Nizomiy nomidagi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə13/16
tarix26.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#107092
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
RAJAMATOVA UMIDANING UMUM

V) O‘quv muammolari – «o‘quv topshiriqlari majmui bo‘lib», ularni ijodiy topshiriqlar tizimi shaklida tasavvur qilish mumkin.
Chizmachilik darslarida qo‘llaniladigan ijodiy topshiriqlarning metodik xususiyatlarini yanada oydinlashtirish uchun -jadvalni keltiramiz:
Chizmachilikdan ijodiy grafik topshiriq turlari
2.3-jadval

Ijodiy topshiriq turlari

Ijodiy topshiriqlarning o‘ziga xos xususiyatlari

Ijodiy topshiriqlarning o‘quv faoliyatida bajaradigan vazifasi

Ijodiy mustaqil ish

O‘quv-biluv faoliyatining evristik imkoniyatini o‘stirish

O‘rganilayotgan mavzu doirasida biluv faoliyatini davom ettirishni ta’minlash

Ijodiy mashq

O‘rganilayotgan hodisani yangi axborotlar bilan kengaytirish

O‘rganilgan bilimlarni yangi-yangi o‘quv holatlarida qo‘llash

O‘quv muammosi

Bir maqsadga yo‘naltirilgan kompleks o‘quv topshiriqlari tizimi

Mavzu doirasida yangi bilim, faoliyat usullarini topish

Ta’lim jarayoni bosqichlarini hisobga olib, ijodiy topshiriqlarning quyidagicha funksiyalarini qayd etamiz: tayyorgarlik bosqichi yangi bilimlarni qabul qilishga hozirlik; bilimlarni bevosita idrok qilish bosqichida o‘rganilayotgan hodisaning asosiy xususiyatlarini tahlil qilish; mustahkamlash bosqichida o‘rganilgan bilimlarni o‘xshash o‘quv holatlariga tatbiq qilish; bilimlarni tatbiq qilish bosqichida bilim va malakalarni yangi-yangi o‘quv holatlarida ishlatish; bilimlarni umumlashtirish jarayonida umumlashtirish, faoliyatni tartibga tushirish funksiyalarini bajaradi. Bulardan ma’lum bo‘ladiki, o‘quv topshiriqlarining boshqa turlariga o‘xshab, ijodiy topshiriqlar ham turli-tuman ishlarni hal qilish vazifalarini bajaradi. Demak, ijodiy topshiriqlar ko‘p funksiyali metodik hodisadir.


Ijodiy topshiriqlar mazmunini tushunish, ularda qayd etilgan maqsadni anglash, topshiriqning faoliyatda bajaradigan ishini fahmlash, faoliyat usullarini topshiriq(lar)ni bajarishga tatbiq qilish o‘quv-biluv faoliyatini boshqarish imkoniyatlarini ham oshiradi. O‘quv-biluv faoliyatini boshqarish – bu «... o‘quvchining bir faoliyat turidan ikkinchisiga o‘tishiga va shu asosda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning quyi darajasidan yuqori darajasiga ko‘tarilishiga rahbarlikdir».
Ўқув топшириқлари назариясида топшириқлар тизимини тайёрлаш муаммоси энг долзарб масалалардан бири саналади.
Bunda o‘quv topshiriqlari, ayni holatda ijodiy o‘quv topshiriqlari tizimini tayyorlashning turli nuqtai nazarlari tahlil qilingan: F.B.Sushkova grafik mazmunli topshiriqlar tizimini tayyorlashda rioya qilinadigan didaktik talablarni o‘rgangan. Uning yozishicha, adabiyotlarda topshiriqlarni ta’limga tatbiq etishning eng asosiy nuqtai nazarlaridan biri tabiiy (jonli) tilda bayon qilingan topshiriqlarni sun’iy tilga, masalan, graflar vositasida bayon qilishga kam ahamiyat berilgan, topshiriq mazmuni bo‘yicha tuzilgan graflarni sharhlashni o‘quvchilarga o‘rgatish e’tibordan chetda qolgan. «Har qanday topshiriq o‘ziga oid shart, savol, izlanadigan noma’lumdan iborat. Bular topshiriqning tarkibiy qismlari sanaladi. O‘quv topshiriqlarining qurilishini o‘rganish yo‘li bilan ularning tizimini asoslash mumkin».
F.B.Sushkova o‘quv topshiriqlari tarkibini o‘rganib, grafik mazmunli topshiriqlarning uch tipini ajratgan: 1) berilgan topshiriqning grafini tayyorlash; 2) tuzilgan grafni sharhlash; 3) sharhlangan grafik asosida yangi grafik tayyorlash. Shunday qilib, F.B.Sushkova o‘quv topshirig‘ining tarkibini o‘rganib, ularning tizimini tayyorlash g‘oyasini ilgari surgan.
Chizmachilik darslarini tashkil qilish va uni amalga oshirishda eng avvalo bilish faoliyati, fazoviy tasavvur, mantiqiy va obrazli tafakkur, ijodkorlik kabi bir qator faoliyatlarni tarkib toptirishga e’tibor berish lozim. Bu borada ijodiy, yangilik yaratish qobiliyatni rivojlantirish asosiy omil hisoblanadi.
Yangilik subektiv va obektiv bulishi mumkin. Yangilik faqat yaratuvchiga nisbatan yangi bo‘lsa-subektiv, birinchi bor yaratilgan yangilik-obektiv yangilik deyiladi. Shunga kura yangiliklarni vjudga keltirish, ya’ni biror narsani yangidan loyihalash ko‘p fanlarda, jumladan arxitektura, dizayn va boshqalarda maxsus bilimni talab qiladi. Chizmachilik darslarida loyihalash elementlarining amalda joriy qilinishi xar xil buyum va detallarning fazoviy holatlarini, tarkibidagi konstruktiv elementlarni o‘zgartirish, surish va burish bilan ularning texnologik jarayoni, og‘irlik vaznlarini kamaytirish va dizayn talablariga mos yangi shakl nazarda tutiladi. Bu albatta subyektiv yangilik xisoblanadi.
Chizmachilik darslarida o‘quvchining ijodiy faoliyatini rivojlantirishda ijodiy masalalardan foydalanish eng maqbul, unumli va samarali vositalardan biridir.
Chizmachilikdan ijodiy topshiriqlar tizimini yaratishda amal qilinadigan o‘quv holatlari xususiyatlari, ijodiy topshiriqlarning ta’lim jarayonidagi vazifalari, mohiyati, didaktik va metodik jihatlari inobatga olinishi kerak. Bunday ijodiy masalalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u turli xil javoblarga ega bo‘lib, o‘quvchi har qanday detalning tarkibiy qismi geometrtk sirtlarning yig‘indisidan va ular alohida geometrik tushunchalar bilan ifodalanishini anglaydi va o‘zaro bog‘lanishlari haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi Ular ongida narsaning hajmi namoyon bo‘ladi. Bu esa har qanday detalning tarkibiy kismini to‘g‘ri tahlil qilishga, ijodiy imkoniyatlarini ishga soluvchi grafik ishlarni bajarishga oid ko‘nikmalarini shakillantirshga xizmat qiladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə