O’zbekiston respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix14.06.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#89457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
xuzhajra tuzilishi

protoplast
deb ataladi. 
Voyaga yetgan o'simlik hujayrasi vakuolaga ega, u hujayra shirasi bilan 
to'lgan bo'ladi. Protoplast, sitoplazma va unda joylashgan yirik 
organellalaridan iborat: yadro, plastidalar, mitoxondriyalar va boshqalar. 
Sitoplazma
murakkab sistema bo'lib, unda Goldji apparati, 
endoplazmatik to'r, ribosoma, mikronaycha va boshqa submikroskopik 
tuzilmalar 
joylashgan. 
Organizmning 
hujayralari 
bir-birlari 
bilan 
plazmodesmalar deb ataluvchi sitoplazmatik ipchalar-kanalchalar bilan 
bog'langan bo'lib ular orqali hujayralararo moddalar almashinuvi ro'y berib 
turadi. 
Hujayra po'sti
. U hujayra va to'qimalarga mexanik mustahkamlikni 
beradi va protoplazmatik membranani vakuola shirasining gidrostatik 
bosimidan himoya qiladi hamda moddalarni yutilishida ishtirok etadi. Yosh 
hujayralarda po'st o'sish qobiliyatiga ega. U protoplast komponentlaridan 
hosil bo'ladi. Ona hujayra bo'linayotganda 2 dona yosh hujayra oralig'ida 
parda, ya'ni to'siq hosil bo'ladi va u eski po'st bilan qo'shilib ketadi va hosil 
bo'lgan 2 dona yangi hujayra ham avvalgi qattiq po'stga o'raladi. Shuni aytib 
o`tish lozimki, hujayra qobig'ining 100 mkm
2
yuzasida 10-30 donaga yaqin 
plazmodesmalar uchraydi. Hujayra po'sti tarkibida sellyuloza, gemisellyuloza 
va pektin moddalari (ko’pchilik hollarda ularning nisbati mos ravishda 30%; 
40%; 25% nisbatda) uchraydi. Hujayra po'stining yug'onlashishi asosan ichki 
tomondan kuzatiladi. 
Mikroskopik analizlar shuni ko'rsatadiki hujayra po'sti uch qavatdan 
iboratdir. Asosan ichki qavat yo'g'onlashish hususiyatiga ega. O'rta qavat-
ikkilamchi qavat, tashqi qavat esa, uchlamchi deb ataladi. Hujayra po'stida 
ham 
enzimatik-fermentativ 
jarayonlar 
sodir 
bo'lishi 
kuzatilgan. 
Hujayralarning yosh po'sti tarkibida ko'proq invertaza, fosfataza, 
askorbatoksidaza va boshqalar mavjud. 
Shuni aytib o'tish lozimki, hujayra po'sti suv va unda erigan moddalarni 
yaxshi o'tkazadi. Biroq hujayra po'stini yog'ochlashishi o'tkazuvchanlikni 
sezilarli darajada pasaytiradi, po'kaklashish esa o'tkazuvchanlikni keskin 
kamaytiradi, natijada hujayra nobud bo'ladi. 

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə