O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə31/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   91
Majmua-2023 tarix

Imom al-Buxoriy (810-870). Buxoroda tug‘ilgan. 825 yili otalari va birodarlari bilan haj safariga borib, bu yerda qolib ketgan. U yerda ilmlarini takomillashtirib, payg‘ambarimiz hadislarini to‘plash, tartibga solish, ulardan qaysilari to‘g‘ri, qaysilari payg‘ambarga taalluqli emasligini aniqlash maqsadida Makka, Madina, Shom, Misr, Falastin, Iroq shaharlarini kezib, ranju-mashaqqatlar bilan jami 600 ming hadis to‘plab, bulardan 100 ming “sahih” va 200 ming “g‘ayri sahih” hadislarni yod olganlar. 600 ming hadisdan 7265 tasini “Jome’ is-sahih” (Ishonchli to‘plam) kitobiga kiritdilar.
Imom al-Buxoriyning mashhur asarlari 15 ta bo‘lib, ulardan eng yiriklari “Jome’ is-sahih” (Ishonchli to‘plam), “Al-Adab al-mufrad” (Adab haqida yagona kitob), “At-Tarix as-sag‘ir” (Kichik tarix), “At-Tarix al-asvat” (O‘rtacha tarix), “At-Tarix al-kabir” (Katta tarix) va “At-tafsir al-kabir” (Katta tafsir) asarlaridir.
1998 yil oktyabrda Imom al-Buxoriyning 1225 yillik yubileyi o‘tkazildi.
Imom at-Termiziy (824-894). Mashhur muhaddislardan biri. Uning bobosi Marvlik bo‘lgan. Keyin Termizga ko‘chib kelgan. Yoshligidan ilm va hadisga qiziqib, Hijoz, Iroq va Xurosonda o‘qigan. Umrining oxirida kasal bo‘lib ko‘r bo‘lib qolgan. 70 yoshida Termizda vafot etgan. At – Termiziydan juda ko‘plab Islom olimlari dars olganlar.Abu Iso at- Termiziyning asarlari: “Kitob al-jome’” (Hadislar majmuasi kitobi),“Kitob ilol” (Illatlar kitobi), “Kitobi tarix”, “Kitob ash-shamoil an- nabiyya” (Payg‘ambarlik alomatlari kitobi). 1995 yilda Imom at- Termiziyning 1200 yilligi keng nishonlandi.
Mahmud Zamaxshariy (1075-1144). Mashxur olim, mufassir, tilshunos, shoir va yozuvchi. Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida tug‘ilgan. Urganch, Buxoro madrasalarida ta’lim oladi. Bu yerdan Xuroson va Isfahonga boradi. Saljuqiylar saroyida xizmat qiladi. Xorazmga qaytib, qattiq kasal bo‘lib, bir oyog‘idan ajraladi. Sog‘aygach, ilm olish uchun Bog‘dodga jo‘naydi, u yerdan Makkaga o‘tadi. Ikki yildan keyin vataniga qaytib, bir qancha vaqt o‘tgach Shomga va yana Makkaga boradi. Makkada yashab u yerda tafsirga oid “al- Kashshof” (Oshkor qiluvchi) asarini tugatadi va “Jorullox” (Ollohning qo‘shnisi), “Arablar va g‘ayri arablar ustozi”) unvoniga ega bo‘ladi. So‘ng yurtiga qaytib Xorazmda vafot etadi.
Mahmud Zamaxshariy 50 dan ortiq asar yozib qoldirgan. Eng yirik asarlari “Al-Kashshof”, “Asos al-balog‘a” (Balog‘at asoslari), “Al-Foiq fi g‘arib-il-hadis” (Hadislardagi notanish so‘zlarni o‘zlashtiruvchi), “Al- Mufassal” (Arab grammatikasiga bag‘ishlangan), “Muqaddimat ul-adab (Xorazmshoh Otsizga bag‘ishlangan), “Tog‘lar, joylar va suvlar xaqida kitob”, “Notiqlik asoslari”, “Aruzda o‘lchov”.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə