O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/39
tarix11.06.2022
ölçüsü2,1 Mb.
#89290
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Орнаник кимё лаборатория.

Laboratoratori ishi № 25 
ETIL BROMID SINTEZI 
Ajratilgan soat- 8 soat 
Ishning maqsadi: 
Laboratoriya sharoitida etil bromid sintez qilish 
Identiv o’quv maqsadi: 
1. Talaba etil bromid sintezi reaksiyalarini tushunib bajaradi. 
2. Talaba mustaqil holda laboratoriyada etil bromid sintezini amalga oshira 
oladi. 
Kerakli asbob va reaktivlar
: 30 ml etil spirt, 25 gr kaliy bromid, sulfat 
kislota, qum hammomi, termometr. 
Ishni bajarilish tartibi: 
Sig`imi 250 ml bo`lgan tubi yumaloq kolbaga 
30 ml konsentrlangan sulfat kislota quyiladi va unga tezlik bilan aralashtirib 
turib 30 ml etil spirt qo`shiladi. Aralashma xona temperaturasigacha sovitiladi 
va ehtiyotlik bilan unga 20 ml muzli suv (tashqaridan doimo kolbani sovitib 
turgan holda), keyin 25 gr maydalangan kaliy bromid qo`shiladi. Reaksion 
aralashmali kolba egik shisha nay yordamida yaxshi ishlaydigan, alonj 
o`rnatilgan sovitgichga ulanadi. Alonjning uchi yig`gich kobadagi muzli 
suvning ichiga 1-1.5 sm tushiriladi. Yig`gich-kolba esa muzli hammomda 
sovitib turiladi. Reaksion aralashma qum yoki havo hammomida yig`gich kolba 
tubiga yog`simon modda yig`ila boshlanguncha kuchli alangada qizdiriladi.
Agar kolbadagi reaksion aralashma ko`piklashsa, qizdirish qisqa vaqtga 
sekinlashtiriladi. Haydash jarayonida yig`gich-kolbadagi suv alonjga ko`tarilishi 
mumkin. U vaqtda alonjning uchi bir oz suyuqlikka tegib turadigan yoki alonjni 
bir tomonga bursa bo`ladigan qilib yig`gich-kolba bir oz pastga tushiriladi. 
Ushbu laboraroriya ishi quyidagi 30-rasmda tasvirlangan qurilma 
yordamida amalga oshiriladi 
30-rasm. Etil bromid sintez qilish qurilmasi 
1-qum hammomi; 2-tubi yumaloq kolba; 3-sovutgich; 4-alonj; 5-yig`gich 
kolba; 6-muzli hammom. 


57 
1.
Etil bromid sintezi qanday sharoitda olib boriladi? 
2.
Etil bromidning sifat reaksiyalarini o`tkazing? 

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə