O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   165
pul va banklar

IY.2. Pul tizimining turlari 
 
Kishilik jamiyatining vujudga kelishi, rivojlanishi va takomillashuvi 
barobarida tovar – pul munosabatlari ham shunga monand holda rivojlanib va 
takomillashib kelmoqda. Shuningdek, pul tizimi ham mavjud ijtimoiy–iqtisodiy 
jarayonlar davomida ikki turdan iborat bo‗ldi. Xususan: 
– metall pullar tizimi, bunda tovar pul (qimmatbaho metall) muomala 
vositasini bajaradi, metall pullar to‗lov vositasini bajarganda ularda pulning barcha 
funktsiyalari namoyon bo‗ladi; 
– qog'oz – kredit pullar tizimi, oltin va kumush tanga pullar evolyucion 
tarzda qog'oz – kredit pullari tomonidan muomaladan siqib chiqarildi. 
Metall pullar tizimi sharoitida metall qanday shaklda bo‗lishidan qa'tiy nazar, 
to‗lov vositasi sifatida qabul qilindi. Metall pullar tizimi ikkiga bo‗linib

birinchisi, bimetallizm, ikkinchisi, monometallizm 
sifatida guruhlanadi. 
Bimetallizm
– bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to‗lov vositasi ikkita 
metallni (odatda oltin va kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga 
ruhsat beradi. 
O‗z navbatida bimetllizm tizimi uchta shaklda amal qildi: 
– birinchidan, parallel valyuta tizimi, ushbu metall pullar o‗rtasidagi 
munosabat ularning bozor bahosidan kelib chiqqan holda stihiyali ravishda 
o‗rnatildi; 
– ikkinchidan, ikkiyoqlamali valyuta tizimi, metall pullar o‗rtasidagi 
munosabat davlat tomonidan belgilandi va shuning asosida oltin va kumush 
tangalar zarb qilindi; 
– uchinchidan, «oqsoq» valyuta tizimi – ushbu tizimda oltin va kumush 
tangalar qonuniy to‗lov vositasi sifatida xizmat qildi, lekin kumush tangalar yopiq 
holda, oltin tangalar esa erkin zarb etildi. «Oqsoq» valyuta tizimi deyilishiga sabab 
kumush tangalar ushbu davrda to‗laqonli valyuta sifatida umum ekvivalent rolini 
amalga oshirmaydi. 
Muomalada ikkita metall pulning vazifasini bajargan paytda ular o‗rtasida 
bahoni aniqlashda muammolar va ziddiyatli holatlar vujudga keldi. Shu bilan 
birga, pul tizimining bimetllizm shakli beqaror va bir –biriga o‗zaro qarama – 


48 
qarshi edi. Shuningdek, rivojlangan tovar – pul munosabatlari sharoiti talablariga 
yetarli darajada javob bermas edi. Pul tizimining bimetallizm shakli hukm surgan 
davri asosan XVI –XVII asrlarga to‗g'ri keladi. Yevropa mamlakatlarida 1866 
yillarda bimetallizm pul tizimini saqlab qolish maqsadida kumushning qiymatini 
oltinga nisbati rasmiy belgilab qo‗yildi. Unga ko‗ra, o‗sha paytda kumush va oltin 
o‗rtasida munosabat 15,5:1 nisbatda o‗rnatildi. XIX asrning o‗rtalarida ushbu 
tenglik o‗rtasida farq kengayib 22:1 tartibda belgilandi. Buning natijasida oltin va 
kumush 
tangalar 
muomaladan 
chiqib, 
boylik 
jamg'armasini 
bajara 
boshladi.Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi va ijtimoiy – 
iqtisodiy yagona umumekvivalent vazifasini bitta metall pul bajarish zarurligini 
ko‗rsatdi. Buning natijasida monometallizm pul tizimi shakllandi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə