151
18-§. Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqni
rivojlantirish metodikasi
Reja:
1. Nutqiy va fonematik eshitishni rivojlantirish.
2. Nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirsh.
3. Tovush tizimi, intonatsiyaning mohiyati va mazmuni.
Tayanch tushunchalar:
nutqiy va fonematik eshitish, nutqiy mu-
loqot, tovush tizimi, tovush artikulatsiyasi, artikulatsiya, intonatsiya,
jismoniy daqiqa, ohang, tembr, pauza, og‘zaki (dialogik) nutq, ra-
von nutq, tovush madaniyati, nutqni rivojlantirish, tetiklashtiruvchi
mashq, orfoepik talaffuz, xalqona talaffuz, prosodemalar, nonutqiy
vosita, orfoepiya.
1. Nutqiy va fonematik eshitishni rivojlantirish.
Bolalarning
ona tilida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xalq ma’naviy boylikla-
rini qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning kelgusida
o‘z davrining ilmiy yutuqlarini o‘zlashtira olishlari, ularning insoni-
yatning ilg‘or she’riy va estetik ideallariga sodiqligi, ya’ni mustaqil
O‘zbekistonda demokratik jamiyatning to‘laqonli quruvchilari bo‘la
olishlari tarbiyachiga bog‘liqdir.
Bolalarga nutqni o‘rgatish uchun bo‘lajak tarbiyachi nutqni rivoj-
lantirish metodikasi nazariyasini chuqur o‘rganishi va ushbu soha-
ning fanga ma’lum bo‘lgan metodlarini o‘zlashtirishi, bolaning ona
tilini o‘zlashtirish qonuniyatlarini tushunib yetishi lozim.
Ta’limning fonetika sohasidagi vazifalari.
Quloqni tovushlarga va
yangi tildagi so‘zlarga o‘rgatish, tovush qurilishining asosiy qonuniyat-
larini farqlash zarurligi; to‘g‘ri adabiy talaffuz qoidalarini o‘zlashtirish,
tilning tovush qurilishi asosiy qoidalari, ya’ni undoshlarning qattiqligi-
yumshoqligi, jarangli va jarangsizligiga qarab, bir-biriga qarama-qarshi
qo‘yishni o‘zlashtirib olish asosida sheva bilan
gapirishning oldini olish
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar nutqini o‘stirishning muhim
vazifalaridan biri hisoblanadi. To‘g‘ri adabiy talaffuzni mashq qilishni
nutqni o‘zlashtirishning keyingi bosqichlarida ham davom ettirish darkor.
152
Bolalarning o‘z ona tilidan boshqa tilni o‘rganishlari orfoepik
(ifoda) qiyinchiliklarning yangi fonetik (tovush) qatlamga o‘tishidan
boshlanadi. Bunda shuni hisobga olish lozimki, ko‘p holatlarda
ushbu qiyinchiliklar inson nutqida milliy sheva ko‘rinishidagi aso-
ratlarni qoldiradi. Ko‘pgina holatlarda esa orfoepik (ifoda) to‘siq
mamlakatimizda o‘zga tilni o‘rganuvchilar uchun ijtimoiy lingvis-
tik sharoitlar o‘zgarganiga qaramasdan yengib o‘tilmay qolaveradi.
Hattoki, rus muhitida yashaydigan va o‘zga tilni yetarli darajada
egallab olgan odamlar ham butun umr bo‘yi
nutqdagi milliy she-
vadan xalos bo‘lolmaydilar. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi
va kichik maktab yoshidagi bolalarga o‘zga tilni o‘qitishda birinchi
mashg‘ulotlardan boshlaboq, ularda to‘g‘ri adabiy talaffuzni shakl-
lantirish ishiga alohida e’tibor berish lozim. Shu bois, pedagog oldida
quyidagi vazifalar turadi:
– bolalarda artikulatsiya apparatining harakatchanligini rivoj-
lantirish;
– eshitish organlarini yangi til tovushlariga o‘rgatish;
– bo‘g‘inlardagi, so‘zlardagi tovushlarni rus tilining orfoepik qoi-
dalariga
mos ravishda sof, tushunarli ifodalashni shakllantirish;
– bolalar nutqining ifodaviyligini, yaxshi talaffuzni shakllantirish;
– milliy shevaning oldini olish.
To‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish nutqning tovush
madaniyatini tarbiyalashga oid ishlarning muhim qismi hisoblanadi.
Bu ish lug‘atni, ravon va grammatik to‘g‘ri nutqni rivojlantirish bilan
bir vaqtda amalga oshiriladi.
Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni - bo-
lalarda og‘zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti
ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlantirish metodi-
kasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi:
nimani o‘qitish (bolalarda qanday nutqiy ko‘nikmalarni tarbi-
yalash), qanday o‘qitish (bolalar nutqini
shakllantirishda qan-
day sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim),
nega endi aynan shunday o‘qitish zarur (nutqni rivojlantirish-
ning taklif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi
ma’lumotlariga asoslanmoqda).
153
Nutqni rivojlantirish metodikasi – maktabgacha yoshdagi bolalar-
da nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat qonuni-
yatlarini o‘rganuvchi fandir.
Metodikaning asosiy vazifasi – ilmiy-psixologik asosda nutqni
rivojlantirishning eng samarali vositalari, metodlari va usullarini ish-
lab chiqish hamda bolalarda zarur nutqiy ko‘nikmalarni muvaffaqi-
yatli ravishda rivojlantirishlari uchun ular bilan bolalar bog‘chalari
tarbiyachilarini qurollantirishdan iboratdir.
Nutqni rivojlantirish metodikasi bolalarga ona tilini o‘rgatishning
obyektiv
xususiyatlari aks ettirilgan, nutqni rivojlantirish metodikasi
sohasida O‘zbekiston Respublikasida va xorijda yaratilgan hamda
hozirda mavjud bo‘lgan barcha ijobiy natijalar umumlashtirilgan.
Metodik nazariyani bilmaydigan tarbiyachi faqat o‘z farazlaridan
kelib chiqib yoki boshqalarning tajribalaridan nusxa ko‘chirgan holda
bolalarni ko‘r-ko‘rona tarbiyalaydi. U ko‘p narsani nazardan qochi-
radi, chunki rang-barang metodlar va usullarni bilmaydi. Nutqni ri-
vojlantirish metodikasi nazariyasi metodik amaliyot bilan birgalikda
rivojlanmoqda. Ayrim metodik qoidalarning yashovchanligi amali-
yotda tekshirib ko‘rilmoqda, amaliyotning o‘zi fan oldiga hali o‘z
yechimini topmagan muhim masalalarni qo‘ymoqda.
Dostları ilə paylaş: