O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Sanoat korxonalari tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari



Yüklə 81,64 Kb.
səhifə3/6
tarix24.12.2023
ölçüsü81,64 Kb.
#160194
1   2   3   4   5   6
(6-mavzu)Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va isloxotlarni chuqurlashtirish davrida korxonalarda marketing tadqiqotlarini tashkil

2.Sanoat korxonalari tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari
O'zbekistonning siyosiy mustaqillikka erishishi sanoat taraqqiyoti, milliy ishlab chiqarishni sanoatlashtirish muammolariga butunlay yangicha yondashish imkonini berdi. Mamlakatning mavjud tabiiy - xom ashyo va mehnat resurslariga tayangan holda aholining iste'mol tovarlariga bo'lgan asosiy ehtiyojlarini qondirishga imkon beruvchi sanoat korxonalarini barpo etish uchun shart-sharoit yuzaga keldi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida yuqori inflyatsiya darajasi, ishsizlik va xo'jalik aloqalarining izdan chiqishi sharoitida iqtisodiyotning real sektorida, xususan, sanoatda ishlab chiqarish sur'atlarini saqlab qolish murakkab muammo bo'ldi. Davlat sanoat salohiyatini (avvalo moddiy- texnik) saqlab qolishga qaratilgan siyosat olib borib, o'zak tarmoqlar - yoqilg'i-energetika majmui va qishloq xo'jaligiga o'z tasarrufidagi resurslarni yo'naltirdi. Sanoat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilab olinib, uni amalga oshirishga kirishildi. Bu yo'nalishlar yoqilg'i-energetika majmuini jadal rivojlantirish; hamda neft va gaz qazib olishni kengaytirish chora-tadbirlarini ko'rish; ishlab chiqarish va aholi uchun eng zarur investitsion va iste'mol tovarlarini chetdan olib kelishni qisqartirishning asosiy yo'nalishlarini belgilab olish; qishloq xo'jaligi mahsulotlarini mahalliy sanoat imkoniyatlari negizida qayta ishlashni rivojlantirish; osh tuzi, spirt, gugurt kabi kundalik ehtiyoj tovarlarini ishlab chiqarishni tashkil etishdan iborat bo'ldi.
Mustaqillikka erishgan dastlabki davridagi mamlakatimizning milliy xo'jaligi, jumladan, sanoat tarkibi yuqori texnologiyaga asoslanmaganligi, ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishga yetarli darajada yo'nalmaganligi va ekstensiv omillarga asoslanganligi bilan tavsiflansa, hozirda intensiv omillarga tayangan, qo'shilgan qiymat ulushi yuqori, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarayotgan, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan sanoat korxonalari ko'paydi.
Milliy sanoat va uning sohalari iqtisodiyotning dinamik o'zgarishda bo'lgan hamda ishlab chiqarish sur'atlari jadal oshayotgan tarmoqlari hisoblanadi. Ayniqsa, sanoatning qora metallurgiya, neft va neft kimyosi, mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sohalarida ishlab chiqarish hajmi so'nggi yillarda tez o'smoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o'tishning ustuvor yo'nalishlaridan biri iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion islohotlar, tub yangilanishlarni modernizatsiya qilinishi hisoblanib, u makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, korxonalarni yangi texnologiyalar bilan jihozlash, iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini oshirishga asoslanadi. Ushbu jarayon, shubhasiz mamlakatning innovatsion, iqtisodiy salohiyatini oshirish bilan bir paytda, undan unumli foydalanishni nazarda tutadi. Binobarin, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek "Ushbu siyosat, avvalo, mamlakatning iqtisodiy qudratini yanada mustahkamlash, boy tabiiy, xom ashyo va mehnat resurslari, intelektual va ilmiy-texnikaviy salohiyatimizdan to'la va samarali foydalanishga yo'naltirilgan bo'lishi darkor. Shuni takror aytish joizki,bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan , har tomonla asosli va chuqur o'ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta'siridan himoya qiladigan kuchli to'siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini sratdi". Mamlakatimiz iqtisodiyotining hozirgi holati milliy iqtisodiyotda innovatsion o'zgarishlarni amalga oshirish sur'atlarini jadalashtirishni talab etmoqda. Iqtisodiyoti rivojlangan mamalakatlar tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki chuqur, samarali innovatsion strategiyani amal qilishi mamlakat iqtisodiy va tabiiy omillaridan oqilona foydalanish orqaligina amalga oshirish mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida iqtisodiyot innovatsion shakllanishi eng avvalo iqtisodiy o'sishni ta'minlovchi tarmoqlar hisobiga yuz beradi, bu esa o'z navbatida mamlakat iqtisodiyotini xom ashyo eksport qilishini kamaytirish bilan birga uni qayta ishlashni rivojlantirishga, valyuta mablag'larining tejalishiga, aholi bandligining oshishiga sabab bo'ladi. Ushbu omillar o'z navbatida innovatsiya strategiyasini amalga oshirish mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o'rnini mustahkamlanishiga olib keladi. Biroq, bugungi fan texnika taraqqiyoti, qolaversa jahon bozorida ro'y berayotgan innovatsion o'zgarishlar erishilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolishga imkon bermaydi.
Mazkur masalaning ijobiy hal qilinishi esa iqtisodiy mustaqillikka erishish va barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash imkoniyatini yaratadi.
Mamlakatda iqtisodiyotning tashqi omillarga ta'sirchanligini kamaytirish uchun yuqori texnologiyali ishlab chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi.
Innovatsion jarayonni amalga oshrishdan maqsad investitsiyalashtirishning sifat o'zgarishini ta'minlagan holda sub'ektlar olayotgan foyda o'sib borishiga erishishdan iborat. Chunki har qanday iqtisodiy jarayon ishlab chiqarish jarayonidagi ishlab chiqarish resurslarini iqtisodiy mahsulotlarga aylantirish bilan bog'liq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin raqobatga sub'ektlar o'zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bilan bardoshli bo'lishlarini, mavjud resurslarni iqtisodiy mahsulotlarga aylantirishda ilg'or ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga asoslanishni talab etuvchi bu jaraen uchun ma'lum vakt zarur. Bu vaktni tejash ham innovatsion yutuqlarga va ularni qo'llash darajasiga bog'liq.
O'zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini erkinlashuvi globallashuv jarayonlarining tarkibiy qismi sifatida mamlakat mintaqalarida tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishni sezilarli darajada jadallashtirish, erkin raqobat mexanizmlarini keng joriy etish asosida ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va mahsulot sifatini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi Iqtisodiy va tarkibiy siyosatni amalga oshirishning hozirgi bosqichida O'zbekistonning eksport salohiyatini yuksaltiradigan, uning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlaydigan va mintaqalarning sanoat darajasini yanada taraqqiy ettirishning moddiy bazasini tashkil qiladigan tarmoqlar ustuvor ishlab chiqarish hisoblanadi. Mana shu tarmoqlarni rivojlantirish, albatta, mamlakat raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Lekin, ayni paytda shuni ham ta'kidlash kerakki, mamlakat raqobatbardoshligi nafaqat tabiiy resurslar mavjudligi va ishlab chiqarish xarajatlaridagi ustunlik, xatto ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati bilangina emas, balki milliy iqtisodiyotning samaradorligi, uning barqarorligi, jahon texnik-iqtisodiy taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanishi bilan belgilanadi.
2003-2015 yillarda O'zbekiston Respublikasi sanoat-innovatsion rivojlanish strategiyasida ko'zda tutilganidek, faol davlat siyosatining ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish bo'yicha tashabbuslar quyidagi yo'nalishlar bo'yicha bevosita tadbirkorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga yo'naltirilishi mumkin: xaridorlarning ixtisoslashgan toifalari yangi bozor "nisha"larini shakllantiradi va mahsulot standarti bo'yicha axborot manbasi hisoblanadi; asbob-uskunalar ta'minotchilari u bilan birga ishlab chiqarish tajribasini ham uzatadilar; resurslar ta'minotchisi ishlab chiqarishning yangi usul va g'oyalarining paydo bo'lishiga xizmat qiladi, raqobatchilar esa yangi g'oyalarning boy manbasini taqdim etadilar. Bunda davlat rivojlanish institutlari orqali texnologik va iqtisodiy qo'shilgan qiymat zanjirini ketma-ketlikda rivojlantirgan holda raqobatbardosh mahsulot yaratuvchi to'laqonli ishlab chiqarish tizimini yaratishga yo'naltirilgan loyihalarda ishtirok etishi lozim.

Yüklə 81,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə