149
Kerakli jihozlar:
«Paxtazor» mavzusida rasmlar,
paxtadan tay-
yorlanadigan mahsulotlardan namunalar (paxta, sovun, ip kabilar).
Mashg‘ulotning borishi
. Bolalarga ko‘rinarli qilib «Paxtazor-
da» mavzusida surat ilinadi. Tarbiyachi qisqagina kirish suhbati
o‘tkazadi.
Bolalar, paxta – o‘zbek
xalqining faxri, milliy boyligi hisob-
lanadi. Uni e’zozlab «Oq oltin» deb ataydilar.
Paxta yetishtirish
uchun dehqonlarimiz juda ko‘p mehnat qiladilar. Bahor va yozda
paxtani parvarish qiladilar. Kuzda paxtalar oppoq bo‘lib ochiladi.
Hosil yig‘ib terib olinadi.
Paxtadan ip, gazlama, yog‘, qog‘oz kabi
mahsulotlar olinadi. So‘ngra tarbiyachi bolalar diqqatini suratga
jalb qiladi.
1.
Suratda qayer tasvirlangan? (paxtazor).
2. Bolalar nima haqida suhbatlashyaptilar?
3. Suratga nima deb nom berish mumkin?
4. Paxtalarni qanday mashinalar teryapti?
5. Paxta terar mashina haydovchisini kim deb ataymiz? (me-
xanizatorlar)
6. Paxtadan qanday mahsulotlar olinadi?
Tarbiyachi:
Mana endi, suratga qarab hikoya tuzishga harakat qi-
ling. Avval hikoyaga qanday nom berishingizni ayting?
Bolalar hikoya tuzishga qiynalsalar tarbiyachi hikoya namunasini
beradi.
Tarbiyachining hikoya namunasi:
Katta paxta dalasi. Paxtalar qiyg‘os ochilgan.
Uchta paxta terar
mashina paxta dalasida ishga tushirilgan. Paxta terar mashinani
mexanizatorlar boshqaryaptilar. Shahzoda va Zuhriddinlar pax-
tazorni tomosha qilib turibdilar. Zuhriddin Shahzodaga «Men
katta
bo‘lsam albatta mexanizator bo‘laman. Mashinada paxta terishni
orzu qilaman» dedi.
Hikoyangizni qiziqarli tugating (bolalar hikoyalarini tugatishga
qiynalsalar, tarbiyachi ularga yordam berishi mumkin).
Dostları ilə paylaş: