137
16-§. Turli yosh bosqichlarida monologik nutqni o‘rgatish
ishining mazmuni va uning vazifalari
Reja:
1.
Bolalarga monologik nutqni o‘rgatish ishining mazmuni va
vazifalari.
2. Monologik nutqni rivojlantirishga doir mashg‘ulotlar.
Tayanch tushunchalar:
monologik nutq, jarayon, shaxsiy hayot,
xususiyat, shaxsiy qobiliyat.
1.
Bolalarni monologik nutqni o‘rgatish ishining mazmuni
va vazifalari.
Hikoya qilib berish (monologik nutq)ga o‘rgatishdir.
Ravon nutqni rivojlantirishda monologik nutq katta yordam beri-
shi amaliyotda o‘z isbotini topgan. Tafakkurning rivojlanlanganligi
lug‘at boyligi, jumla tuzish malakasi, o‘z fikrini erkin va ravon bayon
eta olish ko‘nikmasi bilan chambarchas bog‘liq.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga muayyan mavzular bo‘yicha
ertaklar, rasmlar asosida hikoya tuzish topshirig‘i ham berilishi lozim.
Bunday topshiriq ustida ishlash orqali ularda mustaqillik, ijodiy faol-
lik rivojlantiriladi. «Bizning oila», «Bahor fasli», «Qo‘g‘irchoq teat-
rida», «Ertaklar mamlakatida», «Qo‘g‘irchoqlarim-ovunchoqlarim»,
«Uch ayiq», «Quyonlar», «Qovoqpolvon» va boshqa mavzularda
hikoya tuzishni tavsiya etish bolalarni nihoyatda qiziqtiradi.
Jumlani to‘g‘ri tuzish, tovushlarni, qo‘shimchalarni to‘g‘ri talaf-
fuz etish, yoshiga mos darajada tasviriy vositalardan to‘g‘ri foydalana
olishiga yordam berib boriladi.
«Bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari dasturi»ga binoan
muayyan mavzular bo‘yicha
mustaqil jumlalar tuzish, ona tiliga xos
tovush, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, nutqning ta’sirchanligiga eri-
shish, rasmlar asosida hikoya tuzish, kichik hajmli badiiy asarlarni
qayta hikoya qilib berish, manzarali rasmlar asosida hikoyalar tuzish
talab etiladi. Lekin kuzatishlar bu talablarning to‘liq bajarilmayot-
ganini ko‘rsatadi.
138
Vaholanki, bolalarning nutqini rivojlanti rishda
badiiy adabiyot-
ning imkoniyatlari kattadir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari badiiy
adabiyot namunalari bilan har kuni tanishtirilib boriladi. hiko-
yatlar, rivoyatlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlar,
tez aytishlar va
qo‘shiqlar ular nutqining ifodaliligini ta’minlab qo‘ya qolmaydi,
balki so‘z zaxirasini ham boyitadi, adabiy til imkoniyatlaridan bah-
ramand qiladi.
«Bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari uchun dastur»da badiiy
adabiyot namunalari bilan tanishish uchun tavsiya etilgan ro‘yxatdan
mashg‘ulotlar o‘tkazishda keng foydalaniladi.
Dasturda qo‘shimcha adabiyotlar ham tavsiya etilgan bo‘lib, bular
asosiy adabiyotlar vositasida o‘tiladigan mavzularni to‘ldirishga va
mashg‘ulotlarni yanada boyitishga yordam beradi.
Bolalar nutqini rivojlantirishda eng muhim vazifalar sifatida
ularning lug‘atini boyitish va faollashtirish,
nutqining gramma-
tik tuzilishini, tovush madaniyatini, dialogik va monologik nutqni
shakllantirish, badiiy adabiyot namunalaridan foydalanish juda
muhimdir.
Ma’lumki, bolalarning kundalik faoliyatida hikoya tuzishga
yo‘naltirishda ularni so‘zlashga undamoq zarur. Masalan, «Kecha
biznikida to‘y bo‘ldi» mavzusida bolalarning o‘zi
tuzgan hikoyani
quyidagicha yo‘naltiruvchi savollar bilan to‘ldirish mumkin.
Sizlarnikida «Qanaqa to‘y bo‘ldi?», «To‘yga kimlar keldi?», «Sen
to‘yda nima ish qilding?», «To‘y yaxshimi?» yoki bolalardan biri
betob bo‘lib qoldi deylik. Sog‘aygandan so‘ng maktabgacha ta’lim
muassasasiga kelgan kuni, albatta, savol-javob bo‘ladi: «Sobir, Zokir
yoki Gulchehra nima uchun maktabgacha ta’lim muassasalariga kel-
may qo‘yding?»
– «Men kasal bo‘lib qoldim».
Shunda tarbiyachi bolani so‘zlatish, hikoya qilishga undash uchun
quyidagi savollarni beradi: «Qanday kasal bo‘lding?», «Uyga shi-
fokor chaqirdilaringmi?», «Qanday davolanding?», «Betobligingda
zerikmasliging uchun senga qanday kitob o‘qib berishdi?», «Bizga
ham aytib bergin-chi?».
139
Bundan tashqari, mashg‘ulotlar xonasi jihozlarini o‘zgartirib bo-
rish, bolalar chizgan rasmlar ko‘rgazmasi, kichkintoylar uchun kitob-
lar ko‘rgazmasini uyushtirish jarayonidagi dialogik
yoki monologik
hikoyalar ham katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bu borada bizga bolalarning oilalari yaxshi yordam berdilar. Nati-
jada sovg‘a qilingan kitob, kasb haqida suhbat, musiqiy lahzalar,
mehnat jarayoni, bolalarning oilasidagi yaqin kishilari – yozuvchi,
shoir, rassom, bastakor, quruvchi, haydovchi, doktor, o‘qituvchi, chi-
langar va boshqalar haqida maroqli hikoyalar tuzishga sabab bo‘ldi.
Bolalarning turli ko‘katlar, gullar bayramida gullar,
yangi yil er-
taligida turli hayvonlar rolida chiqishlari, qo‘g‘irchoq teatri spektakli
kabi turli hikoyalarda o‘z ifodasini topdi. Demak, yaratilgan sog‘lom,
qiziqarli muhit ma’naviy sog‘lomlikning muhim mezoni – ravon
nutqning ham sog‘lom bo‘lishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida,
ravon nutqning har bir talabini reja asosida bir tizimda, maqsadga
muvofiq amalga oshisihini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: