Nizomiy nomidagi


-rasm. Grafik almashtirishlarnig guruhlarga bo‘linishi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə10/16
tarix26.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#107092
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
RAJAMATOVA UMIDANING UMUM

2.5-rasm. Grafik almashtirishlarnig guruhlarga bo‘linishi

Ammo, yuqorida ko‘rib o‘tilgan almashtirishlardan qaysi birlaridan qanday meyorda, nimalar bilan uyg‘unlashgan holda ta’lim jarayonida foydalanish mumkinligi masalasini yechish chizmachilik metodikasi oldida turgan murakkab didaktik vazifalardan biridir. Ayniqsa, bu muammoning yechimini topish ishimizning bosh vazifalaridan biridir.


2.2. Chizmachilikdan grafik topshiriqlar tizimini yaratish metodikasi


Kishilarning ongli faoliyati, fikrlashi, bilimlarni o‘zlashtirib, takomillashtirishi keng ma’noda topshiriqlar bilan, bizning mavzu doirasida o‘quv topshiriqlari bilan uzviy bog‘langan hodisa. Topshiriq inson faoliyatining barcha jabhalari – moddiy ishlab chiqarish, fan, fan asoslari – o‘quv predmetlarini o‘zlashtirish bilan aloqador bo‘lganidek, o‘quvchi faoliyatining har bir yo‘nalishi – qayta esga tushirish va ijod qilish ham, bilimlarni o‘rganish va turli o‘quv holatlariga tatbiq qilish ham, bilimlarni umumlashtirish va o‘ziga o‘zi baho berishi ham o‘quv topshiriqlari bilan chambarchas bog‘langan. Shu sababli topshiriqlar ta’lim maqsadi, vositasi sifatida qaraladi.


Grafik topshiriqlar nazariyasida «topshiriq», «o‘quv topshirig‘i», «biluv topshirig‘i», «ijodiy topshiriq», «amaliy topshiriq», «intellektual topshiriq», «muammo» kabi qator atamalar bilan yonma-yon «mashq», «mustaqil ish» kabi atamalar ham qo‘llaniladi. «Ijodiy grafik topshirig‘i» mohiyatini aniqlash, unga didaktik, metodik ta’rif berish uchun oldin psixologiya, didaktika, metodikada o‘quv topshirig‘i tushunchasiga berilgan ta’riflar tavsifini beramiz.
Olimlar topshiriq tushunchasini tahlil qilar ekan, motiv, munosabat, maqsad, sharoit kategoriyalarini tahlil qiladi: motiv – o‘quvchi bilan o‘quv topshirig‘i o‘rtasidagi munosabatni yuzaga chiqarib, o‘quvchilarni maqsadga yetaklaydi, xatti-harakatlarni esa ishga. Topshiriqda berilgan munosabat, maqsad, shart-sharoitga ko‘ra topshiriq qabul qilinadi, yechiladi. Munosabat, maqsad, amal qilinadigan shart-sharoit topshiriqning ichki mazmunini tashkil etadi. Topshiriq tushunchasiga yana quyidagicha ta’rif berishgan: topshiriq – bu ma’lum shart asosida berilgan maqsaddir. Ular topshiriqlarning xususiyatlarini bayon etishda «ehtiyoj», «motiv», «faoliyat» kabi tushunchalardan foydalanishgan. Ehtiyoj, deydi ular, faoliyatni ishga tushiradi, motiv esa kishini faoliyatga undaydi. Insoniy faoliyatda xatti-harakat, faoliyat usullari ajratiladi. Bulardan birinchisi – xatti-harakat erishiladigan maqsadga, ikkinchisi – faoliyat usullari esa maqsadni amalga oshirish shart-sharoitiga yo‘nalgan.
Topshiriqli holatda subyekt (topshiriqni bajaruvchi) va obyekt (bajarish uchun berilgan topshiriq) o‘zaro ta’sir doirasida amal qilib, paydo bo‘lgan ehtiyojni qondirishadi. Bu hodisa topshiriqli holat mavjudligidan amal qiladi. Topshiriqli holat subyektning barcha xatti-harakatlarini belgilaydi, subyekt berilgan holatni yangilab, o‘zgartirib o‘z ehtiyojlarini qondirishga intiladi.
Topshiriqlarda insoniyat to‘plagan tajribalar qayd etiladi, shu bilan birga ular moddiy va ma’naviy boyliklarni yangilash va yanada boyitish vositasi sanaladi. Ulardan barcha kasb egalari foydalanishadi. Shu manbada topshiriqlarni uch guruhga ajratib o‘rganish g‘oyasi asoslangan:
a) ijtimoiy-ishlab chiqarish topshiriqlari. Barcha kasb egalari bunday topshiriqlarni o‘z oldiga qo‘yib, hal qilishadi. Ijtimoiy-ishlab chiqarish topshiriqlarini qo‘yish yo‘li bilan atrofimizni o‘rab olgan muhit, jamiyat rivojlantiriladi;
b) ilmiy bilishga oid topshiriqlar. Bularni odatda ilmiy muammolar deb aytishadi. Muammo savolning shunday ko‘rinishiki, uning javobi fan to‘plagan bilimlar orasida mavjud bo‘lmaydi. Fanda eng kichik muammolarni yechishdan tortib, dunyo ahamiyatiga ega topshiriqlarni hal qilish ilmiy muammolarni qo‘yish va bajarishdan iborat. Ilmiy muammolarning asosiy vazifasi tabiat, jamiyat va ong hodisalarini o‘rganib yangi bilim, faoliyat usullarini kashf etishdir;
v) o‘quv-biluv topshiriqlari. Bunday topshiriqlar ta’lim jarayonida qo‘yiladi. Ular vositasida o‘quvchi shaxsi rivojlantiriladi.
Quyidagi tadqiqodlarga tayanib, chizmachilik fanidan ijodiy topshiriqlar tizimini asoslash mumkin. Buning uchun topshiriqlar nazariyasida qo‘llanadigan asosiy tushunchalarning ma’nolarini yanada oydinlashtirish, chegaralashga zarurat tug‘iladi.
Bu xildagi tasavvur «topshiriq»ning quyidagicha turlarini qayd etish imkonini beradi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə