Nizomiy nomidagi


-rasm. Chizmani o‘qish va bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masala turlari



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə7/16
tarix26.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#107092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
RAJAMATOVA UMIDANING UMUM

2.1-rasm. Chizmani o‘qish va bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masala turlari
2.1-rasmda ajratib ko‘rsatilgan grafik va amaliy faoliyat turlari o‘quvchilarning tafakkuriga turli darajada ta’sir etishi mumkin (2.2-rasm). Ko‘rib o‘tilgan mashq va masalalarni o‘quvchilarning tafakkuriga ta’sir darajasiga ko‘ra quyidagicha tabaqalashtiramiz.
Birinchi guruhdagi mashq va amallarni bajarishda yuqorida ta’kidlanganidek, o‘quvchilardan faqat reproduktiv faoliyat talab qilinadi.
Nazariy tahlil va masalalar mazmunining ko‘rsatishiga qaraganda, ikkinchi guruh-produktiv masalalarni yechish faoliyat xarakteriga ko‘ra ularni ikki xil past va yuqori darajalarga ajratish mumkin: birinchisi past darajada, ikkinchisi o‘quvchilarning bilish faoliyatini yuqoriroq darajada faollashtiruvchi mashq va amallardir.



2.2-rasm. Tafakkurni turli darajada faollashtiruvchi masalalar.

Keyingi bayonlarimizni ixchamlashtirish maqsadida birinchi tafakkurni past darajada faollashtiruvchi amallarni(ТПДФ), yuqori darajadagisini(ТПЮФ), chizmani faqat ko‘chirish bilan bog‘liq bo‘lgan amallarni reproduktiv deb ataymiz.


Masalalarni darajalar bo‘yicha guruhlarga ajratishda bo‘linishning birinchi mezoni sifatida amallarni yechish jarayonidagi grafik almashtirishlar qabul qilindi. Binobarin, fazoviy tasavvurni rivojlantirishdagi bosh omil – fazoviy almashtirishlarni amalga oshira bilish qobiliyatidir.
Bo‘linishning ikkinchi mezoni sifatida tasvirda tahlil elementining bor yoki yo‘qligidir. Bo‘linishning qo‘shimcha sharti quyidagicha:
ТПДФ faoliyatga chegaralangan almashtirishlar talab qiluvchi amallar kiritildi. Ularni yechish jarayonida tasvirlangan predmetlarning shakli va fazoviy holati o‘zgarmaydi.
ТЮДФ faoliyatga tasvirlarni yasash va almashtirishlar bajarishda rekonstruktiv faoliyat bilan bog‘liq (shakl o‘zgartirishlar, chizmada predmetning fazoviy holatini o‘zgartirish) ikki va undan ortiq almashtirishlar talab qiluvchi mashq va amallar kiritildi (2.2.jadval).

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə