O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   167
A.Adler terapiyasi 
Hayot uslubi.
Shaxs hayot uslubi noyob, chunki shaxsning o‗zi 
noyobdir. Adlerning fikricha, shaxsni bir butun yaxlit mavjudot sifatida tahlil 
qilish kerak. Hayot uslubi – bu o‗rganilayotgan shaxsning maqsadga erishish 
usulining o‗ziga xos jihatidir. Bu atrof muhitga moslashishning eng qulay 
kompleks vostitasidir. Demak, hayot uslubi – bu birinchidan, shaxs 
tomonidan hayot konsepsiyasini qabul qilinishi, ikkinchidan, xulq-atvorni 
qo‗llab-quvvatlashni qabul qilish. 
Hayot uslubini shakllanishiga zara keltiruvchi omillarga Adler bo‗yicha 
organik kmtiklik, injiqlik va tahqirlanganlik. 
Appersepsiya sxemasi. 
Individumning atrof muhit yoki shaxsning o‗zi 
haqidagi tasavvurlari Adlerning fikricha appersepsiya sxemasi ded 
nomlanadi. Appersepsiya – bu shaxsning psixik xususiyati bo‗lib, predmet va 


106
hodisalarni idrok qilishda shaxsning ilgarigi tajribasi va subektiv 
xususiyatlarining aks etishidir.
Adler bo‗yicha appersepsiya sxemasi hayot uslubining bir qismi bo‗lib, 
individning xulq-atvorini belgilab beradi. 
Mosak (1973) hayot tarzi haqidagi qarashlarni 4 guruhga ajratgan: 
1.
Men siymosi – mening kim ekanligim haqidagi ayni damdagi 
qarashlar. 
2.
Men ideal – hayotda o‗z o‗rnimni topish uchun qanday bo‗lishim 
kerakligini ko‗rsatuvchi mendir. 
3.
Olam timsoli – meni o‗zligim uchun nima kerak, jamiyat mendan 
nima talab etishi o‗zida mujassamlashtirgan qarashlar tizimi. 
4.
Axloqiy qarashlar – shaxsiy axloqiy tamoyil. 
SHaxsning ijodiy kuchlari.
Adlerning fikricha, shaxs tashqi muhitning 
passiv ta‘sir obekti hisoblanib, hayotda o‗z o‗rnini topish uchun 
kurashishning o‗zi bilan tashqi muhitga faol ta‘sir o‗tkaziladi. Uning 
ta‘kidlashicha, insonlar – tashqi kuchlarga ega bo‗lgan yordamga muhtoj 
piyodalardir; ularning har biri o‗z shaxsini rivojlantiradi. Adlerning 
ta‘kidlashicha, shaxsning ijodiy kuchlarini namoyon qilishi hayotiy kuch, 
hayotiy uslub va appersepsiya sxemasini shakllantirish jarayoni orqali amalga 
oshadi. 

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə