O’quv materiallari ( ma’ruzalar t o’plami )


– mavzu. Qonun ustuvorligi – demokratik davlat va fuqarolik



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə18/30
tarix11.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#145558
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va-fayllar.org

6– mavzu. Qonun ustuvorligi – demokratik davlat va fuqarolik 

jamiyati qurishning asosi. 

REJA: 
1.Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning o’ziga xos xususiyatlari.
2.Demokratik fuqarolik jamiyati qurishda qonun ustuvorligi
tamoyilining mustahkamlanishi. 
3.Fuqarolik jamiyati va uning huquqiy asoslari.
Ma’lumki O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin o’ziga xos bo’lgan taraqqiyot

yo’lini - ya’ni bozor iqtisodi tamoyillariga asoslangan erkin, ochiq demokratik davlat


1
2002 йил 8-май ойида ЖИДУ да бўлган Халқаро конференция баённомасида айтилган фикрдан кўчирма. 

qurish vazifasini asosiy maqsad qilib belgilab oldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom


Karimov ta’kidlab o’tganidek: «Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat 
qurmoqchimiz… Adolat va haqiqat g’oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab
olmog’i darkor. Adolat va haqiqat g’oyasi qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yo’nalishi 
bo’lmog’i shart
1

Darhaqiqat, adolat tushunchasi bilan qonun ustuvorligi tushunchasi chambarchas bog’liqdir.


Yurtboshimiz belgilab berganlaridek, qabul qilinayotgan qonunlarimizning zamirida adolat yotishi 
lozim. Adolatga asoslangan qonunlarning hayotga tatbiq etilishi adolatning tantana qilishiga olib
keladi.
Demokratik jamiyat qurish uchun mamlakatda qabul qilinayotgan qonunlar adolatli bo’lishi,
o’zida xalq manfaatlarini ifoda etishi shart. Bunday qonunlarga og’ishmay itoat etilsagina, 
jamiyatda demokratiya qaror topadi va mustahkam bo’ladi. Chunki barcha demokratik institutlar,
inson huquq va erkinliklari qonun vositasida joriy etiladi.
Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri - jamiyat a’zolarining qonun oldidagi
tengligini, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta’minlanganligidir. Shu bilan birga 
Konstitutsiya va qonunlarning pirovard maqsadi inson, uning huquq va erkinliklarini ta’minlashdan
iborat bo’lmog’i lozim.
«Qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari
muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni 
qonunga bo’ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan
chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki 
uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi»
1

Qonun ustuvorligining mohiyati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qator


moddalarida belgilab berilgan. Konstitutsiyaning III bobi ikkita 15 va 16-moddalaridan iborat 
bo’lib, Konstitutsiya va qonun ustunligiga bag’ishlangan.
Konstitutsiyaning 
15-moddasiga
muvofiq «O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi.
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va 
qonunlarga muvofiq ish ko’radilar».
O’z faoliyatini Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq amalga oshirish sanab o’tilgan 
sub’ektlarning konstitutsiyaviy burchi bo’lib hisoblanadi. Agarda davlat organlari, nodavlat
tashkilotlar, mansabdor shaxslar yoki fuqarolar o’zlarining bu burchlarini bajarmasalar, ularga 
nisbatan tegishli javobgarlik choralari qo’llanishi mumkin.
Konstitutsiya va qonunlarga rioya etmagan shaxslarning javobgarligi Konstitutsiyaning o’zida 
yoki tegishli qonun hujjatlarida mustahkamlab qo’yilgan bo’ladi. Masalan, Konstitutsiya 93-
moddasining 12-bandiga muvofiq Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan tuman va shahar hokimlarini 
Respublika Prezidenti o’z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli.
Bu borada shuni ham aytib o’tish lozimki, Konstitutsiyaning normasi boshqa qonunlarning 
normalariga nisbatan ustunlik xarakteriga ega. Chunki Konstitutsiya barcha boshqa qonunlar uchun
poydevordir. 
Shuning uchun ham Konstitutsiya 16-moddasida mustahkamlangan qoidaga binoan «Birorta ham
qonun yoki boshqa normativ huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi 
mumkin emas». Agarda birorta normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaga zid keladigan bo’lsa, u
bekor qilinishi lozim.
O’zbekiston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini
ta’minlash mexanizmi ishlab chiqilgan va amalda qo’llaniladi. 
1
Каримов И А. Ўзбекистоннинг сиёсий, ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий тамойиллари. 

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг биринчи сессиясидаги маъруза. 1995 йил 23 феврал. «Ватан


саждагоҳ каби муқаддасдир» китобида, 3-ж., -Т., Ўзбекистон, 1996, 10-б. 
1
Каримов И.А. Адолат қонун устуворлигида. Иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий 

Мажлисининг олтинчи сессиясидаги маъруза. 2001 йил 29 август. «Хавфсизлик ва тинчлик учун курашмоқ


керак» китобида, 10-ж., -Т., Ўзбекистон, 2002, 28-бет 

Xo’sh, Konstitutsiyaning bu moddasiga binoan qonun yoki boshqa normativ-huquqiy


hujjatning Konstitutsiyaga mosligini qaysi organ nazorat qiladi, degan savolning tug’ilishi tabiiydir. 
Normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qilishni uning qaysi
bosqichda amalga oshirilishiga qarab, quyidagi ikki turga bo’lish mumkin: 
Birinchidan, dastlabki nazorat. Bu nazorat normativ-huquqiy hujjatlar loyiha vaqtida ularni
huquqiy ekspertizadan o’tkazish orqali amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining 
«Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida»gi 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan qonunining 18-
moddasiga muvofiq «Huquqiy ekspertiza normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlagan organning 
yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organning yuridik xizmati, shuningdek,
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi mumkin». 
Ikkinchidan, keyingi nazorat. Bu nazorat normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganidan keyin
amalga oshiriladi. Keyingi nazoratning o’zini ham ikki turga bo’lish mumkin.
a) normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan keyin, ammo u hali kuchga kirishidan avval
amalga oshiriladigan nazorat. Bu nazorat ham Adliya vazirligi tomonidan vazirliklar, davlat 
qo’mitalari va idoralar qabul qilgan umummajburiy xarakterga ega bo’lgan normativ-huquqiy
hujjatlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishdan avval amalga oshiriladi. Bu normativ-huquqiy hujjatlar 
davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyingina kuchga kiradi.
O’zbekiston Respublikasida vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning umummajburiy 
xarakterdagi normativ-huquqiy hujjatlarining Konstitutsiya va qonunlarga mosligini ta’minlash
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993 yil 17 iyunda «Vazirliklar, davlat 
qo’mitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi
va ularni davlat ro’yxatiga olish to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» va 1997 yil 9 oktyabrda 
«Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-
tadbirlari to’g’risida» qarorlar qabul qildi. 
Bu qarorlarning mohiyati shundaki, ular umummajburiy xarakterdagi idoraviy normativ-huquqiy
hujjatlarni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilishining 
majburiyligini ta’minlab berdi. 1997 yil 9 oktyabrdagi qarorda belgilanishicha, agar shunday
hujjatlar davlat ro’yxatidan o’tkazilmasa, ular yuridik kuchga ega bo’lmaydi. Konstitutsiya yoki 
qonunga zid bo’lganlari esa davlat ro’yxatiga olinishi mumkin emas. Ana shunday yo’l bilan
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga va qonunlarga mosligi ta’minlanmoqda. 
b) kuchga kirgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligi yuzasidan nazorat.
Bunday nazoratni barcha davlat organlari amalga oshiradilar. 
Umuman olganda qonunlarning ijro etilishi va normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga
va qonunlarga mos bo’lishini nazorat qilish qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini 
amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan olib boriladi.
Qabul qilingan qonunlarning ijro etilishini nazorat qilib borish Oliy Majlis faoliyatida o’ziga xos 
o’rin tutadi. Oliy Majlis tomonidan qonunlarga rioya qilinishini nazorat qilish, ularning
ta’sirchanligini o’rganish, qonun hujjatlaridagi kamchiliklarni, ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
solishdagi nuqsonlarni o’z vaqtida bartaraf etish maqsadini ko’zlaydi. Oliy Majlis qo’mitalari va
komissiyalari har yili qariyib 50 ta qonunning ijrosini o’rganadilar. Qonun hujjatlari talablari 
qanday bajarilayotganligi deyarli barcha vazirliklar va idoralarda, viloyatlarda tekshiriladi.
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini ta’minlash yuzasidan parlament 
nazoratini amalga oshirishda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman)
instituti muhim rol o’ynaydi
1
. Ma’lumki Er yuzida inson borki, u doimo o’z huquqi va erkinligini 

himoya qilish uchun imkoniyat izlagan va Ombudsmanning tashkil topishi esa, davlat bilan fuqaro


o’rtasidagi munosabatlarga yanada aniqlik kiritdi. Ombudsman fuqarolarning haq-huquqlarini 
himoya qiluvchi munosabatlarni nazorat qiluvchi vakildir. Ombudsman (Hombutsmen) shvedcha
so’z bo’lib, hukumat idoralari faoliyatini taftish, nazorat qiluvchi mansabdor shaxs yoki vakil 
ma’nosini anglatadi
2
.

1
Халилов Э.². Ўзбекистон Республикасининг Парламенти: Биринчи чақириқ Олий Мажлиснинг фаолияти. -


Т.: Ўзбекистон, 1999, 11-17 бетлар


2
Мустақиллик: изоҳли илмий-оммабоп луғати. -Т.: Шарқ. 1998, 179-б. 

Ushbu fikr hozirgi zamon huquqiy adabiyotlarida keng tarqalgandir. Biroq jamiyatda qonun


ustuvorligini ta’minlashda Ombudsman institutining o’ziga xos talqin va tarixiy ildizlari mavjud. 
Shu nuqtai nazardan amerikalik mutaxassis Din Gottererning bildirgan fikrlari diqqatga sazovordir.
U shunday deb yozadi: Ombudsman instituti ildizlari uzoq o’tmishga borib taqaladi. 
Ombudsmanning tarixiy ildizlaridan biri Qur’oni Karim va islom mafkurasining bir qismi sifatida
odillik tamoyillaridan kelib chiqadi
3
. O’sha payt inson huquqi va erkinliklarini himoya qilish, 

mulkiy, oila va nikohga oid huquqlarni tartibga soluvchi hamda shikoyatlarni qabul qilish va


nizolarni hal qilish uchun muxtasib mansabi dastlab halifa Umar tomonidan tashkil etilgan edi. 
Keyinchalik ana shunday muxtasib mansabi Movarounnahrdagi mavjud xonliklarda ham tashkil
etilgan bo’lib, ular asosan fuqarolarning shikoyatlarini adolat nuqtai nazardan hal etishga 
intilganlar.
Shunday qilib, Ombudsman institutining ildizlari Din Gotterer ta’kidlaganidek, Sharq 
mamlakatlari davlatchiligiga borib taqaladi. Biroq, Er yuzida rasmiy ravishda esa, birinchi marotaba
Ombudsman instituti 1709 yil Shvetsiya qirolligi huzurida tashkil topgan. 1709 yili Shvetsiya qiroli 
Karl XII Poltava janglarida mag’lubiyatga uchrab, Turkiya davlatiga qochib ketadi. Qirolsiz qolgan
Shvetsiyada tartibsizlik boshlanadi. Bundan xabar topgan Karl XII Turkiyada turib, 1713 yil 
Shvetsiya qirolligi huzurida Ombudsman tashkil qilish haqidagi qonunga nizo chekadi. Bugungi
kunda deyarli barcha demokratik mamlakatlarda Ombudsman instituti tashkil etilgan. 
Ombudsmanning muhim xususiyatlaridan biri uning mustaqilligidir.
Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakil (Ombudsman) demokratik yo’ldan borayotgan 
jamiyatimizdagi inson huquqlari bilan bog’liq muammolarni hal qilishda faol ishtirok etmoqda.
Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili Ombudsman 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan 
qonunda berilgan vakolatlariga muvofiq faoliyat ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda huquqiy
demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda alohida ahamiyatga ega bo’lmoqda.
O’zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi qonunining 26-
moddasining birinchi qismiga muvofiq «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarori O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan bekor qilinadi».
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 1-bandiga muvofiq O’zbekiston 
Respublikasining Prezidenti «fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga
rioya etilishining kafilidir». 
Bu normaga ko’ra Prezident birinchidan, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarda fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilayotganligini, ikkinchidan esa, 
ularning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qilib boradi.
Konstitutsiyaga ko’ra qonunlar Respublika Prezidenti tomonidan imzolanadi, boshqacha qilib 
aytganda, o’zining rasmiy tasdig’ini topadi. Agar Prezident qabul qilingan qonunda fuqarolarning
huquq va erkinliklariga rioya etilmagan yoki u Konstitutsiyaga zid deb hisoblasa, Konstitutsiya 93-
moddasining 14-bandiga muvofiq qonunga o’z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama
qilish va ovozga qo’yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga haqli. Agarda boshqa normativ-huquqiy 
hujjat, masalan, Vazirlar Mahkamasining qarori, vazirning buyrug’i, hokimning qarori
Konstitutsiyaga yoki qonunlarga zid bo’lsa Respublika Prezidenti shu moddaning 13-bandiga 
muvofiq uni to’xtatishga yoki bekor qilishga haqli.
«Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi Qonunning 26-moddasining ikkinchi qismiga 
muvofiq «Hokimlarning O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat hujjatlariga, 
shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
to’xtatiladi va bekor qilinadi».
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, qonun ustuvorligini ta’minlashda O’zbekiston Respublikasi 
3
Готтерер Д. Омбудсман ҳақида Демократлаштириш ва инсон ҳуқуқлари журнали. 1999, 1-сон, 27-б. 

Oliy Majlisiga qonunchilik tashabbusi asosida inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan


qonunlar loyihalarining kiritilishi ham katta ahamiyatga ega. 
Keyingi
yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan insonparvarlik, 
adolatparvarlik g’oyalariga asoslangan jinoyat, jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini
takomillashtirishga, jinoiy jazolarni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalari Oliy 
Majlisga kiritildi. Ularning qabul qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy hayotida o’zining samarasini
bermoqda. 
Huquqiy davlat tushunchasi demokratik davlat tushunchasi bilan chambarchas
bog’liqdir. Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, demokratik, huquqiy davlat kuch, inqilob 
bilan emas, balki tabiiy-tarixiy evolyutsion yo’l bilan barpo etiladi. Albatta, har qanday jamiyatda
huquqiy davlat tushunchasi u yoki bu qonunlarning mavjudligi bilan belgilanmaydi. Negaki, 
qonunlar huquq sifatida har bir davlatda mavjud va har qanday hokimiyat ulardan foydalanadi.
Hamma gap o’sha qonunlarning qandayligida va ularning qanday bajarilishidadir. 
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ruzalarida «Huquqiy davlatning mazmun-mohiyatini 
belgilaydigan amaldagi kodekslar, qonunlar, me’yoriy hujjatlarni tanqidiy baholagan holda huquqiy
davlatni shakllantirish borasida birinchi galda qabul qilishimiz zarur bo’lgan yangi qonun va 
me’yoriy hujjatlarni aniqlab olishimiz kerak» deb ta’kidlab o’tdilar
1

Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashda yurtboshimizning 1996 yil 31 oktyabrdagi


«Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi»ni tuzish to’g’risidagi farmoni 
alohida ahamiyatga ega bo’lmoqda. Bugungi kunda Milliy markaz mamlakatimiz va butun
jahondagi inson huquqlari, erkinliklarini jahon xalqaro huquq normalari asosida himoya etishning 
ta’sirli vositasi sifatida faoliyati ham ibratli bo’lmoqda. Biroq bu borada demokratik tamoyillarning
hayotga to’liq joriy etilishida jiddiy ayrim muammolar ham mavjud. Ulardan biri tom ma’nodagi 
sud mustaqilligiga erishishdan iboratdir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Sudlar tom
ma’nodagi mustaqil bo’lgan holdagina qonunlarning qat’iy ijrosi, ularning haqiqiy ustuvorligi 
so’zsiz ta’minlanadi. Qaerda sud mustaqil bo’lmas ekan, shu erda qonun talablari va adolat buzilishi
muqarrar»
2
. Darhaqiqat qonun ustuvorligini, insonning huquq va erkinliklari himoyasini 

ta’minlamasdan turib, demokratik va fuqarolik jamiyatini qurish haqida so’z yuritishga hech qanday


asos qolmaydi.
Sudlar tomonidan davlat organlari huquqiy hujjatlarining Konstitutsiyaga va
qonunlarga mosligini nazorat qilinishi - sud organlarining vakolatlaridan biri bo’lib
hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 12-moddasi «Davlat organiniig yoki 
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish», deb nomlangan
bo’lib, uning birinchi qismiga muvofiq «Davlat organlarining yoki fuqarolarning o’zini o’zi 
boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq bo’lmagan hamda fuqarolarning yoki yuridik
shaxslarning fuqarolik huquqlarini va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjati 
sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin».
Sud huquqiy hujjatni haqiqiy emas, deb qaror chiqargan taqdirda, bu qaror hamma davlat 
organlari va boshqalar uchun ham majburiydir. Chunki Konstitutsiyaning 114-moddasida «Sud
hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir», deb mustahkamlab
qo’yilgan. 
Sud qaroriga ko’ra haqiqiy emas deb e’lon qilingan huquqiy hujjat - yuridik kuchga ega emas.
Agarda biron-bir hujjatning qonuniyligi to’g’risida sud qarori mavjud bo’lsa, o’sha hujjat 
yuzasidan fuqarolar yoki tashkilotlar sudga yana shikoyat qilishlari mumkin emas.
1
Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт пировард мақсадимиз. -Т.: Ўзбекистон, 29-б. 

2
Каримов И.А. Биз танлаган йўл - демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. Т. II. –Т.: 


Ўзбекистон, 2003, 31-б.


Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy


hujjatlarning konstitutsiyaviyligini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyaviy sudiga yuklatilgan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi qonunlarning va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan boshqa
hujjatlarning, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, Hukumat qarorlarining, davlat 
hokimiyati mahalliy organlari qarorlarining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini
aniqlaydi. 
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, qonun ustuvorligi quyidagi uchala holat bo’lgandagina,
o’zining to’liq ifodasini topadi.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə