat turlari 2.2-jadvalda berilgan. Quyida grafik almashtirish turlarining har biriga doir misol keltiramiz:

  1. Masshtabli almashtirishlardan tasvirlarni kattalashtirish va kichiklashtirishda foydalaniladi. Faoliyatning bu turdagi tasvirdan o‘z kattaligida yoki masshtab bo‘yicha o‘zgartirib, qo‘lda nusxa ko‘chiriladi. Tasvirdan o‘zgarishsiz nusxa ko‘chirishda aqliy zo‘riqish talab etilmaydi. Chizma masshtabini o‘zgartirish bilan bog‘liq reproduktiv faoliyat birinchisiga qaraganda fikran matematik hisoblashlar bajarish biroz murakkablikka ega. Grafik almashtirishlarning bu turidan chizmachilik o‘qitishning ilk bosqichlarida grafik ko‘nikma va malakalar hosil qilish uchun foydalaniladi.

Proyeksiyalash metodini o‘zgartirish. Agar tasvirlash metodi o‘zgartirilsa, bir tasvir boshqa bir tasvirga almashadi. Masalan, yaqqol tasvirlash to‘g‘ri burchakli proyeksiyalash metodi bilan almashtirilsa, yaqqol tasvir chizmaga almashadi yoki aksincha, to‘g‘ri burchakli proyeksiyalash metodi yaqqol tasvir bilan almashtirilsa, chizma yaqqol tasvirga almashadi.
2.Detallarni tasvirlash metodini o‘zgartirish, asosan kesim va qirqimlarga taalluqli almashtirishlardir. Kesim va qirqimlar chizmachilik kursida politexnik ahamiyatga ega bo‘lgan mavzulardan biri bo‘lib, unda predmetning real xossa va munosabatlaridan qat’iy nazar, narsani abstraktlash zarurati tug‘iladi. Buning ma’nosi shuki, eng avvalo, fazoviy obyekt to‘g‘ri burchakli proyeksiyalash qonuniyatlariga asosan ikki yoki uchta proyeksiyalar tekisliklarida tekis chizmalar tarzida tasvirlanadi.
Kesimlarni o‘rganishda ham xuddi qirqimlar kabi abstraksiyalashtiril-gan chizmalarga asoslanib ish ko‘riladi.
3.Detallarning tasviriga belgi va shartlar kiritish asosida chizmani soddalashtirish. Chizmaga turli shartlar kiritib, tasvirlar soni kamaytiriladi. Bu faoliyat izlanish va abstraksiyalash bilan bog‘liq bo‘lib, bulardan ikkinchisining yechimi predmetning real xususiyatini yuqori darajada abstraksiyalashga asoslanadi.
4.Tasvirlanadigan predmetlarning fazoviy holatini chizmada o‘zgartirish, predmetni tekislik bo‘ylab joy almashtirish bilan amalga oshiriladi. Tasvirlarni almashtirishdagi bu jarayonda harakat fazoviy tasavvurning qo‘zg‘aluvchanligini shakllantirishda juda katta ahamiyatga ega.
5.Predmetning shaklini chizmada o‘zgartirish, mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog‘liq faoliyat turiga kirsada, ta’limda faqat grafik almashtirishlarni amalga oshirish nazarda tutiladi. Predmet shaklini o‘zgartirish detalni muayyan konstruktiv elementlar bilan to‘ldirish, undan ayrim elementlarni olib tashlash, detal tarkibidagi ayrim konstruktiv elementlarni chizmada o‘zaro surish, o‘rin almashtirish kabi konstruktorlik faoliyatiga xos grafik almashtirishlardir.
6.Predmet sirtini yoyish bilan bog‘liq almashtirishlarga izoh berishga hojat yo‘q. Chunki bu faoliyat matematika, dizayn, mehnat, chizmachilik kabi o‘quv predmetlarini o‘qitish jarayonida ko‘plab qo‘llaniladi.
7.Ясси (текис) шаклларни комбинациялаш, мактаб чизмачилик курсига янгидан киритилган амалий иш бўлиб, унинг комбинациялаш фаолиятидаги дидактик қиммати беқиёсдир. Бундай ишларни бажариш жараёнида ўқувчиларнинг амалий фаолиятида изланувчанлик, ижодкорлик хислатлари шаклланади.
8.Фазовий шаклларни комбинациялаш. Юқоридагидан фарқли ўлароқ фазовий жисмларни ўзаро бир-бири билан бириктириш фаолияти билан боғланган бўлиб бунда янги объектлар яратилади. Комбинациялаштириш бўйича такомиллаштирилган кўп функцияли қўлланма мактаб чизмачилик курсининг муаллифи А.Умронхўжаев томонидан ишлаб чиқилиб, у мактаб дарслигига киритилган.
9.Loyihalash mazmunidagi almashtirishlar, o‘zining yechilishi xususiyatiga ko‘ra tafakkurni faol ishlashini talab qilib, masalani yechish natijasida o‘quvchi subyektiv yoki obyektiv yangilik yaratadi.
Subyektiv yangilik shundan iboratki, o‘quvchi o‘ylab topgan qurilma, asbob va shunga o‘xshashlar amalda avvaldan kimlardir tomonidan ishlab chiqilib, texnikaning turli sohalarida qo‘llanilayotgan bo‘lishi mumkin. Biroq bu masalani yechishda obyektiv yangilik yaratish shart emas. Eng muhimi o‘z bilimi va hayot tajribasi asosida o‘zi uchun yangilik yaratish ham bunyodkorlik faoliyatining o‘zginasidir.
Obyektiv “yangilik” deganda fanga, texnikaga va jamiyatga noma’lum bo‘lgan konstruksiya va moslamalar yaratish tushuniladi va bunday ijodiy xarakterdagi almashtirishlar chizmachilikdan o‘tkazilayotgan olimpiadalarning maktab, tuman, shahar, viloyat va respublika bosqichlarida foydalanilmoqda.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan grafik almashtirishlarni shartli ravishda quyidagi uch guruhga bo‘lindi (2.5-rasm).
1-guruh – oddiy almashtirish.
2-guruh – tasvirlash metodini o‘zgartirish bilan bog‘liq almashtirish.
3-guruh – chizmada predmetning fazoviy xossa va o‘zaro munosabatini ikki yoki undan ortiq almashtirish bilan aks ettirishni talab etadigan murakkab almashtirish.
Grafik almashtirishni guruhlarga bo‘lishda amalga oshiriladigan almashtirish sonini murakkablik mezoni sifatida qabul qilish mumkin.
Bu holda birinchi guruhga faqat masshtabli almashtirishni ikkinchi guruhga almashtirishning 2, 3, 4, 5 – turlarini uchinchi guruhga esa almashtirishning 6, 7, 8, 9, 10 – turlarini kiritish mumkin Chunki bu xildagi almashtirish predmetlarning fazoviy xossa va o‘zaro ularning yechimi ikki va undan ortiq fazoviy almashtirish bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham bu xildagi faoliyat bilan bog‘liq almashtirishlarni murakkab deb atashga asos bor.




Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə