Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

3. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot. 
Katta 
yoshli kishi ta’sirida bolada muloqotning yangi – vaziyatdan tashqari-
shaxsli shakli vujudga keladi, unda bola «odamlar olami»ga qarab ish 
tutadi. Bola odamni jamiyatning vakili deb biladi, ijtimoiy olamdagi 
o‘zaro bog‘liqlikni o‘zlashtiradi.
Muloqotning ushbu shakli vujudga kelishi va rivojlanishi ko‘p ji-
hatdan bolalar kattalarning o‘zaro munosabatlari, jamiyatda o‘zining 
tutish qoidalari bilan qiziqadigan o‘yinlarning rivojlanishi bilan uzviy 
darajada bog‘liqdir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar faqat katta-
larning xayrixoh diqqat-e’tiborlariga va ular bilan hamkorlik qilishga 
emas, balki kattalarning ularni hurmat qilishlariga, o‘zaro bir-birini 
tushunish va hamdard bo‘lishilariga intiladi.
Besh yosh chegarasida bolaning tengdoshlari bilan muloqotga 
kirishish, o‘zini boshqalar bilan taqqoslash, taqlid qilishga ehtiyoji 
keskin ortadi. Faoliyatning o‘ziga va tengdosh sheriklariga bo‘lgan 
qiziqishdan kelib chiqqan holda, biron-bir ishda (o‘yinda, mahsuldor 
faoliyatda) ishtirok etishga intilish ancha barqaror bo‘lib qoladi.
Tengdoshlar bilan muloqotda, o‘yinda va faoliyatning boshqa tur-
larida axborot almashish, funksiyani rejalashtirish, ajratish va muvo-
fiqlashtirish, ya’ni birgalikda faoliyat yurituvchi bolalarning umum
-


102
lashuviga ko‘maklashuvchi harakatlarning barchasi amalga oshi-
riladi. Yosh ulg‘aygani sayin muloqot mustaqil ahamiyat kasb etib 
boradi, bu hol bolaning tengdoshlariga hamdardlik bildirishi, ularni 
tushunishi, emotsional yaqinligida namoyon bo‘ladi.
Yetti yoshga kelib bola tengdoshining shaxsga oid xususiyatla-
rini ajrata boshlaydi («qiziqarli o‘yinlar o‘ylab topadi», «Yaxshi 
yuguradi», «Juda yaxshi, kulgili» va h.k.).
Yetti yoshli bolalarda, agarda ular maktabgacha ta’lim muassasa-
sida bir guruhda bir necha yil birga tarbiyalangan bo‘lsalar, ancha 
uyushgan bolalar jamiyati mavjud bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi 
kichik bolalarga nisbatan muloqot doirasi ancha kengayadi. O‘yin 
guruhlarining barqarorligi ortadi, ulardagi bolalarning o‘rtacha soni 
ikki-uch kishiga yetadi, ba’zan, ayniqsa, o‘g‘il bolalarda 8–9 kishidan 
iborat o‘yin guruhlari vujudga keladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ 
ko‘nikmalarning yuqori darajasi va ulardan o‘rinli foydalanish 
kuzatiladi. Ular tomonidan takliflar, iltimoslarni asoslash uchun 
keltiriladigan dalillar, baholar o‘z mazmuniga ko‘ra yanada ta-
komillashib boradi.
Bolalar hayotining yettinchi yilida tengdoshlari bilan do‘stona 
munosabatlarga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortadi. Bolalar o‘z tengdosh-
lariga nisbatan beradigan baholar umumlashtirilgan xususiyatga ega 
bo‘ladi va bu maktabgacha katta yoshdagi bolalarning MTMsidagi 
guruh hayotiga aloqadorligi tobora ortib borayotganidan dalolat be-
radi («Hamma bilan do‘st», «Agar bolalar urushib qolishsa, yarashti-
radi», «Agarda bironta bolani xafa qilishsa, uning yonini oladi»).
Axloq normalari va qoidalarini o‘zlashtirib olish natijasida bolada 
shakllanadigan etnik o‘lchovlar uning universal insoniy qadriyat-
larga munosabatini aks ettiradi, bola uni faqat o‘z shaxsiga nisbatan 
qo‘llash bilan cheklanib qolmaydi.
Bola borgan sayin kattalarga qaram bo‘lmasdan mustaqil bo‘lib 
boradi. Uning ijtimoiy tajribasi boyiydi, atrofdagilar bilan o‘zaro mu-
nosabatlari murakkablashadi. Bu unga o‘zini, o‘zining afzalliklari va 
kamchiliklarini to‘liqroq anglab yetish imkonini beradi. O‘zi haqi-
dagi bilimlari cheklanganligi tufayli kattalarning baholarini ishonib 


103
qabul qiladigan va o‘zini katta yoshli odamning fikri orqali qabul qi-
ladigan ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalardan farqli ra-
vishda, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘zi haqidagi mustaqil 
tasavvurlar hamda o‘zini, o‘z harakatlarini va tashqi xususiyatlarini 
baholash elementlari paydo bo‘ladi.
Bolaga odamlar – kattalar va tengdoshlari olamini yaqinroq bilib 
olish uchun quyidagilar zarur:
– katta yoshli odamning bola bilan hamda bolalarning bir-
birlari bilan badiiy, musiqiy, teatr faoliyatining har xil turlarida (er-
taklarni sahnalashtirish, tomosha ko‘rsatish, barmoqli va boshqa teatr 
turlari) emotsional jihatdan boy mazmunli muloqoti;
– o‘z yaqinlari bo‘lgan kattalar va tengdoshlariga nisbatan 
yoqtirish, emotsional bog‘liqlik hissiyotlarini, o‘zaro bir-birini tu-
shunish va hamdard bo‘lish tuyg‘ularini tarbiyalash uchun bolalar-
ning kattalar va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishishga undovchi 
sharoitlar yaratish; ularning emotsional holatlarini: quvonch, zavq-
shavq, qayg‘u, xotirjamlik, g‘azab, jahl, tashvishlilikni; amaliy va 
shaxsiy sifatlarini; turli faoliyat shakllarida, jamiyatdagi axloq qoi-
dalariga rioya qilishdagi imkoniyatlarini anglash uchun; agarda 
boshqa odam charchagan, unchalik sog‘lom emas, o‘zini yomon his 
qilayotgan bo‘lsa, nimagadir xafa bo‘lsa, tashvishga tushgan bo‘lsa 
unga hamdardlik bildirish va kattalar hamda bolalarning ifodali nut-
qiga, hazillarga emotsional munosabat bildirishni tarbiyalash uchun 
zarur shart-sharoitlarni hosil qilish;
– kishilarning teatrda, muzeylarda, ko‘rgazmalarda, trans-
portda, pochtada, bankda, stadionda, do‘konda o‘zini tutishini 
ko‘rsatuvchi hamda bolalarning axloq va nutqiy muloqot qoidalari, 
normalariga oid diafilmlar, shuningdek, maxsus suratga olin
-
gan maktabgacha ta’lim muassasasidagi kattalar va bolalar, ular 
ishtirokidagi o‘yinlar, mashg‘ulotlar, bayramlar haqidagi videofilm
-
larni namoyish qilish. Bolalarda insonlar olamiga nisbatan qiziqish-
ni rivojlantirish vositasi sifatida muzeylar, teatrlar, ko‘rgazmalar, 
sayrlar, ekskursiyalarga borish;
– katta yoshli odam, boshqa bolalarning iltimoslarini baja-
rishga intilishlarini, takliflarga javob berishini qo‘llab-quvvatlash. 


104
Kattalar mehnatiga bo‘lgan qiziqishni va uning ijtimoy ahamiyatini 
qadrlash, mehnat natijalarini asrab-avaylash, kattalar bilan birgalik-
dagi mehnat faoliyatiga qo‘shilish qobilyatini shakllantirish.
Bolaning kattalar hamda tengdoshlari bilan muloqoti va munosa-
batlarini rivojlantirish, shuningdek o‘zining obrazi va o‘ziga bo‘lgan 
munosabat shakllanishida erishilgan yutuqlar shaxsning ijtimoiy layo-
qatlilik yoki yetuklik kabi kompleks bazaviy xususiyatlarida jamlanadi.
Yetti yoshga kelib bolaning ijtimoiy rivojlanishi quyidagi 
ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
– bola mehribonchilik, e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi; yor-
dam so‘rash va uni ko‘rsatishni biladi; boshqa kishilarning xohish-
larini hurmat qiladi; o‘zini tutib tura oladi. Hamon tarbiyachining 
ijtimoiy-psixologik layoqatiga, uning bolani yaxshi bilish qobili-
yatiga, bolaning xulqidagi ijobiy xislatlarni topishga intilishi, o‘ziga-
o‘zi baho berishning kamayishi yoki ortishi bilan bog‘liq emotsional 
muammolarni «oldindan ko‘ra olish» imkoniyatiga bog‘liq bo‘lgan 
kattalar (pedagog, oila a’zolari) bahosi muhim rol o‘ynaydi;
– o‘z xulqi va muloqot vositalarini boshqarishga qodir; u o‘z 
xulqi bilan boshqalarga xalaqit bermagan holda, kattalar va tengdosh-
lari bilan birgalikdagi faoliyatga qo‘shilishi mumkin;
– ayrim kishilar bilan muloqot vaziyatlarida o‘z qadr-qimmatini 
bilish, o‘zini hurmat qilish, kattalar va tengdoshlari bilan munosabat-
lar tizimida o‘zining munosib o‘rnini egallashga intilish tuyg‘usini 
namoyon etadi.
O‘z imkoniyatlari va shaxs sifatidagi xususiyatlari haqida aniq 
tasavvur hosil qilish uchun bola shaxsiy tajribada orttiradigan baho 
u tengdoshlari va kattalar bilan muloqotda to‘playdigan o‘zi haqidagi 
baholar va bilimlar bilan uyg‘unlashishi lozim. Agarda bu uyg‘unlik 
muntazam ravishda buzilib tursa, bolaning o‘zi haqidagi tasavvurlari 
asta-sekin ortib yoki kamayib boradi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlar bolaning ijtimoiy rivojlanishi qancha-
lik murakkab ekanligini ko‘rsatmoqda. Maktabgacha yosh shaxsni shakl-
lantirish, uni jamiyat shaxsiga aylantirishning eng muhim davri hisobla-
nadi. Shaxsni rivojlantirish uning ehtiyojlari oxir-oqibatda iste’mol qilish 
emas, balki albatta yaratish sohasida bo‘lishini nazarda tutadi.


105
Ijtimoiy munosabatlarning turli xillari (davlat-siyosiy xildan tortib 
to maishiy va ichki oilaviy xillargacha) ikki tilli individning shaklla-
nish jarayoniga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Va bu ona tili 
va o‘zga tilni o‘qitish turini belgilash uchun muhimdir. Multilingval 
vaziyatda ijtimoiy hamkorlik monolingval vaziyatga nisbatan mulo-
qotga kirishuvchi kommunikantlar tillarining konfiguratsiyasi, ular-
ning bir-birlarining tillariga nisbatan ko‘rsatmalari, o‘zaro bir-birini 
tushunish darajasi, kommunikatsiya ro‘y berishining tashqi sharoit-
lari xususiyatlari bilan belgilanadi:
– qanday til siyosati bola yoshida ikki tillilik shakllanishiga 
yordam beradi, amaliyotda tilni rejalashtirish qanday shakllarda 
amalga oshiriladi, qaysi toifadagi ta’lim muassasalari bilingv shakl-
lanishiga yordam beradi?
– maktabgacha yoshdagi bolalarni ikki tilda tarbiyalashni tashkil 
etishda rasmiy va muayyan-amaliy darajada tillar va madaniyatlar-
ning o‘zaro bir-biriga ta’sirining qaysi jihatlariga e’tiborni qaratish 
lozim, ikki tilli individlarni o‘rganishda qaysi muammolar ko‘tariladi, 
insonda tillarning o‘zaro hamkorligi va nisbatiga qaysi omillar ta’sir 
ko‘rsatadi?
– ijtimoiy fikr, kattalar (ota-onalar, pedagoglar va boshq.) 
ko‘rsatmasi bolalarni tarbiyalash, o‘qitish va rivojlantirish hamda 
MTMsining ikki tillilikni shakllantirishga oid faoliyati bilan qay tarz-
da hamkorlik qiladi? 
– ijtimoiy-rus ikki tilliligining qaysi xillari mavjud, o‘zi uchun 
ona tili bo‘lmasa-da, rus (o‘zbek) tillarida so‘zlashayotganlar uchun 
ushbu til qaysi sifatlari bilan tavsiflanadi; rus (o‘zbek) tillarining 
boshqa tillar bilan aloqada bo‘lish xususiyatlari maktabgacha yosh-
dagi bolalarni ikkitilli qilib tarbiyalash jarayoniga qanday ta’sir 
ko‘rsatadi?
– maktabgacha yoshdagi bolalar ikkitilliligining xususiyatlari 
qanday?
– maktabgacha ta’lim muassasasida bilingvlarning xulqi xususi-
yatlari nimalarda ko‘rinadi?

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə