O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   165
pul va banklar

Nazorat va muhokama uchun savollar: 
 
1.
Pul tizimi deganda nimani tushunasiz? 
2.
Pul tizimining tarkibiy qismlari nimalardan iborat? 
3.
Bimetalizm pul tizimining o‗ziga xos xususiyatlari? 
4.
Metall pul tizimidan qog‘oz va kredit pullar tizimiga o‗tishning asosiy 
sabablari? 
5.
Kredit pullarning turlari va ularni izohlang. 
6.
Pul tizimining asosiy elementlariga nimalar kiradi? 
7.
Oltinni demonetizatsiya qilish deganda nimani tushunasiz? 
8. Monometalizm pul tizimining o‗ziga xos xususiyatlari? 
9.Tovar xo‗jaligi sharoitida pulning roli qanday namoyon bo‗ladi? 
10.Pulning roliga inflyatsiya qanday ta'sir qiladi? 


63 
Y.Bob.Pul nazariyalari
 
Y.1. Pul nazariyasi va uning asosiy yo‘nalishlari 
Pulning nazariyasi
– pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni 
shakllantirishga ta‘siri haqidagi nazariyalardir.Iqtisodchilarning pulning mohiyati, 
uning funktsiyalari va pul muomilasiga bo‗lgan qarashlari pul nazariyalarini 
keltirib chiqardi. Metallik, nominallik, va miqdoriylik pul nazariyalari ilk tarixiy 
pul nazariyalari sifatida e‘tirof etiladi. Xozirgi kunda monetarizm va iqtisodni pul-
kredit munosabatlari orqali tartiblashtirish nazariyalari mavjud. 
Metallik nazariyasi – dastlab XVI – asrning oxiri XVII – asrning 
boshlarida kapitalizmning rivojlangan mamlakati Angliyada yuzaga keldi. Bu 
nazariyaning asoschilaridan biri U.Steffard (1554-1612 y.) edi. U o‗z qarashlarini 
1581 yilda Londonda chop etilgan ―Vatandoshlarimizning ba‘zi odatiy 
arizalarining qisqartmasi‖ nomli pulning metallik nazariyasiga oid asarida bayon 
etdi. Uning davomchilari bo‗lib Angliyada T.Men (1571-1641 y.), D.Nors (1641-
1691 y.), Fransiyada A.Monkretyen (1575-1621 y.), Italiyada F.Tamani (1528-
1787 y.) va boshqalar hisoblanadi.
Ushbu nazariya namoyondalari:
-
Qimmatbaho metallar (oltin va kumush) pul vazifasini o‗tayoladi. 
-
Jamiyatning boyligi qimmatli metallarning mavjud zaxirasi bilan 
o‗lchanadi. 
-
Bu boylikningg manbai savdodadir deydilar. 
Yevropa davlatlari tomonidan qimmatli metallarga boy bo‗lgan yerlarni 
bosib olinishi kabi shart-sharoitlar ushbu nazariyani kelib chiqishiga asos bo‗lgan. 
Ushbu nazariya asoschilari vaqti kelib muomiladagi metal pullar o‗rnini qog‘oz 
pullar egallashi va bu jarayonning qonuniyligini tushunib yetmaganlar. 
Ular 
savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilgan.
Nominallik nazariyasi XVII-XVIII-asrlarda Angliyada paydo bo‗lgan. Bu 
nazariyaning namoyondalari bo‗lib ingliz ruhoniysi Dj.Berkli (1683-1775 y.) va 
iqtisodchi Dj.Styuart (1712-1780 y.) lar hisoblanadi. Keyinchalik bu nazariyani 
Germaniyalik G.Knapi (1842-1926 y.), ingliz iqtisodchilari J.Styuart va 
N.Barbonnilar davom ettirishgan.
Nominalistlar: Pulni davlat bunyodga keltiradi, pulni qiymati davlat 
tomonidan aniqlanadi. (shuning uchun uni davlat pul nazariyasi ham deb yuritiladi 
– G.Knapi). Pulni qiymati unda ko‗rsatilgan nominali bilan aniqlanadi. Ular to‗la 
vaznga ega bo‗lgan muomiladagi metal pullar borgan sari ma‘lum qismi eskirib 
yo‗qolib borishini unutadilar. Ular pulning barcha tovarlar qiymatini o‗zida aks 
ettiruvchi umumiy ekvivalent sifatidagi tabiatini tushunmadilar. Pulni tarkibi 
undagi oltin gramm bilan belgilanishini unutdilar. Ular pulning o‗ziga xos 
qonuniyatlar asosida harakat qilishi va bu qonuniyatlar inson tomonidan bevosita 
boshqarilmasligini anglab yetmadilar.
Miqdoriylik nazariyasining boshlovchisi bo‗lib fransuz J.Boden (1530-
1596 y.) hisoblanadi va u XVI-XVIII –asrlarni o‗z ichiga oladi. XVIII – asrga 


64 
kelib bu nazariyani inglizlar D.Yum (1711-1786 y.), Dj.Mill (1773-1836) hamda 
fransuz Sharl Monaskyo (1689-1755 y.) rivojlantiradi.
10
Bu nazariyaning asosini yangi qit‘alarni kashf etilishi va ulardan Yevropaga 
qimmatli metallarni oqib kelishi va shu bilan bog‘liq ravishda narx-navoning 
keskin oshib ketishi tashkil etadi. 
Ushbu nazariya namoyondalarining fikricha: 
- Pulning xarid qobiliyati bozorda o‗rnatiladi. 
- Muomilada emissiya qilingan barcha pullar yuradi. 
- Pulning xarid quvvati muomiladagi pul miqdoriga teskari proporsionaldir. 
- Baholar darajasi pul miqdoriga to‗g‘ri proporsionaldir. 
Bu nazariyani miqdoriylik deyilishiga sabab J.Boden baholarni 
o‗zgarishi muomiladagi pul miqdori bilan aniqlanadi deb tushuntirdi.
Bu 
nazariya pulni faqat muomila vositasi ekanligini ko‗ra oladi. Ularning 
ta‘kidlashicha pul va tovar massalarining to‗qnashishi natijasida baholar 
belgilanadi va pulning qiymati aniqlanadi. Ularni yana bir xatosi shundaki, ular 
hamma pul massasi faqat muomilada bo‗ladi deb qarashgan. Aslida muomilaga 
zarur bo‗lgan pul miqdori pul muomilasi qonuniga binoan aniqlanadi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə