O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə30/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91
Majmua-2023 tarix

Ahmad Yassaviy (Qul Xoja Ahmad Yassaviy) (1041-1166)-Mashhur mutasavvif shoir, tasavvuf yo‘nalishining eng yirik nomoyondalaridan biri. Turkiston (Yassi) shahrida tug‘ilgan. Buxoroda Yusuf Hamadoniydan tasavvuf ta’limotini o‘rgangan. Turkistonga qaytib kelib, shayx, pir sifatida shuhrat qozonib, Islom, uning qonun-qoidalari, aziz avliyolariga e’tiqodni targ‘ib qiluvchi diniy oqimning kuychisi, mashhur shoiri sifatida keng shuhrat qozondi. Uning she’rlari madjmuasi “Devoni hikmat” nomi bilan 900 yildan buyon qo‘ldan-qo‘lga o‘tib, oddiy xalq orasida o‘qilib kelmoqda. Bu hikmatlar Islom mafkurasining sodda ifodasi bo‘lib, ularda zolimlar tanqid qilingan. Ahmad Yassaviy ijodi qadimgi o‘zbek adabiy tili va o‘zbek sha’riyati san’atini o‘rganishda muhim yodgorlik va manbalardan biri hisoblanadi.
Bahouddin Naqshbandiy (1318-1389). Yirik avliyo va tariqat rahnamolaridan, naqshbandiya tariqati asoschisi va rahnamosi. Buxoro yaqinidagi Kasri Orifon degan qishloqda tug‘ilgan. Buxoroda tahsil oladi. Xoja Mahammad Samosiy uni o‘ziga o‘g‘il qilib oladi. Keyin Amir Kulolning qo‘lida tarbiya olib, so‘ng yetti yil Maavlono Orif va 12 yil Xalil Oto degan avliyolar suhbatida bo‘lgan. Ikki marta haj qilgan. Hajdan qaytishida Nishopur va Hirotning ulug‘ mashoyihlari bilan uchrashib, bir muddat Marvda yashadi. So‘ng Buxoroga qaytib, qolgan umrini shu yerda o‘tkazdi v ashu yerda vafot etdi.
Burhonuddin al-Marg‘iloniy (taxm.1116-1197). Shariat qonun- qoidalarini ishlab chiqqan, ularning hayotga tadbiq etilishiga doir yo‘l- yo‘ruqlarni ko‘rsatib bergan buyuk allomadir. Rishtonda tug‘igan. Movarounnahrning yirik shaharlarida oliy diniy ta’lim oldi. Qur’oni karimni yodladi va hanafiya mazhabining musulmon qonunshunosligi bo‘yicha buyuk nazariy va amaliy fiqx olimi sifatida shuhrat qozondi.
Burhonuddin Marg‘iloniy “Nashr al-mazhab” (Mazhabning tarqalishi), “Kitob at-tajnis va-l-mazid” (Tajnis va ziyoda qilish), “Kitob al-faroiz” (Farzlar haqida kitob), “Muxtasarot an-navozil” (Nozil bo‘lganlarning bayonoti), “Kitob manosih al-haj” (Haj qonunlari haqida kitob), “Muxtor al-fatvo” (Tanlangan fatvolar) va boshqa o‘nab asarlar muallifidir. Marg‘iloniyning “Bidoya al-mubtadiy” (O‘rganuvchilar uchun boshlang‘ich kitob) asari chuqur nazariy ilm asosida yozilgan yirik asar bo‘lgani uchun undan hamma ham foydalana olmagan. Shuning uchun Marg‘iloniy bu asarni 8 jilddan iborat “Kifoya al-muntaqiy” (Oxirgi maqsadga erishuvchi uchun kifoya) nomli keng sharhni yozgan. Keyinchalik “Kifoya ul-muntahiy” asosida mashhur kitob “Kitob al-Hidoya” (To‘g‘ri yo‘lga boshlovchi kitob) asari vujudga keldi va bu kitob “al-Hidoya” nomi bilan butun Islom olamida shuhrat topdi.
2000 yil 16 noyabrda yurtimizda Burhoniddin Marg‘iloniyning 910 yillik yubileyi o‘tkazildi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə