O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari



Yüklə 277,21 Kb.
səhifə31/35
tarix19.03.2023
ölçüsü277,21 Kb.
#102820
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Тиббий муассасаларда психологик хизмат ЎУ мажмуа 2020 2023

Optimizm – kechayotgan voqea va xodisalar jarayoniga nisbatan bildirilgan ikki xil qarama – qarshi fikrlar yoki munosabatlarni yaxshilikka yo‘yish.
Panelog – gurux ichidagi munozaradir
Psixodiagnostika (grekcha psyche – ruh va diagnostikos – bilishga qodir) – psixologik fan sohasi bo‘lib, shaxsning individual – psixik xususiyatlarini o‘lchash va aniqlash usullarini ishlab chiqadi.
Psixoterapiya (grekcha therapeia – parvarish qilish, davolash) – ko‘plab psixik, asabiy va psixosomatik xafagarchiliklarda inson hissiyoti, fikrlari, o‘z-o‘zini anglashiga kompleks davolovchi ta’sirdir (asosan nutq yordamida, biroq faqat uning yordamida emas). SHartli ravishda asosan mavjud alomatlarni yo‘qotish yoki yumshatishga qaratilgan klinik maqsadli psixoterapiya va insonga uning sotsial muhiti va o‘z shaxsiga nisbatan munosabatini o‘zgartirishga yordam berishni vazifa qilib olgan shaxsiy maqsadli psixoterapiya mavjudligi e’tirof qilinadi.
Psixo analiz – ruhiy xastalikni davolash usuli va psixologik ta’limot.
Psixotexnika (grekcha techne – san’at, mahorat) – psixik jarayonlarni sodir bo‘lish xarakteristikasini yaxshilash, mavjud psixik qobiliyatlarni o‘stirish va yangilarini shakllantirishda qo‘llaniladigan konkret metodik usullar yoki usullar tizimidir.
Predikatlar mantig‘i – muhokama yuritish jarayonlarining muloxazalarning ichki strukturasidan kelib chiqib tahlil qiladigan mantiqiy sistema. U muloxg‘azalar mantig‘ini o‘z ichiga oladi. Predikatlar mantig‘i tili muloxazalar mantig‘i tiliga qo‘shimcha simvollar kiritish yordamida hosil qilinadi.
Reproduktiv – fikrlashni bir turi.
Referent guruh (lot. referens – xabar beruvchi) – kishi uchun e’tiborli bo‘lgan, qadriyatlari, fikrlash hulq-atvor, normalari va qoidalarini so‘zsiz tan
oluvchi va ularni o‘zi uchun qabul qiluvchi kishilar guruhidir.
Refleksiya – aynan o‘ziga o‘xshash odamlar obrazi orqali o‘zi to‘g‘risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirish.

Yüklə 277,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə