O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


Buyum shaklidagi «natural pullar»



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   165
pul va banklar

Buyum shaklidagi «natural pullar». 
Jamiyatning dastlabki davrlarida 
to‗lov vositasi sifatida foydalanilgan pullar buyum yoki natural ko‗rinishida 
bo‗lgan. Natural pullar – bu real ko‗rinishga ega bo‗lgan tovarlardir, ushbu 
pullarning qiymati tovarning o‗zida aks ettirilgan bo‗lib, ularning sotib olish 
qobiliyati tovarlar qiymati bilan ifodalangan. Ma'lum bir tovarning pul o‗rnida 
foydalanishda uning iste'mol qiymati muhim ahamiyat kasb etgan. Natural 
shakldagi pullarni uchta guruhga ajratgan xolda tasniflash mumkin. 
1. Hayvonlar shaklida. Ushbu pul tarkibiga tirik hayvonlar va ulardan 
tayyorlangan buyumlar kiradi. Masalan, qo‗y, buqa, jun, suyak va boshqalar. 
2. Buyum shaklida. Bu shakldagi pullar tarkibiga foydali qazilmalar va 
metallar hamda ulardan yasalgan mehnat qurollarini keltirish mumkin. Masalan, 
qimmatbaho toshlar va metallar, tuz va boshqalar. 
3. O‗simlik shaklida. Bularning tarkibiga turli o‗simliklar va ularning 
myevalari kiradi. Masalan, bug'doy, myevalar, tamaki va boshqalar. 
Natural pullarning paydo bo‘lishi va ulardan foydalanish tarihi.
Odamlar 
dastlab yovvoyi holda yashagan davrda barcha kishilar topgani o‗rtada bo‗lgan, 


51 
birgalikda iste'mol qilgan, keyinchalik bir urug'ga mansub kishilar qabila – qabila 
bo‗lib yashay boshlagan. Qabila ichida odamlar bir – biriga yordam berishi, oziq –
ovqatlarni baham ko‗rishi kerak bo‗lgan. Bu beg'araz tartibda amalga oshirilib, 
buning o‗rniga ular bir – biridan hech narsa umid qilmagan, hamma narsa o‗rtada 
bo‗lgan.Keyinchalik ibtidoiy urug'chlikning rivojlanishi natijasida turli qabila 
qatlamlari vujudga kelgan. Vaqti – vaqti bilan ular o‗rtasida dahshatli qonli 
to‗qnashuvlar bo‗lib turgan. Ushbu to‗qnashuvlar natijasida bir qabila ikkinchisi 
ustidan g'alaba qozongandan keyin, ularning barcha narsalarini talon taroj qilgan. 
Shu bois, ayrim qabilalar tinchlikni saqlash maqsadida kuchli qabilalarga narsalar, 
asosan iste'mol qilinadigan narsalarni bergan. Aynan shu jarayon ham kishilar 
o‗rtasida bir tomonlama ayirboshalash munosabatlarini vujudga kelishining asosiy 
sabablaridan biri hisoblanadi. Tosh asri davrida kishilar yerlarni o‗zlashtirib ekin 
eka boshlagan, keyinchalik dehqonchilikdan chorvachilik ajralib chiqqan. Dastlab 
yaratilgan narsalar barchasi bir yo‗la iste'mol qilingan bo‗lsa, endi ma'lum 
miqdorda zahiralar qilina boshlagan. Zahira qilindimi, u yerda ortiqchalik vujudga 
kelgan. Ortiqcha narsalar esa unga egalik qiluvchi tomonidan erkin ravishda 
tasarruf qilingan. Buning natijasida ayirboshlash jarayoni jonlana boshlagan. 
Shuningdek, keyinchalik hunarmandchilik vujudga kelgan, bularning barchasi 
kishilar o‗rtasidagi bir tomonlama ayirboshlashdan ikki tomonlama ayirboshlash 
zaruriyatini keltirib chiqargan. 
Asrlar davоmida pul turlari rivоjlanib bоrgan va bugungi ko‗rinishgacha 
yеtib kеlgan. Pul turlarini quyidagicha tasniflash mumkin: 
1-rasm 
Dastlab kishilar pul o‗rnida turli buyum va narsalardan umumiy 
ekvivalеnt sifatida fоydalanishgan. Bunday buyum va narsalar «natural pullar» dеb 
yuritiladi. Qadimda natural pullar turli ko‗rinishda bo‗lib, ulardan to‗lov vositasi 
sifatida foydalanishga qator omillar ta'sir qilgan. Xususan : 
- odamlarning kunlik ehtiyoji uchun juda zarur bo‗lgan buyumlar; 
- mamlakatning tabiiy iqlimi va geografik joylashuvi; 
- kamyob buyumlar va ularni etishtirishning murakkablik darajasi; 
- uzoqroq muddat davomida saqlash imkoniyatining mavjudligi. 


52 
Manbalarga ko‗ra, Xitoyning Huanhe provinciyasida odamlar chorvachilik 
bilan shug'ullangani bois, bundan 4 ming yil oldin Xitoyda natural pullar sifatida 
buqalar, mayda to‗lov vositasi sifatida qo‗ylar xizmat qilgan. Dehqonchilikning 
rivojlanishi natijasida bug'doy o‗lchov biriligi vositasida foydalanilgan. Bug'doyni 
uzoq saqlash imkoniyati bo‗lmaganligi, u ma'lum muddat o‗tgandan so‗ng 
buzilishi mumkinligi uchun kauralarning chig'onoqlari, tosh bolta va shu kabi 
boshqa narsalardan pul vositasida foydalanilgan.
9
Qadimda natural pullar turli 
ko‗rinishda bo‗lib, ulardan to‗lov vositasi sifatida foydalanishga qator omillar ta'sir 
qilgan. Xususan: 
- odamlarning kunlik ehtiyoji uchun juda zarur bo‗lgan buyumlar; 
- mamlakatning tabiiy iqlimi va geografik joylashuvi; 
- kamyob buyumlar va ularni etishtirishning murakkablik darajasi; 
- uzoqroq muddat davomida saqlash imkoniyatining mavjudligi. 
Qadimgi Yunоnistоn va Rimda, shuningdеk, arab va hind qabilalarida ham 
pul vazifasini hayvоn bajargan. Tinch Оkеani va Afrika qit‘asi хalqlarida qimmatli 
chig‘anоqlar, Markaziy Afrikada fil suyagi, Qadimgi Misrda-bug‘dоy, Хitоyda-
tuz, Mo‗g‘ilistоnda–tоshchоy, Qadimgi Shumеr davlatida-asal, Qadimgi shimоl 
хalqlarida-mo‗yna va mоvutdan pul sifatida fоydalanilgan. Qadimgi Sparta, 
Karfagеn va Skandinaviya хalqlarida pul vazifasini hayvоn tеrisi o‗tagan. 
Shuningdеk, pul o‗rnida ichimliklar, qullar, taqinchоqlar va ipakdan, hattо 
tеmir оmоch va miхdan ham fоydalanishgan. Karоlina оrоllarida tеgirmоn 
tоshidеk tоsh pullar ham bo‗lgan. Kishilar o‗rtasida ayirboshlash jarayonlarining 
tezlashuvi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ayirboshlash hajmining 
ortishiga olib keldi. Iqtisodiy munosabatlarning takomillashuvi natijasida kishilar 
metalni kashf etdilar, undan turli hil mehnat qurollarini yasab kundalik hayotida 
foydalandilar. Metaldan yasalgan mehnat qurollarining to‗lov vositasi sifatida 
foydalanganligining hususiyati shunda ediki, kishilar metalldan tayyorlangan bolta 
va shunga o‗hshash narsalardan to‗lov vositasi sifatida foydalangan bo‗lsada, ular 
boshqa maqsadda, ya'ni kundalik hayotda foydalanish uchun yaratilgan edi. 
Masalan, kishilar metaldan yasalgan boltadan ayirboshlash vositasi sifatida keng 
foydalangan, lekin u to‗lov vositasini bajaradigan tanga ko‗rinishiga ega 
bo‗lmagan. Odamlar stixiyali ravishda metalldan yasalgan boltani to‗lov vositasi 
o‗rnida foydalanishgan. Pulning natural ko‗rinishidan metall tanga shakliga o‗tishi, 
yuqorida ta'kidlanganlardan tashqari quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etgan. 
1.Kishilar metallarga turli shaklda ishlov berishni kashf etilishi. 
Ta'kidlaganimizdek, bolta va shunga o‗hshash temir qurollardan pul vositasi 
sifatida foydalanilgan, lekin ularni puldan foydalnishning metall davri deb yurita 
olmaymiz. Chunki, ushbu mehnat qurollarining funktsiyalari boshqa bo‗lgan. 
Kishilar metalni kashf qilganlaridan keyin oradan juda ko‗p davrlar o‗tishi bilan 
unga ishlov berish yo‗llarini o‗rgandilar. Bu o‗z – o‗zidan metall tangalarni zarb 
etishga turtki bo‗ldi. 
9
Самуэльсон П. Экономика вводной курс. –М.: 1964. –С. 69. Самуэльсон П. Экономика вводной курс. –М.: 
1964. –С. 69. 


53 
2.Davlatchilikning paydo bo‗lishi. Metall kashf etilib, odamlarga unga 
ishlov berish yo‗llari ma'lum bo‗lgandan so‗ng, ma'lum hudud va qabilalar alohida 
kishilarning hukmronligi, honligi va qirolligi ostida boshqarila boshlandi. Bu o‗z 
o‗zidan o‗sha davrning hukmroni, honi yoki qirolining maqieni oshirish, o‗zining 
chegaralarini mustahkamlash va qonunlarini yuritish zaruriyatini keltirib chiqardi. 
Bularning barchasi turli tasvirlar va yozuvlar tushirilgan tangalarni zarb etishga 
asos bo‗ldi. 
3.Kishilar o‗rtasida tovar ayirboshlash hajmining ortib borishi natijasida 
ushbu jarayonning murakkablashuvi. Masalan, dehqon bir qop bug'doyni bitta 
boltaga ayirboshlashi uchun temirchi kosibning hohishi dehqonning hohishiga mos 
kelishi lozim. Ya'ni mazkur holatda, temirchining bir qop bug'doyga ehtiyoji 
bo‗lishi kyerak. Biroq, temirchiga bir qop bug'doy emas, balki bitta qo‗y kyerak 
bo‗lsa, u holda dehqon bug'doyni qo‗yga almashtirishi, so‗ngra qo‗yni temirchiga 
olib kelib bitta boltaga almashishi zarur bo‗lar edi. Ko‗rinib turibdiki, kishilar 
o‗rtasida mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va ayirboshlash hajmining ortishi 
natural 
pullarni to‗lov vositasi sifatidagi vazifasini amalga oshirish imkoniyatlarini 
chegaralab qo‗ydi. 
4. Natural shakldagi pullarni saqlash va olib yurishning qiyinligi. Alabatta, 
o‗sha paytlarda pulning vazifasini bajargan bolta yoki boshqa mehnat qurollarini 
saqlash qiyin bo‗lmagan bo‗lsada, lekin ularni olib yurish va havfsizligini 
ta'minlash odamlarga turli noqulayliklarni keltirib chiqargan. Pulning vazifasini 
bajargan bug'doy, jun, qo‗y yoki boshqa shunga o‗hshash narsalar esa vaqt o‗tishi 
bilan buzilgan, o‗zining dastlabki hususiyatini yo‗qotgan. Shu bilan birga, ularni 
olib yurish, ayniqsa saqlash ham odamlarga qo‗shimcha tashvish keltira boshlagan. 
Bularning barchasi natural pullar o‗rniga metall pullarni muomalaga to‗lov 
vositasi sifatida kirib kelishiga zamin yaratdi. Dastlab metall tangalar qora rangli 
temirlardan slitka ko‗rinishida tayyorlangan bo‗lsa, keyinchalik to‗rtburchak, 
uchburchak, yumaloq ko‗rinishdagi 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə