O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/39
tarix11.06.2022
ölçüsü2,1 Mb.
#89290
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Орнаник кимё лаборатория.

Labarotoriya ishi№ 26 
 
YOG’LARNING GIDROLIZI. 
Ajratilgan soat-8soat 
Ishning maqsadi:
O’simlik yog’i (paxta yoki kungaboqar yog’i )ni 
kislotali va ishqoriy muhitdagi gidrolizini o’rganish. 
Identiv o’quv maqsadi
;
 
1.Talaba yog’larning gidrolizlanish reaksiyalarini tushunib bajaradi. 
2.Gidrolizlanish mahsulotini aniqlashda to’g’ri usullardan foydalanadi. 
Kerakli asbob va reaktivlar
: 50 ml li konussimon kolba ,chinni kosacha 
,probirka, gaz gorelasi,asbest,suv hamomi, filtrr qog’oz, paxta yog’I,natriyning 
spirtdagi20% li eritmasi, natriy xloridning to’yingan eritmasi, sulfat kislotaning 
20%li,natriy gidroksidning 10%li, natriy korbanat eritmasi,distillangan suv. 
Yog’lar qaynoq suv bug’i ta’sirida, shuningdek kislota , ishqor eritmalari 
bilan qaynatilganda gidrolitik parchalanib, gleserin va yog’ kislotalarini hosil 
qiladi. 
Yog’larning ishqoriy gidrolizi: 
Yog’larning ishqoriy gidrolizida yuqori 
yog’ kislotalari emas, balki ularning tuzlari (sovunlari) hosil bo’ladi.Shuning 
uchun ham yog’larning ishqoriy gidrolizi yog’larnig sovunlanishi deb ataladi. 
50 mlli konussimon kolbaga 2-3 ml o’simlik yog’I solib, ustiga natriy 
gidroksidning spirtdagi 20% li eritmasidan 15ml quying.So’ng kolba og’zini 
teskari havo sovutgichi (uzun shisha nay) o’rnatilgan propka bilan berkitib, bir 
jinsli eritma hosil bo’lguncha qaynab turgan suv hammomida qizdiring . 
Yog’ning toliq sovunlanganligini bilish uchun probirkaga 4-5 ml suv solib 
gidrolizatdan 2-3 tomchi qo’shing Agar u butunlay erib ketsa reaksiya 
oxirigacha brogan deb hisoblaymiz .Aks holda qizdirishni yana davom ettiring 
.Yog’ to’liq sovunlangandan so’ng gidrolizatni 10-15 ml osh tuzining to’yingan 
eritmasi bor stakanga soling.Bunda hosil bo’lgan sovun (yuqori yog’ 
kislotalarning natriyli tuzi) suyuqlik yuzasiga ajralib chiqadi.Uni filtrlab 
suyuqlikdan ajratib olish talab qilinadi. 

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə