O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə28/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   91
Majmua-2023 tarix

Ahmad ibn Kasir al-Farg‘oniy (797-865). Farg‘onada tavallud topgan buyuk astronom, matematik va geograf. Sharqda “Hosib” (matematik) degan laqab olgan. Ilm yo‘lida Bog‘dodga ketib qoladi va shu yerda yashaydi. Xalifa Ma’mun (813-833) davrida Bog‘dodda va Damashq yaqinidagi rasadxonalar uning rahbarligida qurilgan. “Ma’mun akademiyasi”da ko‘plab kashfiyotlar qilgan. 812 yilgi quyosh tutilishini oldindan aytib bergan, yerning dumaloqligini isbotlab bergan. Nil daryosi suvini o‘lchaydigan yangi asbob “miqyos jadid” ni yaratdi. Uning astronomiyaga oid asarlari XII asrdan Yevropa tillariga tarjima qilinib bir necha asrlar mobaynida Sharq va Gʻarb olimlari tomonidan qo‘llanma sifatida ishlatib kelingan. Bog‘dodda vafot etgan.
Abu Nasr Forobiy (873-950). Buyuk mutafakkir-faylasuf. Sirdaryo yaqinidagi Forob shahrida turkiy oilada tug‘ilgan. Uning o‘tkir zehni va xotirasini sezgan otasi Bog‘dodga ko‘chib keladi. Damashq, Halab, Harron shaharlarini kezib, u yerlik olimlar suhbatini oladi.
Aristotel, Aflotun (Platon) kabi qadimgi yunon faylasuflari asarlari bilan tanishadi. Natijada uning atrofiga shogirdlar to‘planadi va u madrasalarda dars bera boshlaydi. Shunday buyuk mutafakkir bo‘lishiga qaramay Forobiy yo‘qchillik bilan faqirona hayot kechirgan, hatto yozishga qog‘oz va chirog‘iga yog‘ topa olmagan vaqtlari bo‘lgan. U Aristotel asarlariga juda ko‘p sharhlar yozadi va bu sharhlar Sharq olimlarini tushunish qiyin bo‘lgan yunon falsafasi bilan tanishtiradi va shuning uchun ham Sharqda Forobiy “Muallim us-soniy” (Ikkinchi muallim) nomini olgan. Forobiy musiqa sohasida ham bilimdon bo‘lib, juda ko‘p kuylar yaratgan, xatto musiqa kuylarini harflar bilan ifodalash (nota)ni dastlab Forobiy topgan va “qonun” degan cholg‘u asbobi yaratgan.
Abu Rayxon Beruniy.(973-1048) Buyuk qomusiy olim. O‘z zamonasining hamma fanlarini puxta egallab olgan va bu fanlar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulkan siymo. Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug‘ilgan. Jahonning bir nechta tillarini bilgan. 22 yoshida Ray shahriga, 995 yildan keyin Jurjonga Qobus ibn Vushmgir saroyiga keladi va shu yerda o‘zining mashhur asari “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini yozadi. 1000-1017 yillarda Xorazmdagi “Ma’mun akademiyasi”da faoliyat ko‘rsatadi. 1017 yil Mahmud Gʻaznaviy Xorazmni egallagach Beruniy boshqa olimlar bilan Gʻaznaga olib ketiladi va olimning bu yerdagi faoliyati ancha sermahsul bo‘ladi. Gʻaznada vafot etadi.
Beruniyning ilmiy merosi 152 kitob va risoladan iborat. Afsuski bularning bizgacha 28 tasigina ma’lum. Eng yirik asarlari: “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Qonun al-Ma’sudiy”, “Mineralogiya”, “Geodeziya”, “Saydana”

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə