O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari


Rol – shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatidagi huquq va burchlaridan iborat. Sezgi



Yüklə 277,21 Kb.
səhifə32/35
tarix19.03.2023
ölçüsü277,21 Kb.
#102820
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Тиббий муассасаларда психологик хизмат ЎУ мажмуа 2020 2023

Rol – shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatidagi huquq va burchlaridan iborat.
Sezgi – qo‘zg‘atuvchilarning idrok a’zolari retseptorlaritga ta’siri tufayli vujudga keladigan, ob’ektiv dunyo xossalarining sub’ektiv in’ikosidir.
Sotsial individ – barcha kishilar uchun umumiy bo‘lgan, belgilar, qurollar bilan ishlashda bog‘liq bo‘lgan maxsus insoniy tavsiflarni aks ettirish, jamiyatda qabul qilingan norma va qoidalarni hisobga olish, sotsial vazifalarni bajarishdir. Gap shaxsiy yoki individual jihatlar to‘g‘risida ketayotgani yo‘q.
Sotsial muhit – insonning aniq maqsadlar rejalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan dunyosi.
Sevgi – bu nafaqat xissiyot, balki boshqalarni seva olish qobiliyati va sevilish uning asosiy mezoni – “insoniy fazilatlar” hisoblanadi.
Simpatiya – o‘zaro yoqtirib qolish, bu sevgining ilk bosqichi hisoblanadi. Bunda asosan sevgi ob’ektning tashqi jozibasi rol o‘ynaydi.
Talant (grekcha talanron – dastlab o‘lchov, mezon, keyin esa ko‘chma ma’noda – qobiliyatlar darajasi) – inson qobiliyatlarining, eng avvalo u yoki bu turdagi faoliyatda ulkan yutuqlarga erishishini ta’minlovchi maxsus yuksak rivojlanish darajasi.
Tashabbuskorlik – xarakterning qimmatli xislati bo‘lib, bu xislat ko‘pchilik kishilarda ommaviy tus olgandir.
Temperament (lot. temreramentum – qismlarning tegishli muvofiqligi, mutanosibligi) – inson hulq-atvori va psixik jarayonlarining dinamik xarakteristikasi bo‘lib, ularning tezligi, o‘zgaruvchanligi, samaradorligi, ishchanligi va boshqalarda namoyon bo‘ladi.
Tafakkur – turli masalalarni (nazariy va amaliy) echishga qaratilgan va bu yumushni ado etishni (javob topishni) ta’minlaydigan ko‘plab psixik jarayonlar, harakatlar, holatlardir. Tafakkurni funksional tizim sifatida jalb qilish qisman ongli, qisman odatlar, malakalar va asab tizimi tomonidan yuzaga keltirilgan insonning ilgarigi taraqqiyoti, tarbiyasi, o‘z-o‘zini shakllantirishdan iborat beixtiyor harakatlari tufayli amalga oshiriladi.

Yüklə 277,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə