Nizomiy nomidagi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə12/16
tarix26.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#107092
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
RAJAMATOVA UMIDANING UMUM

Test topshirig‘i - «test» (inglizcha-test-sinash, tekshirish, tadqiq qilish, o‘rganish ma’nolarini bildiradi). Psixologiya va didaktikada «standartlashtirilgan topshiriq» ma’nosini anglatib, tekshirish natijasiga qarab, o‘quvchilarning tayyorgarligini baholashni bildiradi. Test – bu o‘quvchilarning bilimi, ko‘nikma va malakasi, ijodiy faoliyat tajribasi, o‘quvchida shakllangan munosabatlarni tekshirish vositasidir.
Tafakkurga mo‘ljallangan topshiriqlarni ta’limga tatbiq etishda o‘quvchilar ijodiy faoliyat ko‘rsatadi. Xotiraga mo‘ljallab tuzilgan o‘quv topshiriqlari o‘rganilgan (shuningdek, o‘rganilayotgan) bo‘limlarni yanada takomillashtirish, tafakkurga mo‘ljallab tuzilgan o‘quv topshiriqlar o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Ijodiy topshiriqlar rang-barang bo‘lib, ular o‘quvchilar tafakkurini mo‘ljalga olib tuzilganligi, o‘quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilganligi bilan o‘quv topshiriqlarining esga tushirish yo‘li bilan bajariladigan turlaridan farq qiladi.
O‘quvchilar faoliyatiga ko‘ra ijodiy topshiriqlarni uch guruhga ajratib tahlil qilishni mo‘ljalga oldik. Bular ijodiy mustaqil ish, ijodiy mashq, o‘quv muammolaridir.
A) Ijodiy mustaqil ish ijodiy topshiriqlarning boshqa turlaridan ikki jihati bilan farq qiladi: operativ (zudlik bilan) tashkil etish imkoniyati borligi va o‘quv-biluv faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga egaligi. Binobarin, ijodiy mustaqil ish ta’limning shunday vositasiki, uni ta’limga tatbiq etish yo‘li bilan
-o‘qish, o‘rganishga ishtiyoq davom ettiriladi, dars doirasida hosil qilingan motivlarning davom etishi ta’minlanadi;
-o‘quvchilarni bilishga, bilim, malakalar doirasini kengaytirishga olib keladi;
-o‘rganilayotgan o‘quv materiali ustida o‘quvchilarning o‘z faoliyatlarini mustaqil davom ettirishga zamin tayyorlaydi;
-o‘quvchilar faoliyatiga rahbarlik qilishni ma’lum darajada osonlashtiradi.
B) Ijodiy mashq. mashqlarning bir turi-trenirovka qilish uchun tuzilgan mashqlarning xotiraga mo‘ljallanganligi misollar bilan tavsiflangan edi. Har doim bilimlarni esga tushirib mashq qildirish ta’limda o‘quvchilarning zerikishiga sabab bo‘ladi. Mashq qilish jarayonida o‘quvchilarning zerikishini bartaraf etish uchun ijodiy mashqlardan foydalaniladi. Xo‘p, ijodiy mashqni qanday tushunish kerak?
Ijodiy mashq noijodiy mashqdan ikki xil xususiyatiga ko‘ra farq qiladi: o‘rganilgan bilimlarni yangi-yangi o‘quv holatlarida sinab ko‘rish; o‘rganilgan bilimlar doirasini kengaytirish. Keyingi xususiyat didaktikada kumulyatsiya hodisasi sifatida qaraladi: «Kumulyatsiya hodisasiga ko‘ra, o‘quvchi oldin o‘rganilgan o‘quv materialiga takroriy qaytib kelganda o‘z tushunchasi doirasini yangi bilimlar, tasavvurlar, faktlar, bog‘lanishlar bilan boyitadi».

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə