O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari


Til – inson aloqalari, tafakkuri uchun axborotni asrash va avloddan avlodga etkazib berish vositasi bo‘lib xizmat qiladigan belgilar tizimidir. Unutish



Yüklə 277,21 Kb.
səhifə33/35
tarix19.03.2023
ölçüsü277,21 Kb.
#102820
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Тиббий муассасаларда психологик хизмат ЎУ мажмуа 2020 2023

Tilinson aloqalari, tafakkuri uchun axborotni asrash va avloddan avlodga etkazib berish vositasi bo‘lib xizmat qiladigan belgilar tizimidir.
Unutish – eslash va yod bo‘lib qolgan yoki o‘zlashtirilgan materialni qayta xotirlash imkoniyatining asta-sekin so‘nib borishini aks ettiruvchi jarayondir.
Fantaziya- hayolning borliqdan, haqtqatdan biroz uzoqlashuv jarayonidir.
Fizionomika – odam yuz qirralari va ularning nisbati orqali odamning xususiyatlarini o‘rganish.
Faoliyatinsonning voqeilikni, o‘zini o‘zi ijodiy o‘zgartirish, takomillashtirish, mukammallashtirishga yo‘naltirilgan faolligi. Psixologik jihatdan ichki ehtiyojni qondirish deya talqin etiladi.
Xarakter (grekcha charakter – bosish, zarb qilish) – insonning faoliyati va munosabati tufayli shakllanadigan va namoyon bo‘ladigan barqaror individual xususiyatlari yig‘indisi bo‘lib, unga xos bo‘lgan hulq-atvor va hayotiy holatlarga javob berish usullarini belgilaydi. Xarakterda inson uchun xos bo‘lgan, standart vaziyatlarda qo‘llaniladigan, hayotiy vazifalarni qo‘yish va echish usullari o‘z ifodasini topadi.
His-tuyg‘u – insonning nisbatan barqarorligi, umumiyligi, uning shaxs sifatidagi taraqqiyoti davomida shakllangan ehtiyojlari va (xususan) qadriyatlariga mosligi bilan farq qiladigan yuksak o‘zaro madaniy bog‘langan hissiyotlaridir.
Hayajonlanish – (lot. emoveo – hayratga solmoq,hayajonga solamoq) – psixik hodisalarning alohida toifasi bo‘lib, sub’ekt tomonidan bu hodisalar, predmetlar va vaziyatlar insonning o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun bevosita qiziqqon kechinmalari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Xayol – insonning sub’ekt sifatidagi ongidan butun holda idrok qilinmagan yoki sezgi a’zolari yordamida idrok etila olmaydigan ob’ektlarning in’ikosining (tasavvurlar, sxemalar va boshqa obraz-modellarning) yoki jo‘rttaga paydo bo‘lishiga yoxud ataylab qurilishiga olib keluvchi bilish faolligidir. (mas., kelajakni mo‘ljallagan tarix hodisalari idrok etila olmaydigan yoki umuman mavjud bo‘lmagan dunyoning voqealari – miflar va ertaklardagi hayri-tabiiy personajlar va b.)

Yüklə 277,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə