O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə29/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   91
Majmua-2023 tarix

Abduxoliq Gʻijduvoniy (1103-1179)-Tasavvuf ta’limotining yirik nomoyondasi, mashhur avliyo. Xojagon nomi bilan shuhrat qozongan O‘rta Osiyo tariqatining asoschisi va rahnomasi. Buxoro yaqinidagi Gʻijduvon qishlog‘ida imom oilasida tug‘ilgan. Otasi Abdul Jalil asli Rum (Vizantiya) diyoridan bo‘lib, Gʻijduvonning mashhur imomlaridan bo‘lgan. Abduholiq mashhur tasavvuf Yusuf Hamadoniy (vafoti 1141 y) ga shogird tushib, undan xalifalik firqasini oladi. Ustoz va shogird birgalikda Bog‘dod, Balx, Isfahon, Marv, Samarqand shaharlarida bo‘lib, tasavvuf ilmining sir-asrorlarini egallaganlar.
Abu Ali ibn Sino (980-1037).Jahon fani va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan mashhur ensiklopedist olim. U Sharqda “Shayxur rais”, Gʻarbda Avisenna nomi bilan mashxur bo‘lgan. Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. 10 yoshida Qur’onni yod olgan. Falsafa ilmini ustozi Abu Abdullox Notiliydan, tib ilmini Hasan ibn Nuh al-Qumriydan o‘rganadi. 16-17 yoshida mashhur tabib bo‘lib tanaladi. 1000 yilda Xorazmga boradi v Urganchdagi “Ma’mun akademiyasi”da ijod qiladi. 1017 yil Mahmud Gʻaznaviy Xorazmni egallagach, undan qochib Obivard, Tus, Nishopur orqali Jurjonga kelib, Qobus ibn Vushmgir saroyida tabiblik qiladi. 1019-1021 yili Hamadonda vazirlik qiladi, lekin hokim bilan kelishmay qolib 4 oy qomoqda yotadi. 1023 yil Isfahonga qochadi. O‘zaro feodal urushlar natijasida Isfahon, Ray, Hamadon shaharlar orasida sarson sargardonlikda hayot kechiradi. Hamadonda 57 yoshida qulunj kasalidan vafot etgan.
Ibn Sino asarlari 280 dan ortiq. Bulardan 43 tasi tibbiyotga oid. Asarlaridan bizga 160 ga yaqini yetib kelgan. Eng yirik asarlari: “Al qonun fittib”, “Kitob ash-shifo”, “Kitob lison al-arab”, “Kitob an-najot”. Qissalari: “Donishnoma”, “Salomon Ibsol”, “Qissat at-Tayr”.
Ahmad Yugnakiy (XII-XIII asrlar). Mashhur shoir, Yugnak qishlog‘ida tug‘ilgan. Bu nomdagi qishloq Samarqand atrofi, Farg‘ona vodiysi va Sirdaryo bo‘ylarida bo‘lgan. Ahmad onadan ko‘zi ojiz tug‘iladi.
Adib Ahmad Yugnakiy salohiyatli shoir va odob-ahloq muallimidir. Undan bizgacha faqat “Hibat ul-haqoyiq” (Haqiqatlar tuhfasi) dostoni yetib kelgan xolos. Asar 484 misradan iborat. Uning hozirgacha 3 ta to‘liq qo‘lyozmasi va 2 ta ayrim parchalari saqlanib qolgan.
Dostonda turkiy elatlarga islomiy odob qoidalari, ma’naviy-ahloqiy kamolot siralridan ta’lim beriladi. Birinchi bob “Ilm manfaati va jaholatning zarari haqida” deb atalib, unda ilm haqida juda hikmatomuz so‘zlar aytilgan. Asarning qolgan boblarida insonning yuksak fazilatlarini ta’riflash, nuqsonlarini qoralashga, sahovat, kamtarlik, insonparvarlik, kechirimlilik bo‘lish targ‘ib qilinib, insonga xos hamma salbiy hislatlar qoralanadi. Kitobda Qur’on va hadislardan juda ko‘p misollar keltiriladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə