106
hodisalarni idrok qilishda shaxsning ilgarigi
tajribasi va subektiv
xususiyatlarining aks etishidir.
Adler bo‗yicha appersepsiya sxemasi hayot uslubining bir qismi bo‗lib,
individning xulq-atvorini belgilab beradi.
Mosak (1973) hayot tarzi haqidagi qarashlarni 4 guruhga ajratgan:
1.
Men siymosi – mening kim ekanligim haqidagi ayni damdagi
qarashlar.
2.
Men ideal – hayotda o‗z o‗rnimni topish uchun qanday bo‗lishim
kerakligini ko‗rsatuvchi mendir.
3.
Olam timsoli – meni o‗zligim
uchun nima kerak, jamiyat mendan
nima talab etishi o‗zida mujassamlashtirgan qarashlar tizimi.
4.
Axloqiy qarashlar – shaxsiy axloqiy tamoyil.
SHaxsning ijodiy kuchlari.
Adlerning fikricha, shaxs tashqi muhitning
passiv ta‘sir
obekti hisoblanib, hayotda o‗z o‗rnini topish uchun
kurashishning o‗zi bilan tashqi muhitga faol ta‘sir o‗tkaziladi.
Uning
ta‘kidlashicha, insonlar – tashqi kuchlarga ega bo‗lgan yordamga muhtoj
piyodalardir; ularning har biri o‗z shaxsini rivojlantiradi.
Adlerning
ta‘kidlashicha, shaxsning ijodiy kuchlarini namoyon qilishi hayotiy kuch,
hayotiy uslub va appersepsiya sxemasini shakllantirish jarayoni
orqali amalga
oshadi.
Dostları ilə paylaş: