140
Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasi
shakllanadi.
Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzishga
o‘rganadilar.
Tovushga xos xususiyatlarni bilib oladilar.
Kerakli jihozlar:
Mavzuga oid rasmlar.
Stol, stul, rangli qog‘oz
va qalamlar, o‘yin ishtirokchilari.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi
: Bolalar, hozir biz uchun qadrdon bo‘lgan maktab-
gacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashamiz. Biz maktabgacha
ta’lim muassasasini sevamiz. U bizning ikkinchi uyimiz. Siz mak-
tabga borganingizda o‘qituvchingiz maktabgacha ta’lim muassasasi
haqida so‘rab qolishi mumkin. Shunda
siz qiynalib qolmasligingiz
uchun shu mavzuda hikoya tuzishga o‘rganamiz.
1.
Siz qatnagan maktabgacha ta’lim muassasasi qaysi ko‘chada
joylashgan?
2. U necha qavatli?
3. Maktabgacha ta’lim muassasasining qanday xonalari bor?
4. Maydoncha, yer uchastkalari bormi?
5. Uning kiraverishi qanday bezatilgan?
Tarbiyachi
: Maktabgacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashib
oldik. Endi kim shu mavzuda hikoya tuzib beradi? (Tarbiyachi namu-
naviy hikoya berishi mumkin).
Maktabgacha ta’lim muassasasi Olmazor ko‘chasida joylashgan.
Ikki qavatli.
Birinchi qavatida oshxona, hamshira,
mudira xonalari
bor. Shu qavatda muzey xonasi ham bor. Musavvirlar kiraverishini
o‘zbek xalq ertaklaridan lavhalar bilan bezatishgan.
Biz maktabgacha
ta’lim muassasasini sevamiz (5–6 ta bolalar hikoyalari tinglanadi).
Tarbiyachi
: Men hikoyalaringizni eshitib, maktabgacha ta’lim
muassasangizni qanchalik yaxshi ko‘rishingizni bilib oldim.
Hozir
«Maktabgacha ta’lim muassasasi» jumlasini men chaqirgan bola
aytadi. Qolgan bolalar aytilgan gap qaysi kayfiyatda aytilganini an
-
iqlaydilar (Bolalar jumlani xafa, xursand
kabi holatlardagi kayfi
-
yatda aytishlari mumkin).