O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi


Agressiya va ustunlik uchun kurash



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   167
Agressiya va ustunlik uchun kurash.
Adler o‗zining avvalgi ishlari 
orqali ko‗rsatishicha, ustunlikka intilish va agressiv tendensiyalar insonning 
yashash, o‗z-o‗zini rivojlantirish uchun kurashidagi muhim omillardan 
hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, u agressiyani dushmanlik bilan bir narsa 


105
emas, balki to‗siqlarni yengib o‗tishga qaratilgan tashabbus va qobiliyatdir 
deydi. Adlerning tushuntirishicha, ustunlikka intilish agressiya va 
―hukmronlikka intilish‖ sifatidagina emas, balki, boshqacha aytganda o‗zini 
yaxshilashga intilish, o‗z qobiliyatlari va imkoniyatlarini rivojlantirishga 
harakat qilishdir. Agar ustunlikka intilish maqsadi o‗zida ijtimoiy 
qiziqishlarni mujassamlashtirsa shaxs taraqqiyoti konstruktiv xarakterga ega 
bo‗ladi. Agar maqsad shaxsiy ustunlikka intilishgina bo‗lsa va unda ijtimoiy 
qiziqishlar ahamiyat kasb etmasa bunday maqsad Adlerning fikricha
individumga qoniqish xissini bermaydi, uning ―hayot stilini‖ shakllanishini 
buzadi va nihoyat nevrozga olib keladi. 
Hayotiy maqsadlar. 
Hayotiy maqsadlar bizning yo‗nalishimiz va 
faoliyat maqsadimizni belgilab, tafakkurimizning aniq jihatlarini tushuntirib 
beradi va xulq-atvorimizni maqsadimiz nuqtai nazaridan qayta qurishga 
yordam beradi. Adlerning ko‗rsatishicha, xarakter xususiyatlari tug‗ma, 
o‗zgarmas bo‗lmaydi, ular bizning maqsadimizning integral qismi sifatida 
orttiriladi. 
Adler o‗tmishdan ko‗ra kelajakka asosiy e‘tiborni qaratadi. Adler uchun 
biz qayerda bo‗lganimizdan ko‗ra biz qayerga bormoqchi bo‗lganimiz 
muhimroqdir. 
Adler uchta asosiy hayotiy maqsadlarni ajratib ko‗rsatadi: faoliyat, 
do‗stlik va muhabbat. 
Faoliyat qoniqishni beradi va uning jamiyatga kerakligini xis qilishga, 
o‗zini foydali shaxs ekanini anglashga yordam beradi. Do‗stlik – bu bizning 
insonlar bilan kirishishimiz, atrofdagilar bilan o‗zaro munosabatlarga 
kirishish ehtiyojini qondirishimizni aks ettiradi. Muhabbat – bu ikkita 
qarama-qarshi jins vakillarining o‗zaro hamkorligini oliy shakli, aql va 
tananing chambarchas aloqadorligidir. Ushbu uchta vazifa Adler bo‗yicha 
bir-biri bilan chambarchas bog‗liqdir. 

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə