O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə32/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   91
Majmua-2023 tarix

Mahmud Qoshg‘ariy (XI asr). Turkshunoslik ilmi asoschisi, qomusiy olim. 1029-1038 yillar orasida Qoshg‘arda tug‘ilgan. Keyin Buxoro va Nishopurda ta’lim olgan. Ko‘p yillar turkiy qabilalar orasida kezib, ilmiy kuzatishlar olib borgan va to‘plagan boy ma’lumotlari asosida o‘zining mashhur “Devon lug‘ot-it-turk” asarini yozgan. Bu asarda o‘sha davrda turkiy tildagi so‘zlar va iboralar to‘plangan va ular arabchaga tarjima qilinib, izohlab berilgan. Avval so‘zlar keltirilib, keyin o‘sha so‘z ishlatiladigan jumla, maqol va she’rlar beriladi. Asarga Mahmud Qoshg‘ariy tuzgan dunyo xaritasi, dunyoning doira shaklidagi tasviri ham ilova qilingan. Uning markazida Markaziy Osiyo joylashgan. XI asr geografiya ilmining na’munasi bo‘lmish bu xarita Qoshg‘ariyning qomusiy olimligining dalilidir. Hozirgi zamon jahon ilmiy jamoatchiligi bu olimni qiyosiy tilshunoslikning asoschisi deb tan olmoqda.
IX-XII asrlarda O‘rta Osiyo mintaqasida madaniyat yuksalishi, jahonni hayratga solgan buyuk mutafakkirlarni yetishtirib berganligi bu hududning ilm-ma’rifat, ilmiy kashfiyotlar beshigi sifatida tarixda «Musulmon madaniyati», «arab madaniyati» deb nomlangan tushunchalar bilan baholangani bejiz emas. O‘rta asr tarixchilari va sayyohlari ushbu davrda Markaziy Osiyoda iqtisod, savdo o‘sganligi, ko‘rkam shaharlar qad ko‘targanligi, ilm-ma’rifat gurkirab rivojlanganligi haqida ma’lumot beradilar. Monumental me’morchilik, tasviriy san’at, musavvirlik va musiqa san’ati beqiyos darajada rivojlangan, kutubxonalar faoliyat ko‘rsatgan18. o‘sha paytda «Buxoroda baland tosh devorlar bilan o‘ralgan saroylar, turli rasmlar bilan bezatilgan mehmonxonalar, mohirlik bilan barpo etilgan bog‘lar, xiyobonlar, hovuzlar» mavjud bo‘lganligi haqida manbalarda qayd etiladi. Abdul Vafo al Buzjoniy o‘zining «Geometrik qoidalarning hunarmandlarga kerakli tomonlari haqida» asarida turli geometrik usullar yordamida har xil naqshlar, bino bezaklari yasash yo‘llari, quruvchi ustalarning tajribalari, badiiy usullari haqida hikoya qiladi. Boshqa manbalarda bu davrdagi tasviriy va musavvirlik san’ati, xususan portret chizish haqida ma’lumotlar keltiradi19.
Arxeologik qazilmalar va qo‘lyozma manba’lardan ma’lum bo‘lishicha o‘sha davrda musiqa va musiqashunosliik ham keng rivoj topgan va u matematika ilmining tarkibiy qismi sanalgan. Mazkur davrning buyuk olimi Abu Nasr Farobiy musiqaning nazariy asoslari, ko‘plar, asboblar, musiqa madaniyatining mezonlari, atamalari tahliliga bag‘ishlangan «Katta musiqa» kitobining muallifidir. («Kitob al musiqi al Kabir»). O‘rta asr musulmon sharqi musiqa nazariyasiga bag‘ishlangan ushbu 2 qism, 3 kitobdan iborat bo‘lgan. Farobiy «Katta musiqa»dan tashqari «Musiqa haqida so‘z»,
«Ritmlar tartibi haqida kitob», «Ritmga qo‘shimcha qilinadigan siljishlar haqida» asarlarining ham muallifidir.
Uyg‘onish davrida milliy madaniyatni yuksaltirishga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mustaqillikka erishgan Somoniylar shajarasining birinchi hukmdorlari milliy madaniy qadriyatlarni barqaror etmasdan turib to‘la davlat mustaqilligiga erishish mumkin emasligini angladilar. Arab yozuvida badiiy ijodni ta’qiqlamagan holda, Somoniylar oddiy xalq anglaydigan tilda yozgan mualliflarni to‘la qo‘llab- quvvatladilar. Somoniylar nafaqat adabiyot ahliga, barcha olimlarga homiylik ko‘rsatib, Sheroz kutubxonasi bilan raqobat darajasida bo‘lgan ulkan kutubxonani yaratdilar. Ulug‘ alloma Ibn Sinoning yozishicha, kutubxona ko‘pxonali bo‘lib, xonalarning birida arab kitoblari, she’rlari boshqasida fikhga oid kitoblar taxlangan. Shu tartibda har bir xonada fanning ma’lum sohasiga doir kitoblar jamlangan.




  1. Yüklə 0,51 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə