Nizomiy nomidagi


-daraja: reproduktiv harakterga ega bo‘lgan masalalar; 2-daraja



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə15/16
tarix26.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#107092
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
RAJAMATOVA UMIDANING UMUM

1-daraja: reproduktiv harakterga ega bo‘lgan masalalar;
2-daraja: o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini past darajada faollashtiruvchi masalalar;
3-daraja: o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini yuqori darajada faollashtiruvchi masalalar.
Chizmachilik darslarini tashkil qilishda o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga yo‘naltirish lozim. Binobarin chizmachilik ta’limi zimmasiga faol, ijodiy izlanuvchan shaxsni tarbiyalash vazifasi yuklatilgan.
Ijodiy faoliyatni rivojlantirish nafaqat o‘quv jarayonini muvaffaqiyatli bajarishda, balki tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish uchun ham zarur, bu esa pirovard natijada o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini rivojlantirishga, mehnatga hurmat va havasini tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi.




2.6-rasm. Chizmachilikda qo‘llaniladigan masalalarning tabaqalashtirilgan tizimi.

Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar


1. Maktab amaliyotida foydalaniladigan grafik topshiriqlar, o‘quvchi shaxsini va uning bilish faoliyatini rivojlantirish, o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan bilimlarini o‘quv topshiriqlarini bajarishga safarbar etish, bilish faoliyatini rivojlantirish vositalari sifatida guruhlarga bo‘lib tahlil qilindi.
2. Mashq va masalalar o‘quvchilar tafakkuriga ta'sir etish darajasiga ko‘ra tabaqalashtirildi.


UMUMIY XULOSALAR


1.8-9- sinflarda chizmachilitkda mavjud va fo‘llanib kelinayotgan grafik topshiriqlar tahlil qilindi. Mazkur tahlilga ko‘ra «topshiriq» tushunchasining keng qamrovli tushuncha ekanligi aniqlandi.
2. Chizmachilik o‘qitish jarayonida o‘quvchilar qobiliyatining eng muhim sifati o‘quvchilarda fazoviy tasavvurning tarkib topishi bo‘lib, bu ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida qo‘l kelishi aniqlandi va asoslandi.
3.Maktab amaliyotida foydalaniladigan grafik topshiriqlar, o‘quvchi shaxsini va uning bilish faoliyatini rivojlantirish, o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan bilimlarini o‘quv topshiriqlarini bajarishga safarbar etish, bilish faoliyatini rivojlantirish vositalari sifatida guruhlarga bo‘lib tahlil qilindi. Shunday tahlilga ko‘ra, maktabda chizmachilik o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda fazoviy tasavvur va mantiqiy tafakkurni rivojlantiradigan masalalarning turlari aniqlandi:
a) chizmani o‘qish faoliyati bilan bog‘liq masalalar;
b) chizmani chizish bilan bog‘liq masalalar;
4.Mazkur bobda o‘quvchilarning mustaqil masala tuzib bajarishga o‘rgatish bilan uning samaradorligi bayon qilindi hamda ilmiy tadqiqotning samaradorligi tahlil qilindi.
5.O‘quvchilarning ijodiy topshiriq bajarish jarayonida bilish faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tajriba-sinov ta’limi natijasida bilish faoliyatining rivojlanishi va takomillashuvida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lib u ta’lim samaradorligini oshirishga yordam berdi.
6.Chizmachilikda murakkablik darajasiga qarab tuzilgan ijodiy topshiriqlar tajriba sinflarida tatbiq etildi. O‘quvchilarning topshiriqlarni bajarish natijasi uning samaradorligini tasdiqladi. Topshiriqlarni ishlab chiqilgan metodika asosida bajarish o‘quvchilarning bilim darajasini sezilarli darajada oshirdi. Tajriba guruhi o‘quvchilarining o‘zlashtirishi nazorat guruhiga nisbatan o‘rtacha 9 – 10 foizdan yuqori bo‘ldi.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə