O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat


  1-BOB. MAKROIQTISODIY SIYOSATNING MAQSADI, VAZIFALARI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/113
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 



1-BOB. MAKROIQTISODIY SIYOSATNING MAQSADI, VAZIFALARI 
VA MAKROIQTISODIY TARTIBGA SOLISHNING ZARURIYATI
 
1.1.
 
“Makroiqtisodiy siyosat” fanining predmeti 
Makroiqtisodiy barqarorlik va yalpi ishlab chiqarishning yuqori o‘sish 
sur’atlarini ta’minlash orqali aholining turmush farovonligi darajasini o‘stirish davlat 
iqtisodiy siyosatida bosh maqsad bo‘lib hisoblanadi. Mamlakatimizda qisqa davr 
ichida bu maqsadga erishish borasida keng ko‘lamli, asrlarga tatigulik ishlar amalga 
oshirildi va yutuqlar qo‘lga kiritildi. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan murakkab muammolarning 
muvaffaqiyat bilan hal etilishi, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlanishi, dastlab 
iqtisodiy pasayishni bartaraf etilishi va so‘ngra iqtisodiy o‘sishga erishish chuqur 
o‘ylangan va ilmiy asoslangan iqtisodiy siyosat samarasidir.
Mamlakatda amalga oshiriladigan makroiqtisodiy siyosat, uning mazmuni va 
mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, jumladan, tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish
iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, Inflatsiyaga qarshi siyosat, 
monetar, budjet - soliq, investitsiya siyosati va investitsiya faoliyatini tartibga solish 
kabi nazariy masalalar “Makroiqtisodiy siyosat” fani doirasida o‘rganiladi. 
“Makroiqtisodiy siyosat” fani bozor iqtisodiyotining nazariy va amaliy 
tomonlarini o‘rganish bilan birga, makroiqtisodiy modellar orqali amaliyotda vujudga 
keladigan iqtisodiy muammolarni tahlil qilishda va ularning yechimini topishda 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunga kelib ko‘pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli 
sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish 
strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda iqtisodiyotni 
tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo‘lamiz. Davlat makroiqtisodiyotning 
boshqa subyektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda, 
barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida, o‘z tasarrufida mavjud bo‘lgan 
vositalar orqali ularni yo‘naltirib turadi.



Iqtisodiyotning qonun-qoidalariga amal qilish iqtisodiy siyosat orqali yuz 
beradi, chunki bularni anglagan holda iqtisodiyot rivojiga oid chora-tadbirlar ishlab 
chiqiladi va bular iqtisodiyotga ta’sir etmay qolmaydi. Iqtisodiy siyosat o‘zi nima?
Iqtisodiy siyosat– bu iqtisodiyot subyektlarining o‘z faoliyatiga oid yo‘l-
yo‘riqlari va sa’y-harakatlarining majmuidir. Har bir iqtisodiyot ishtirokchisining, bu 
xonadonmi, firmami yoki davlatmi buning farqi yo‘q, o‘z manfaatlari bor. Bu 
manfaatlar amaliyotda aniq maqsad shakliga kiradi, iqtisodiy siyosat esa uni amalga 
oshirishga qaratiladi. Xonadonning maqsadi o‘z iste’molini maksimumlashtirish va 
kelajakni ta’minlash uchun jamg‘arma hosil etishdir. Firmaning maqsadi esa foydani 
maksimumlashtirish va iqtisodiy jihatdan barqarorligini ta’minlashdir. Davlatning 
maqsadi esa, milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini va shu asosda xalq 
farovonligini ta’minlashdan iborat.
Davlatning iqtisodiy siyosati – bu muayyan mamlakatning milliy iqtisodiga oid 
puxta o‘ylangan va ishlab chiqilgan yo‘l-yo‘riqlari va ulardan kelib chiqadigan sa’y- 
harakatlaridir. Davlat iqtisodiy siyosatining aniq yo‘nalishlari bor. Ular monetar, 
fiskal, tarkibiy, investitsion, tashqi iqtisodiy, innovatsion va boshqalar. 
Iqtisodiy siyosat uch darajada bo‘ladi, ular: mikro, makro va mega (xalqaro) 
siyosatdir.
Biz ushbu fanimizda davlatning makroiqtisodiy siyosatiga e’tibor qaratamiz.
Makroiqtisodiy 
siyosatning 
maqsadi 

barqaror 
iqtisodiy 
o‘sishni, 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholining turmush darajasini yuqori 
darajaga ko‘tarishdan iborat. Hozirgi vaqtda makroiqtisodiy siyosat takror ishlab 
chiqarish jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. U quyidagi vazifalarni bajaradi: 

iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish; 

ishchi kuchi bozorini tartibga solish; 

mintaqaviy va tarmoq tarkibidagi taraqqiyot jarayonlarini rag‘batlantirish; 

ishsizlik va inflatsiyani pasaytirish; 

innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va uni tatbiq etish; 

mamlakatning ilmiy ishlab chiqarish salohiyatining rivojlanishini qo‘llab-
quvvatlash; 




bozor infratuzilmalarini rivojlantirish va takomillashtirish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə