O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   167
individual-psixologik
yondashuv 
shaxsning 
rivojlanishiga uning tana tuzilishi yoki konstitutsional jihatlari va asab tizimi 
tipining ta‘siri borligini ta‘kidlab, o‗rganadi.
Shaxsni 
o‗rganishning 
ijtimoiy-psixologik 
yondashuvi
uni 
ijtimoiylashuning bevosita mahsuli sifatida qarab, uning ijtimoiy psixologik 
tizimini bevosita o‗rab turgan ijtimoiy muhit ta‘sirida o‗rganadi. Bu borada 
bir qancha olimlarning o‗ziga xos nuqtai nazarlari ham mavjud. Masalan, 
K.K. Platonov
shaxs tizimida to‗rtta asosiy jabhani ajaratadi: 
1) 
Shaxsning yo„nalganligi va munosabatlari tizimi
: uning mayllari, 
xohish-istaklari, qiziqishlari, layoqati, ideallari, dunyoqarashi, e‘tiqodi 


28
kabilarni o‗z ichiga oladi. Bu tizimdagi xususiyatlar ijtimoiy xarakterga ega 
bo‗lib, ular insonning jamiyatda yashashi, undan oladigan tarbiya shakllari, 
mafkuraviy muhit asosida shakllanadi. 
2) 
Shaxsning individual ijtimoiy tajribasi
: bu jabhadagi sifatlar inson 
hayoti mobaynida orttiradigan bilimlari, malaka va ko‗nikmalari asosida 
namoyon bo‗ladi. Bu sifatlar ijtimoiy xarakterli bo‗lib, ko‗proq ta‘lim 
jarayonida shakllanadi.
3) 
Inson psixik jarayonlarining individual xususiyatlari
: xotira, idrok, 
sezgilar, tafakkur, qobiliyatlar kabi bir qarashda tug‗ma omillarga bog‗liq 
xususiyatlar inson umri davomida takomillashishi va uning boshqa ijtimoiy 
sifatlari ta‘sirida individual o‗ziga xoslik kasb etishi mumkin. 
4) 
Biologik xususiyatlarga bog„liq shaxs sifatlari
: bunga shaxsning 
tipologik, yoshiga oid, jinsiy xususiyatlari kiradi va u ko‗pincha bioijtimoiy 
omillar sifatida qaraladi. 
A.N. Suxov va A.A. Derkach
larning ta‘kidlashlarida shaxsning ijtimoiy 
psixologik xususiyatlari haqida gap ketganda, avvalo uning fikrlash tarzi, 
qadriyatlari tizimi, motivatsion belgilari (yo‗nalganlik, hayotiy maqsadlar
rejalar, hayot tarzi), kognitiv sifatlar (ijtimoiy tasavvurlar, hayot manzaralari 
to‗g‗risidagi fikrlari), ―Men‖-konsepsiyasi, ―Men‖-obrazi, o‗ziga munosabati, 
o‗ziga nisbatan bahosi; o‗zini nazorat qilish lokusi, psixologik bilimdonligi, 
rolli maqomlari, ijtimoiy his-tuyog‗ulari va boshqalar nazarda tutiladi. 
Shaxs o‗z-o‗zini anglagan xolda o‗ziga baxo bera olishi uning ongli ravishda 
yetkligidan. Shaxs darajasiga erishishidan dalolat beradi. Odam o‗z-o‗ziga 
baxo berishda psixologiyada yetakchi testlaridan xam foydalanib o‗z shaxsini 
bilish va baxo berishi mumkin. Quyida keltirilgan psixologik–sotsiometrik 
tes metodikasi shular jumlasidandir. 
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va 
xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va 
dunyoqarashga ega bo‗lgan jamiyat a‘zosi. 

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə