O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   165
pul va banklar

markazdan 
boshqarishi 
tamoyili

Pul 
tizimini 
boshqarishning ushbu tamoyili mamlakatni ma'muriy – taqsimlash modeliga xos 
bo‗lib, bu jarayonda barcha pul munosabatlari tegishli ko‗rsatma va reja asosida 
amalga oshiriladi. Mamlakatda faoliyat yuritadigan barcha banklar a ularning 
filiallari davlat ixtiyorida va nazorati ostida faoliyatyuritadi. Muomalada pul 
massasini tartibga solish tegishli reja va derektiv ko‗rsatmalar orqali bajariladi. 
Pul tizimini talab va taklif asosida tartibga solish tamoyili. 
Pul tizimini 
tashkil etishning ushbu tamoyilida asosiy e'tibor milliy valyutaning sotib olish 
qobiliyatini mustahkamligi va inflyatsiya darajasining normal me'yoriga qaratiladi. 
Mamlakat Markaziy banki mustaqil ravishda pul – kredit siyosatini amalga 
oshiradi, kredit 
muassasalari Markaziy bank tomonidan belgilangan tegishli iqtisodiy 
normativlarga rioya etgan holda o‗zining faoliyatini tashkil etadi. 
Pul tizimi quyidagi elementlarni o‗z ichiga oladi: 
1. pul tizimini tashkil etish tamoyillari; 
2. pul birligi; 
3. baho masshtabi; 
4. pulning turlari; 
5. pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning ta'minlanganlik 
asoslari; 
6. pul muomalasini tartibga solishning usullari; 
7. mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish. 
Pul birligi
. Pul birligi va uning nomi hukumatning tegishli qonun va 
me'yoriy hujjatlari asosida belgilanadi. Qonun va tegishli me'yoriy hujjatlar 
asosida belgilab qo‗yilgan pul belgilari mamlakatda yagona to‗lov vositasi 
vazifasini bajaradi. Mamlakat
pul massasi o‗rtasidagi o‗zaro mutanosiblikni tartibga soladi. Bundan asosiy 
maqsad mamlakat milliy valyutasining barqarorligini ta'minlashdan iborat. 
Iqtisodiyotda muomalada bo‗lgan pul birligi o‗zining nomiga ega bo‗ladi. Milliy 


46 
valyutaning nomi barcha mamlakatlarda turlicha nomda yuritiladi. Masalan, 
AQShda dollar, Buyuk Britaniyada funt styerling, Xitoyda yuan va boshqalar . 
Baho masshtabi
– bu qiymatning pul birligida aks ettirish vositasidir, 
pulning o‗ziga xos bo‗lgan tehnik funktsiyasi ham hisoblanadi.Muomalada oltin va 
kumush tangalar pul vazifasini bajargan paytda baho masshtabi, ya'ni milliy 
valyutaning bahosi bevosita oltin va kumush tangalar orqali aniqlangan. Ya'ni, 
qog'oz pullar ma'lum miqdorda oltin va kumush tangalar bilan ta'minlangan. 1971 
– 1973 yillarda rasmiy ravishda oltinning pul vositasi vazifasini bajarishi va qog'oz 
pullarning oltin bilan ta'minlanganligi bekor qilindi. Natijada, milliy valyutaning 
baho masshtabi tovarlar va xizmatlar hamda horijiy valyutalarga nisbatan talab va 
taklif asosida aniqlanadigan bo‗ldi, ko‗pchilik mamlakatlar 
milliy 
valyutaning 
qiymatini 
aniqlashda 
dunyoning 
etakchi 
valyutalarihisoblangan AQSh dollari, yevro, yuan kabi valyutalarni asos qilib 
oladi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə