O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə3/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Majmua-2023 tarix

6-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.
Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik. O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni. O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish. Oila instituti va uning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi. O‘z-o‘zini boshqaruv organi – mahalla boshqaruv tizimining takomillashuvi. O‘zbekiston Respublikasi Yangi Konstitutsiyasini umumxalq tomonidan qabul qilinishi (2023
y. 30 aperl).


7-mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar.
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. Bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarining yaratilishi. Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi. Pul islohotining o‘tkazilishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo‘nalishlari. Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish. Mamlakat iqtisodiyotining modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishi, bank-moliya tizimini mustahkamlash borasidagi chora- tadbirlar. Makroiqtisodiy barqarorlik tomon yo‘l olinishi.
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va ivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash, yo‘l-transport muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya masalasidagi ishtiroki. Gender tengligi. Xotin-qizlarga bo‘lgan munosabat. O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga mnisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
Ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o‘rni va roli.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. Ta’limning milliy modelini shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonuni. Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi: yutuqlar va kamchiliklar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə