O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   165
pul va banklar

Oltin quyma standarti
sharoitida banknotalar davlat tomonidan 
o‗rnatilgan summada oltin quymalarga ayirboshlanadi, oltin quyma standarti 
sharoitida muomalada oltin tangalarning to‗lov vositasi sifatida harakati va erkin 
zarb qilinishi amal qilmaydi. Oltin quyma standartlari asosan oltin zahiralariga boy 
bo‗lgan AQSh, Angliya, Franciya va Yaponiyada hukm surdi. Unga ko‗ra 
muomalaga oltin tangalarning erkin zarb qilinishi barham topib, pullarni oltinga 
almashtirish quyilmalarning qiymati asosida chegaralanib qo‗yildi. Masalan, 
Buyuk Britaniyada bir oltin quyilmasi 12,4 kg.ga to‗g'ri kelar edi. Ushbu 
quyilmani olish uchun 1700 funt styerling zarur edi. Franciyada bir quyilma 12,7 
kg bo‗lib, ushbu quyilma 215 ming franka baholanar edi.Katta miqdorda oltin 
zahiralariga ega bo‗lmagan mamlakatlarda (Avstraliya, Gyermaniya, Daniya, 
Norvegiya va boshqalar) oltin deviz standarti amal qilar edi. Oltin deviz standarti 
joriy etilgan 
mamlakatlarda milliy valyutalar devizlarga, ya'ni oltinga erkin almashadigan 
chet el valyutalariga ayirboshlanishi joriy etildi. Buning natijasida bir 
mamlakatning ikkinchi mamlakatga valyutaviy bog'liqligi vujudga keldi. 
1929 – 1933 yillarda yuz bergan butun jahon iqtisodiy inqirozi natijasida 
oltin monometallizmining barcha shakllari amal qilish faoliyatini to‗xtatdi, AQSh 
dollarining oltinga nisbatan pariteti saqqlanib qoldi. 1930 yillardan boshlab xalqaro 
va mahalliy hisob –kitoblarda qog'oz – kredit pul tizimi faoliyat yurita boshladi. 
Ushbu tizimning o‗ziga hos xususiyatlari quyidagilardan iborat edi: 
– oltinning umumekvivalent sifatida muomaladagi harakati to‗htatildi, 
bankotlarning oltinga ayirboshlanishi va maydalanishi barham topdi, oltin ichki va 
tashqi oborotdan chiqib zahira sifatida saqlanadigan bo‗ldi; 
– banklarning kredit operatsiyalari asosida muomalaga naqd va naqdsiz pul 
belgilari chiqarildi; 
– pul oborotining asosiy ulushini naqd pulsiz hisob – kitoblar egallay 
boshladi; 
– davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solish kuchaytirildi, 
iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishning instrumentlari ishlab chiqildi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə